II BOB. K.A. Timiryazevning va hozirgi zamon olimlarining fotosintez haqidagi ishlari
2.1. Fotosintez sohasiga hissa qo’shgan olimlar haqida ma’lumot. K.A. Timiryazev- zamonaviy fotosintez ta’limotining asoschisi
Tabiatda barcha tirik organizmlarning hayotiy jarayonlari dinamik ravishda energiya bilan ta’minlanishga asoslangan. Bu energiyaning yagona manbayi quyosh energiyasi bo’lib, organizmlar uni to’g’ridan to’g’ri emas, balki erkin kimyoviy energiya holidagina o’zlashtirish qobiliyatiga egadirlar. Bu organik moddalar tarkibidagi kimyoviy bog’lar energiyasidir. Uni faqat yashil o’simliklar va qisman avtotrof mikroorganizmlargina hosil qilishi mumkin.Yashil o’simliklarning hayoti uzluksiz ravishda organic moddalar to’plash va tabiatga molekulyar kislorod ajratish bilan tavsiflanadi.
Fotosintezni o’rganish bo’yicha birinchi tajribani ingliz kimyogari J.Pristli 1771-yilda o’tkazgan. U sham yondirilishi yoki sichqonning nafas olishi natijasida havosi “buzilgan” shisha qalpoq ostiga yashil yalpiz shoxchasini qo’ygan va bir necha kundan keyin unda havo yaxshilanganligini aniqlagan. Ya’ni yalpiz saqlangan qalpoq ostida sham uzoq muddat o’chmasdan yongan, sichqon esa yashagan.
Dostları ilə paylaş: |