Abdulla qodiriy nomidagi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə1/10
tarix31.01.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#81863
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Rasulova Yaxshigul kurs ishi TIM




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Sirtqi bo’limi (2-oliy ta’lim)

Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabasi




Rasulova Yaxshigul


Tarbiyaviy ishlar metodikasi
fanidan
KURS ishI

Mavzu: Sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar jarayonida vatanparvarlikni tarbiyalash


JIZZAX-2022



Mavzu: Sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar jarayonida vatanparvarlikni tarbiyalash


Reja:

  1. Kirish

  2. Asosiy qism:

  3. Vatan va vatanparvarlik tarbiyasi haqida tushuncha

  4. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini vatanpavarlik ruhida tarbiyalashning milliy, tarixiy asoslari

  5. O`quvchilarni darslar va darsdan tashqari mashg`ulotlarda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonining mazmuni

  6. O`quvchilarni darslar va darsdan tashqari mashg`ulotlarda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash shakli, vosita va usullari.

III. XULOSA.
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATİ

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. O`zbekiston mustaqillikka erishgach, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy sohalarida katta islohotlarning sodir bo`lishi kelajak avlod tarbiyasi oldiga muhim vazifalarni qo`ymoqda. Bu, avvalo, kelajak avlodning ana shu o`zgarishlarga dadil moslasha oladigan yuksak bilim, mahorat, keng dunyoqarash va e’tiqodga ega bo`lishini talab etadi.
Ma’naviy sog`lomlik esa jismoniy va ruhiy sog`lomlik bilan chambarchas bog`liq.
Respublikamizda olib borilayotgan siyosatning va Prezidentimiz da’vatlarining mohiyatini ham ma’naviyati teran, boshqalar fikriga ergashmaydigan, iymon-e’tiqodi sof avlodni yetishtirish masalasi tashkil etadi. Zero, e’tiqodsizlik, turli yot oqim va mafkuralarga ergashish holati jamiyatni inqiroz sari yetaklaydi. Shu bois, Prezidentimiz deyarli barcha asarlarida yoshlar tarbiyasiga jiddiy yondoshish va ularni yot g`oyalardan muhofaza qilish lozimligini ta’kidlaydilar: ―Takror aytishga to`g`ri keladi–ota-onalar, ustoz murabbiylar bu masalada xushyorlikni yo`qotmasligimiz, yoshlar tarbiyasida aslo beparvo bo`lmasligimiz zarur‖1.
O`zbekiston Respublikasining «Ta’lim to`g`risida»gi (1997 yil, 29 avgust) Qonuni ta’limning barcha yo`nalishlarini isloh qilish va rivojlantirish uchun imkon yaratdi. Ta’lim sohasidagi islohotlardan asosiy maqsadi ham xalqimiz ongi va shuurida saqlanib kelayotgan vatanga e’tiqodni yosh avlodga singdirish, ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida mamlakatimiz kelajagini belgilay oladigan barkamol hamda vatanparvar shaxsni shakllantirishdan iborat.



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin