Abdulla Qahhor



Yüklə 349,19 Kb.
səhifə3/35
tarix03.12.2023
ölçüsü349,19 Kb.
#172178
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Abdulla Qahhor. Anor [kitoblar pdf]

QORA QUTI


Ertasiga Naimjon boshliq uch kishidan iborat elchilar hay’ati Anvarni olib belgilangan soatda Marg‘ubaning eshigini qoqdi.


Marg‘uba tovush berdi va kelib qulfni ochdi, tanbani sug‘urdi, eshikni qiya qildi;Naimjon institut yoshlar tash-
kilotining nomini aytganda elchilarni bittama-bitta kirgizdi, Anvar ro‘para bo‘lganda esa eshikni yuziga qattiq yopdi-da, sharaqlatib qulflab oldi. Tushuntirish, iltimos, yolvorish – hech biri unga kor qilmas edi. Nihoyat, Naimjon tovushini yo‘g‘onroq qilib «Biz rasmiy odamlarmiz, rasmiy ish bilan keldik», degandan keyingina Anvarga ham yo‘l berildi.
Javlon uyda, biroz shirakayf ekan, mehmonlarni ko‘rib juda suyunib ketdi, darrov bir chilpitda qizil vino, bir kosa tuzlangan bodring keltirib stolga qo‘ydi.
Marg‘uba oshxonaga kirib jiz-biz boshladi. Javlon piyolalarga qultullatib vino quyar ekan:

  • Men aroqni tashlab vinoga o‘tganman, – dedi,– biroq vino qurg‘ur sersuvroq narsa bo‘ladi, suvini siqib tashlash kerak! Lekin yetkizib ichsangiz suvini qorinning o‘zi siqib tashlaydi!.. Qani, salomat ekanmizki ichamiz!

Mehmonlar vinoga qo‘l urishmadi. Javlon o‘zi ichib, piyolasini yana to‘ldirdi. U bitta o‘zi ichayotgan bo‘lsa ham
«Qatordan qolmayin», deb ichdi, hech kim qistamasa ham
«sazolaring o‘lmasin» deb ichdi, piyola bir daqiqa to‘xtamasa ham «dami chiqib ketmasin» deb ichdi, qisqasi, xotini ovqat olib kelguncha xiyla tayyor bo‘ldi, o‘tirgan joyida qalqib, ko‘zining qorasidan ko‘ra oqi ko‘proq ko‘rinib qoldi.
Marg‘uba qovurilgan jigarni keltirib o‘rtaga qo‘ydi, mehmonlarning oldiga qoshiq qo‘yar ekan, Anvarning oldiga qoshiqni jaranglatib tashladi. Uning soxta tabassumdan ko‘z atrofiga yig‘ilgan ajin, pirpiragan yupqa lablari ovqatga manzirat qilganida titragan tovushi tori tarang ekanini ko‘rsatar edi. Naimjon bu vaziyatda hech qandoq daromadga o‘rin yo‘qligini ko‘rib gapning po‘skallasini aytdi.

  • Anvarjon shaharda ma’lum va mashhur shifokor Murod Alining farzandi. Agar o‘rtog‘imiz sizning nuqtayi nazaringizdan biron beadabchilik qilgan bo‘lsa kechirishingizni so‘raymiz, chunki, shundoq odamning bitta-yu bitta o‘g‘lini o‘z uyiga kiritmasdan darbadar qilib qo‘yibdi degan isnodni ko‘tarishdan ko‘ra gunohini kechirish osonroq bo‘lsa kerak, deb o‘ylaymiz.

Marg‘uba qo‘lidagi qoshiqni taraqlatib stolga qo‘ydi.

  • Nega darbadar bo‘lar ekan, xotinchasining uyiga borsin! Sig‘adi, Muhayyoxonning uyiga hamma sig‘adi? Borsalaring sizlar ham sig‘asizlar! Obi xudoyi...

Anvar g‘azabi kelib bir nima demoqchi bo‘lgan edi, yonidagi sherigi sekin turtib, so‘zini og‘zidan oldi.

    • Opajon, Muhayyoxon bizning institutda o‘qiydi, singli- mizday narsa... Bizga malol keladi! Sizning to‘g‘ringizda birov shunaqa desa siz nima derdingiz?

G‘azabi kelib o‘tirgan Naimjon so‘z qotdi:

    • To‘g‘ri, Muhayyoxon erga tegib chiqqan, lekin bunaqa falokat har kimning ham boshiga kelishi mumkin! Xo‘sh, o‘zingiz Javlon akaga qiz tekkanmisiz?

Bo‘ynini tutolmay boshini u yoqqa-bu yoqqa tashlab o‘tirgan Javlon birdan xuddi o‘qchiganday:

    • To‘g‘ri! – dedi stolga shappatilab. – Haqiqatda qiz tekkan! Bu qizligida o‘zini quritib olgan, hozir ham qiz! I... I... Do‘zaxga ham qizligicha tushadi!

Naimjon davom etdi:

    • Javlon aka sizni «xotinim» deganda hech kim bu kishini uyidan haydab chiqarmagandir-ku, Anvar Muhayyoni «xoti- nim» desa siz nega uni o‘z uyidan haydab chiqarasiz?

Javlon zavq qilib kuldi.

