Sivilizasiyalar tarixi fani ibtidoiy jamiyat, qadimgi Sharq tarixi, qadimgi dunyo tarixi, o‘rta asrlar tarixi, yangi va eng yangi davr tarixi fanlari bilan uzviy bog‘liqdir.
Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fanning tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. “Sivilizasiya” tushunchasi. Uning ta’rifi va o‘ziga xos sifatlari
XVIII XIX asrda Yevropa fan olamida sivilizasiya tushunchasining yuzaga kelishi, Inson jamiyati taraqqiyoti muammosiga sintetik yondashuv yo‘llari. “Sivilizasiya” tushunchasi. ”Sivilizasiyalar tarixi” kursining umumiy tasnifi, asosiy maqsad va vazifalari. Kursning nazariy va metodologik asoslari. Sivilizasiyalar tarixiga oid atamalar. Fan tarixi va boshqa fanlar bilan bog‘liqlik taraflari
2-mavzu. Dastlabki sivilizasiyalarning shakllanishi
Dastlabki sivilizasiyalarning ijtimoiy-iqtisodiy belgilari, Neolit sivilizasiyasi, Dehqonchilik madaniyatining ilk markazlari, Sivilizasiya tarixini o‘rganish o‘rganish tarixshunosligi. XX asrda Sivilizasiya tarixini o‘rganish borasida yangiliklar haqida. Globallashuv va sivilizasiya. Bosqichli va lokal sivilizasiyalarning nazariyasi.
3-mavzu. Ikki daryo oralig‘ining (Mesopotamiya) qadimgi sivilizasiyasi
Mesopotamiya sivilizasiyasining shakllanishi va taraqqiyoti, Qadimgi Mesopotomiya madaniyati, Yo‘qolib ketgan eng qadimgi sivilizasiya- lar haqida afsonalar: Atlantida, Lemuriya, Mu. O‘lik sivilizasiyalar: Misr, Amerika hindulari, Moxendjo Daro va Xarappa, Shumer, Akkad, So‘g‘d. Rivojlanishda davom etayotgan sivilizasiyalar: Hind, Xitoy, Yunon, Eron, Turk, O‘rta Osiyo.
4-mavzu: Qadimgi Misr sivilizasiyasi.
Qadimgi Misr sivilizasiyasining asoslari, Misr sivilizasiyasining taraqqiyot bosqichlari, Misr sivilizasiyasining yutuqlari va uning jahon sivilizasiyaisda tutgan o‘mi, Muhit va sivilizasiya. Ijtimoiy-iqtisodiy asoslari. Manbalar va ilmiy adabiyot. Dehqonchilik madaniyati. Qadimgi Misr sivilizasiyasini davrlashtirish
Dostları ilə paylaş: |