Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga yosh fiziologiyasining asosiy tushunchalari, odam organizmining funksiyasini ulg‘ayish paytidagi o‘zgarishlari, hayot kechirish faoliyati, organizmning bir butunligi, uning tashqi muhit bilan uzviy bog‘liqligi, organizm, a’zo-tizimlari fiziologik faoliyati va ularning boshqarilishida nerv va gumoral tizimlar roli, boshqarilish mexanizmlari, tashqi muhitga moslashish mexanizmlari haqida o‘rgatish va ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi - talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, turli a’zo, tizim va umuman organizmni faoliyat ko‘rsatish xususiyatlarini o‘rgatish; turli yosh davrlarida organizm faoliyatining xususiyatlarini belgilovchi ekzogen va endogen omillarni aniqlashni; yoshning ob’ektiv mezonlarini aniqlash, individual rivojlanish qonuniyatlarini o‘rnatish, talabalarning amaliy faoliyatida olgan bilim, ko‘nikmalarini kasbiy faoliyatida qo‘llay olishiga erishish.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-mavzu. Hayotiy jarayonlar. O‘sish va rivojlanish qonuniyatlari. Fiziologiya va gigiena fanlarining o‘zaro munosabatlari. Yosh fiziologiyasi fanining predmeti va uslublari. Gigiena fanining predmeti. Organizmning umumiy tuzilishi. Hujayra, to‘qima, organ va tizimlar. Organizmning butunligi. Organizm va muhit. O‘sish va rivojlanish. Akseleratsiya va retardatsiya. Prenatal va postnatal davrlar. Bola rivojlanishining davrlari. Kritik va sensitiv davrlar.
2-mavzu. Tayanch-harakat tizimining yoshga oid xususiyatlari va gigienasi Harakat va koordinatsiyaning ahamiyati. Skeletning umumiy tuzilishi. Suyaklarning tarkibi va xillari. Bosh suyagi. Umurtqa pog‘onasi. Ko‘krak qafasi. Qo‘l-oyoq skeleti. Bo‘g‘inlar. Bo‘g‘inlarning xillari.
Bolalarda skelet patologiyasi. Skolioz, lordoz, kifoz, yassi oyoqlik, osteoporoz. Skelet deformatsiyalarini oldini olish. Maktab hududiga va mebellariga (jihozlari) qo‘yiladigan gigienik talablar. Skelet deformatsiyasining korreksiyasi. Skeletning yoshga oid xususiyatlari va gigienasi.
Muskul tizimi. Muskul xossalari. Muskul xillari. Muskul paylari va boylamlari. Ko‘ndalang-targ‘il muskullar. Silliq muskullar. Muskullar qisqarishini energiya bilan ta’minlanishi. Bukuvchi va yozuvchi muskullar. Ko‘tariluvchi va tushiruvchi muskullar. Aylantiruvchi muskullar. Sfinkter muskullar. Bosh va bo‘yin muskullari, gavda muskullari, qo‘l-oyoq muskullari.
Muskullar kuchi, chidamliligi, harakatchanligi. Muskullarning yosh xususiyatlari va gigienasi. Jismoniy mashqlarning muskulga ta’siri.
Muskul kuchi. Muskul ishi. Gipodinamiya. Muskullarning chiniqishi. Jismoniy harakat va muskullarning rivojlanishi. Bodibilding. Maktab anjomlariga qo‘yiladigan gigienik talablar. Bolalar o‘qishini tashkil etilishiga qo‘yiladigan gigienik talablar.