    • Meni o‘zi don sepib zo‘rg‘a uyiga olib kirgan-u, qayoq- qa haydaydi! Menga qara, hoy saksovul, don sepgansan-a? Mototsikl olib bergansan, tilla soat olib bergansan! Lekin ov miltig‘ini yeb ketding!..

Marg‘uba erini ortiq gapirtirgani qo‘ymadi, vino quyib berdi. Javlon vinoni bitta ko‘tardi-da, gandiraklab borib divanga cho‘zildi va uzun xurrak otdi.

    • Men Anvarni haydaganim yo‘q, – dedi Marg‘uba biroz bo‘shashib, – uni otasi haydagan! Otasining vasiyati shu! Otasi aytgan qizni – Muattarni olsin, hovli nima ekan, savdoga qo‘ysa o‘n-o‘n ikki mingga ham bormaydi! Bundan tashqari, besh ming olti yuz so‘mlik yangi «Volga»si, omonat kassada o‘n ming so‘m naqd puli, o‘n sakkiz ming so‘mlik ro‘zg‘ori, onasidan qolgan, keliniga atalgan yigirma uch ming so‘mlik taqinchoqlar bor! Mana, o‘zi ko‘rsin!

Marg‘uba narigi uydan o‘ymakor naqshli qora qutichani olib chiqdi, qopqog‘ini ochib Anvarning oldiga qo‘ydi va uning bo‘ynidan ushlab, burnini taqinchoqlarga ishqalamoqchi bo‘ldi. Anvar jahl bilan qutichani surib tashladi. Quticha ag‘anab, ichidagi shoda-shoda marvarid, tilla va kumush
buyumlarga o‘rnatilgan har xil qimmatbaho toshlar sochilib, jilosidan ko‘zlar qamashdi.

  • Amma, – dedi Anvar qip-qizarib, – dadam o‘lim bilan olishib, najot istab ko‘zlari javdirab yotganda siz shu narsalarni o‘ylagan ekansiz!.. Dadam vasiyat qiladigan paytda nima uchun hech kimni kirgizmay eshikni qulflab olganingizni endi tushundim! Menga hech narsa kerak emas! Qo‘l qo‘yib beraman, hammasi, qora quti ham sizniki! Lekin menga vaq- tincha bitta uy bering! Otamdan qolgan hovli turganda men institutdan yotoq so‘rolmayman! Otamdan qolgan uyga ammam kirgizmayapti degani uyalaman.

Marg‘uba uning so‘zini eshitmagan bo‘lib taqinchoqlarni qora qutiga solar ekan:

  • Odam ko‘r bo‘lmaydimi! – dedi. – Nahot qiz olmagan yigit shuncha mol-dunyoni bir salqitning oyog‘i ostiga tashlasa?

Naimjon zaharxanda qildi:

  • Bu narsalar otasidan qolgan bo‘lsa bilganini qiladi-da!

Anvar vorismi axir?
Marg‘uba ikki qo‘lini soniga urdi.

  • Anvar voris bo‘lsa, men vasiy! Nima kerak bo‘lsa me- ning qo‘limdan oladi! Bermasam ololmaydi!

Elchilardan biri do‘ng‘illadi:

  • Siz bermasangiz, qonun olib beradi! Marg‘uba yolg‘ondan qahqaha urdi.

  • Siz qonundan gapirgani hali yoshlik qilasiz, uka! – dedi va gap tamom bo‘ldi, degan ma’noda stolni yig‘ishtirar ekan, oxirgi va uzil-kesil so‘zini aytdi: – Muattar Hindis- tondan yaqinda keladi, Anvar otasining vasiyatini bajo keltira- digan bo‘lsa hamma narsani ikkoviga topshiraman-u etagimni qoqib, hovlidan ko‘chib ketaman: yo‘q-yo‘q, otasining ar- vohini chirqiratadigan bo‘lsa bitta igna ham bermayman!

Boshqa gapga o‘rin qolmadi. Elchilar ketgani qo‘zg‘alishdi. Anvar uydan umid uzib kiyimlarini so‘ragan edi, Marg‘uba ikkita eski ko‘ylak, bitta eski shim chiqarib berdi va tilxat talab qildi. Anvar tilxat yozishga kirishdi. Marg‘uba uning yelkasiga bitta eski sochiq tashlab, «Mayli, buni yozmay qo‘ya qol», dedi.

    • Amma, – dedi Anvar kiyimlarini sochiqqa o‘rar ekan, – Muattar menga tegmoqchi emas-ku!

Marg‘uba vag‘illab berdi:

Nima, Muhayyoda oy ko‘rganmisan?

    • Ha, men Muhayyoda oy ko‘rganman! Dadam olam- dan o‘tib dunyo ko‘zimga qorong‘i bo‘lganda Muhayyoda oftob ko‘rganman.

Marg‘uba zo‘r afsus bilan so‘radi:

    • Men senga hech narsa qilganim yo‘qmi?

    • Qildingiz, onam meni tuqqan, o‘stirgan, ota-onam jon bergan hovlidan meni haydadingiz!

Marg‘uba «senga gap kor qilmaydi», degan ma’noda qo‘l siltadi, mehmonlarni kuzatdi, eshikni qulflab, tanbalab oldi. Yo‘lda Naimjon Anvarga tasalli berdi:

    • Xafa bo‘lma, oshna, olamiz! Hammasini olamiz!




Yüklə 349,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin