Vatanparvarlik- kishining o`zi tug`ilib o`sgan, kamol topgan joy, zamin, o`lkaga bo`lgan mehr-muhabbatini, munosabatlarini ifoda etadigan ijtimoiy va ma’naviy ahloqiy xislatlari, fazilatlaridir6.
Vatanparvarlik— inson ma’naviy yetukligining yuksak mezonlaridan istiqlol mafkurasining negizini tashkil etuvchi qadriyatli va his-tuyg`ularidan biridir.
Vatanparvarlik hissini o`z farzandi qalbiga singdira olgan ota-onaning, shunday ruh, bilan yashaydigan xalqning kelajagi porloqdir.
Vatanparvarlik— Vatan osoyishtaligi, ota-ona, El- yurt, jigargo`shalar tinchligini saqlash, himoya qilish uchun jismoniy va ma’naviy tayyor bo`lish, harbiy vatanparvarlik sir-asrori bilan puxta qo`rollanish, bilim, malaka va ko`nikmaga ega bo`lishdir.
6 Mustaqillik: Izohli, ilmiy-ommabop lug`at, Toshkent, 1998, 34-bet
Vatanparvarlik— halol mehnat qilish zamirida mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga munosib ulush qo`shish, el-yurt manfaatlarini o`z manfaatlaridan yuqori qo`yish demakdir.
Vatanparvarlik— mamlakatimizda yashayotgan xalqlar, elatlar va millatlarniig tili, dini, madaniyati, urf-odatlari aa an’analariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo`lish va ularni o`rganish, millatlararo do`stlik, hamkorlik o`rnatish yo`lida fidoyilik ko`rsatishdan iboratdir.
Vatanparvarlik— Vatanni har qanday dushmanlardan (ichki va tashqi) himoya etish, millat, xalq, Vatan ozodligi, erkinligi yo`lida kerak bo`lsa jonini ham fido qilish demakdir. Vatanparvarlik — jamiyat ravnaqi yo`lida jasorat va qahramonlik ko`rsatish hissining mujassamligidir.
Vatanparvarlik— har ishda tashabbuskorlik, ijodkorlik, tadbirkorlik ko`rsatish demakdir. Vatanparvarlik— insondagi mustahkam imon va e’tiqod, sog`lom tafakkur va sog`lom fikr birligidir,
Vatanparvar inson g`iybat, loqaydlik, xiyonat, sotqinlik, illatchilik, mahalliychilik kabi illatlaridan yiroqdadir7.
Vatanparvarlik jahondagi barcha xalqlarning donishmand va solih farzandlariga xs tuyg`u. Ularning bu haqda qator fikrlari bor8.
Sitseron(Italiya faylosufi). Bizga ota-onalar, bolalar, yaqin xsh-aqrobalar qiymatlidir, lekin muhabbat bobidagi barcha tasavvurlarimiz birgina «Vatan» degan so`zda mujassamlangan. Vatanga nafi tekkudek bo`lsa, qaysi vijdonli odam uchun jon bermoqqa ikkilanar ekan.
G.Gegel (nemis faylosufi), Ma’rifatli xalqlarning haqiqy jasorati vatan yo`lida qubon bo`lishiga hozir ekanlirida aks etadi.
J.Delil (franso’z shoiri). Eng maqbul fazilat - Vatanga va odomzodga ko`rsatilgan xizmatdir.
J.Bayron (ingliz shoiri). Kimki o`z yurtini sevmasa, u hech nimani sevmaydi.
J.Russo (franso’z mutaffakiri). Saxvatning eng buyuk jasurliklari Vatanga bo`lgan muhabbat tufayli vujudga keladi.
7 Musurmonova O. Oila ma’naviyati.T., 1999, 120-121 betlar
8 Ibrohmov A. va boshqlar. Vatan tuyg`si. 1996, 147-148 betlar.
V. Belinskiy (rus munaqqidi). Kimki o`z vataniga daxdor bo`lmasa, u insonyatga ham daxdor emas.
P. Kornell (franso’z drammaturgi). Kimki Vatanni xor qilsa, u oilasidan ham, bor-budidan ham ayriladi.
V. Gyugo, (franso’z adibi). O`z Vataniga dog` tushurish - uni sotish degan so`z.
Ya. Gallon (ukrain adibi). O`z yurtidan yo’z o`gurganlar, o`z vijdonlaridan ham yo’z o`giradi.
M.Salmon Savajiy (fors shoiri). Vatanga nafi yo`q yashalgan har kun, inson hayotini qilar bemazmun.
Haq gap! Har kunimiz Vatanga naf yetkazsin, umrimiz sermazmun bo`lsin.
O`zbek xalqi azaldan o`z Vataniga - O`zbekistonga, Turkistoniga, Turoniga ega bo`lgan, hech qachon bevatan bo`lmagan.
Bolalarimiz qalbida vatanparvarlik tuyg`usini shakllantirishni bolaning maktabgacha yosh davridan boshlash ota-onaning, tarbiyachi-murabbiylarning, jamoatchilikning Vatan oldidagi burchlaridir.
Shunday qilib, Vatan muqaddasligini saqlash, vatanparvarlik tuyg`usi bilan xalq, davlat, mamlakat rivojiga ulkan ulush qo`shish har bir fuqaroning jamiyat, kelajak avlod oldidagi burchidir. Bu burchni halol, pok, fidoyilik va jasorat bilan bajargan insongina haqiqiy vatanparvar bo`la oladi.
