15-Mavzu. Salomatlik ko‘rsatkichlarining umumiy tavsifi Salomatlik ko‘rsatkichlari. Salomatlik va ish qobiliyati. Aqliy mehnatning xususiyatlari. Xulq-atvorga ta’sir etuvchi moddalar. Zararli odatlar va ularni oldini olish. Alkogol va ijtimoiy muhit. Chekish va o‘sayotgan avlod. Kofeinning zarari. Muntazam tibbiy vositalarini qo‘llash xavfi.
III. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi: Bolalar va o‘smirlarning jismoniy rivojlanishini baholash.
Bolalar va o‘smirlarning jismoniy rivojlanishini indekslar va koeffitsientlar metodi yordamida baholash.
Biologik yoshni aniqlash.
Bosh miyaning rivojlanishi. Bolada reflektor reaksiyalarning rivojlanishini baholash.
Bolada xotiraning yetakchi turini aniqlash. Diqqat barqarorligini aniqlash.
Aqliy ish qobiliyatini aniqlash.
Rangli ko‘rish darajasini aniqlash. Ko‘z o‘tkirligini aniqlash.
Ta’m bilish va hid bilish analizatorlarining o‘zaro hamkorligi.
Jismoniy ish qobiliyatini kislorodni maksimal iste’moli ko‘rsatkichi bo‘yicha baholash.
Bolaning yoshiga qarab ovqat ratsionini tuzish va gigienik baholash.
Alkogol, tamaki, zaharli moddalarning odam organizmiga ta’siri.
Sinf xonasi (auditoriya)ga gigienik baho berish.
O‘quvchilarni yoshiga qarab dars jadvalini tuzish va uni tahlilini qilish.
IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular: Bolalarning jismoniy va aqliy shakllanishiga ijtimoiy muhitning ta’siri.
Rivojlanishdagi kritik davrlar.
Muskullar faoliyati va bolaning jismoniy imkoniyatlari.
Bolalarda ikkinchi signal tizimining rivojiga ta’sir etuvchi omillar.
Bolalardagi hissiyotlar xususiyatlari.
Diqqatning neyrofiziologik xususiyatlari va ontogenezda o‘zgarishi.
Bolalarda emotsional stresslarni oldini olish usullari.
Endemik buqoqning kelib chiqish shart-sharoitlari va muhitga bog‘liqligi.
Individual rivojlanish davomida immun reaksiyalarning shakllanishi.
Tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida inson organizmida sodir bo‘ladigan fiziologik o‘zgarishlar.