Abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti kurs ishiga topshiriq



Yüklə 14,5 Kb.
tarix16.05.2023
ölçüsü14,5 Kb.
#114235
2.2 Kurs ishi O\'zbekiston hududida tarqalgan zaharli ilonlar,ularning ahamiyati


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

ABDULLA QODIRIY NOMLI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI

KURS ISHIGA TOPSHIRIQ
Talaba :Xusanova Dilafro'z
ISHNING mavzusi: O'zbekistonning zaharli ilonlari,ularning tarqalishi va ahamiyati

Kimyo yo’nalishi 211-21- guruh talabasi Xusanova Dilafro'z

Mavzu:O'zbekistonning zaharli ilonlari,ularning tarqalishi va ahamiyati



Reja:
1.O'zbekistonda tarqalgan zaharli ilonlar

2.O'rta Osiyo kobrasi

3.Charx iloni

4.Qalqontumshuq iloni

KIRISH
O‘zbekistonda tarqalgan zaharli ilonlar


Ilonlar o‘ziga xos tana tuzilishiga ega bo‘lgan, o‘lchami 20 sm dan 10 m gacha etadigan hayvondir. 2700 ga yaqin turi ma’lum. Tanasi har xil yo‘g‘onlikda bo‘yiga cho‘zilgan. Dumi hamisha tanasidan kalta. Oyog‘i bo‘lmaydi. O‘ziga xos ajoyib harakatlanish usuli, xatti-harakatlari, zahar tishlari va harakatsiz tik qarab turishi tufayli ilonlar haqida kanchadan-qancha ertak va afsonalar to‘kilgan hamda ko‘p xalqlar orasida ilondan qo‘rqish hissi paydo bo‘lgan.
Ilonlar kaltakesaklardan deyarli 30 xil belgilariga ko‘ra farq qilinadi. Asosiy farqlaridan biri pastki jag‘ining tuzilish xususiyatlaridir. Kalla suyagi yuz kismining suyaklari harakatchan birikkan, pastki jag‘ esa kalla suyagida qattiq cho‘zilgan burma yordamida osilib turadi. Elastik bog‘lam esa jag‘larning o‘ng va chap bo‘lagini biriktiradi va bu bilan ilonning og‘zi juda ham cho‘ziluvchan bo‘lib qoladi. Shuning uchun ular o‘ljasini butunligicha yuta oladi. Tishlari yaxshi rivojlangan bo‘lib, chaqish (tishlab olish), o‘ljasini tutish va qizilo‘ngachiga itarish uchun xizmat qiladi. Hamma tishlari ingichka, o‘tkir va orqaga qayrilgan.
Ilonlarning asosiy sezgi organi Yakobson organi bilan birgalikdagi tilidir. Ilon uchi ayri ingichka tilini ustki jag‘idagi yarim ochiq yoriqdan chiqarib, bir necha sekund havoda yaqinidagi narsalarga tegar-tegmas qilib o‘ynatadi va ichiga tortib oladi. Tilining uchlari Yakobson juft organining tupa tanglayidagi ikkita chiqarish teshigida joylashadi. Bu erda ilon havoda paydo bo‘ladigan arzimas miqdordagi moddalar haqida informatsiya oladi va shunga qarab o‘ljasining kaerda joylashganligi yoki suv manbaining qaerdaligi haqida orientirlanadi. Ko‘zlari ham orientirlashda katta rol o‘ynaydi (hamma ilonlarda ham shunday emas). Tungi ilonlarning ko‘z qorachig‘i vertikal yoki yumaloq, ba’zan esa gorizontal bo‘lishi mumkin, kunduzgi ilonlarning hamma vaqt yumaloq bo‘ladi. Ilonlarda hid bilish sezgisi yaxshi rivojlangan bo‘lib, ular hatto sichqon bilan kalamushni hidiga qarab ham ajrata