Buning uchun O`zbekiston hukumati tomonidan, shaxsan prezidentimiz Islom Karimov tashabbuslari va rahbarliklarida, inson shaxsi va manfaatlari, bolalar tarbiyasi, oila, sog`lom avlod va hokazo kabi bolalarimiz va xalqimizning manfaatlarini ko`zlovchi qator hujjat va qarorlar qabul qilindi.
Endilikda hayotimizning barcha sohalarida respublikaning milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, avlod ajdodlarimizning azaliy turmush tarzi, an’analari, urf odatlari va ko`nikmalarini hisobga olib, bolalarimizda xalqimizga, o`z vataniga mehr, samimiylik, his- tuyg`ularini shakllantirish, ularni rivojlanitirish, tarbiya nazariyasi va amaliyotiga tadbiq etish muhim dolzarb muammoga aylanmoqda.
Vatanparvarlik, insonparvarlik va mehr-muruvvatlilikni shakllantirish tarbiyaning eng muhim qismlaridan biridir.
Shuning uchun ham maktabgacha yoshdaga bolalar tarbiyasida eng avvalo ularning ruhiy jarayonlarini o`stirish, rivojlantirish va takomillashtirib borishga yordam beruvchi omillarni hisobga olish katta ahamiyatga ega.
Vatan, Vatan tuyg`usi, vatanga sadoqatli bo`lish, vatanparvarlik, insonparvarlik va mehr- muruvvat his-tuyg`ularining naqadar yuksakligi, inson qalbiga yaqinligi, har bir insonni iymoni haqida islom dinimizning yuragi bo`lmish Qur’oni Karim, hadislarimiz va buyuk mutaffakir, hadisshunos va zamonasining huquqshunos olimlari hisoblanmish Imom al- Buxoriy, Az-Zamahshariy, al-Termiziy va boshqa ajdodlarimiz qarashlari va asarlarida Vatan, xalq, millat ozodligi, erkinligi haqidagi fikrlar o`z ifodasini topgan.
Vatan, vatanparvarlik, insonparvarlik va insonda mehr tuyg`ularining naqadar yuqori tuyg`u ekanligi va unga sodiq bo`lib qolish, islom diniga e’tiqod qiluvchi har bir mo`min
— musulmon hayotining mazmuni ekanligining alomalarimiz asarlarida qayd etilgan. Jumladan, U. Kaykovusning «Qobusnoma», Nosir Xisrovning «Saodatnoma», Nizomul mulkning «Siyosatnoma», Yusuf Xos Hojibning «Qutatg`u bilig», Ahmad Yugnakiyning
«Hibatul haqoyiq», «Kalila va Dimna», A.Navoiyning «Mahbub ul Qulub», A.Temurning
«Amur Temur o`gitlari» va h.k. asarlarida ko`rsatilgan.9 Shunday ekan, o`smirlar tarbiyasida oliy his-tuyg`ularini shakllantirib, o`stirib borish– ularni ijtimoiy turmushning murakkab vaziyatlariga moslashtirib boruvchi kelajakdagi barkamol shaxs tarbiyasi uchun zarur bo`lgan shart-sharoitlarni yaratish imkoniyatini beradi.
Insonparvar, vataniga sodiq, mehr-muruvvatli insonga qator ijobiy his-tuyg`ular xos bo`ladi, ya’ni bunday inson mardlik, sahiylik, va’dasiga vafodor, pok bag`ri keng, birovlarga beminnat yordam beruvchi, adolat me’zonini bo’zmaslik, tilini yomon so`zdan, qo`lini yomon ishlardan saqlash his-tuyg`ulariga ega bo`lib, bunday kishilar uchun sadoqat, e’tiqod, mehrlilik, rahmdillik hayotiy ehtiyojga aylanib qoladi.
Prezidentimiz Islom Karimov o`z asarlarida vatanga va insonga sadoqat, vatanparvarlik, insonparvarlik, mehr his tuyg`ularini bolalar tarbiyasiga singdirib borish kerakligini doimo uqtiradilar.
Prezidentimiz o`gitlariga amal qilmoq, kelajak avlodimiz burchi hisoblanadi.
9 Safo Ochil, Inson ziynati odobdur. Toshkent, 1996, 9-bet.
O`zbeklarning urf-odatlari bo`yicha, o`zi yashab turgan joy muqaddas hisoblanadi. Bu muqaddas tuproqqa nisbatan yovo’z niyat, yomon so`z aytilmaydi.
Vatan, yurt, millat tushunchalari ulug`vor tushunchalar bo`lib, hamisha mehr-muhabbatdan quvvat oladi. Shu jihatdan qaraganda bu tuyg`ular egizak - qondoshu jondoshdurlar.
Bu his-tuyg`ularni yosh murg`ak yuragida uyg`otish, uni rivojlantirish va takomillashtirib borish barcha ta’lim muassasalari xodimlari faoliyatlarida, ota-ona, mahalla fuqarolari va hokazolarning muqaddas burchlari hisoblanadi.
Shunday ekan, ilk mehr saboqlari bolalar qalbiga eng avvalo oila, so`ngra maktabgacha ta’lim maskanlarida singdiriladi. Ta’lim-tarbiyaning maqsadi ham har jihatdan ana shunday shaxsni shakllantirishdan iborat.