oladi. Ularda eshitish organi yaxshi rivojlanmagan, tashqi shitish teshigi bo‘lmaydi. O‘rta qulog‘i sodda tuzilgan va faqat ichki qulog‘i yaxshi rivojlangan. Shuning uchun ham ilonlar odamning oyoq tovushini eshitadi, biroq havoda tarqaladigan tovushlarni eshitmaydi. Bu tomondan ular deyarli kar hisoblanadi. Demak, ilonlarni muzika chalib o‘ynatish haqidagi afsonalar asossizdir. Bo‘g‘ma ilonlar bilan shaqildoq (chinqiroq) ilonlarda issiqni sezish organi bo‘lib, ular uzoqdan o‘ljasining tanasidan chiqayotgan haroratni biladi. Bu organlar tashqi tomondan ikkita chuqurcha shaklida bo‘ladi.
Ilonlar faqat jonivorlar (chuvalchanglar, o‘rgimchaksimonlar, ko‘p-oyoqlilar, hasharotlar, baliqlar, suvda ham quruqda yashovchilar, toshbaqalar, kaltakesaklar, ilonlar va sut emizuvchilar) bilan oziqlanadi. Suvli mevalar, masalan, pomidorlarni yutib yuborgan hollari ham bo‘lgan. Aftidan ular organizmni suv bilan ta’minlash maqsadida shunday qilishsa kerak.
Jinsiy dimorfizm unchalik sezilmaydi. Erkagining dumi urg‘ochilarinikiga qaraganda bir oz uzunroq. Ko‘p turlarining urg‘ochilari erkagidan yirikroq bo‘ladi.
Tuxum qo‘yib yoki tirik tug‘ib ko‘payadi. Ayrim turlari uchun bir marta urug‘lanish 3—5 yilgacha urug‘langan tuxum qo‘yish uchun etarli bo‘ladi. Bir yilda bir marta tuxum qo‘yadi. Bir galgi tuxum qo‘yishda mayda turlari bittadan 3—4 tagacha, yiriklari bir necha o‘nlab tuxum qo‘yadi. Inkubatsiya davri bir oydan 2,5 oygacha davom etadi.
Yosh ilonlar kattalariga nisbatan ancha ochiq rangli bo‘ladi. Ular qishlashga ketgunga qadar tana bo‘shlig‘iga kirib boradigan va tuxumdan yangi chiqqan ilon massasining 30 %ni tashkil qiladigan sariqlik xaltasi hisobiga yashaydi. Ilonlar nisbatan uzoq yashaydi, biroq aniq ma’lumotlar yo‘q.
O‘rta Osiyo kobrasi 
Kobra — O‘zbekistondagi yirik zaharli ilonlardan biridir Tanasining uzunligi 125 sm, dumi 45 sm gacha. Rangi tana rangidan to‘q sariq, qo‘ng‘ir yoki qoragacha kuchli darajada o‘zgarib turadi. Ostki tomoni oq va tanasining oldingi tomonida ikki-uchta qora ko‘ndalang yo‘llari bor. Yoshlarining orqasida uzunasiga qora rangli ko‘ndalang yo‘llari bor, ularning old tomonidagilari pastki yuzasiga o‘tib ketadi. Hindistonda yashaydigan kobralarning ensasida ko‘zoynakka o‘xshash naqshi bo‘lgani uchun ular ko‘zoynakli ilon deb ataladi.
O‘zbekistonda kobra faqat Bobotog‘da, Hisor tizma tog‘larining tog‘ oldilarida va Surxondaryo vodiysida nisbatan ko‘proq uchraydi. Qarshi dashtida birmuncha kamroq, Zarafshon va Nurota tizma tog‘larida esa undan ham kam uchraydi.
Sharqda uchraydigan eng so‘nggi punkti — Xovos atroflaridir. Hatto Bobotog‘da ham bir kunda ikkitadan ortiq ilon uchratish qiyin, odatda, ekspeditsiyalar vaqtida kamdan-kam, ya’ni bir oyda bitta kobrani uchratish mumkin.
O‘zbekistonda kobra quruq yon bag‘irlarda, kemiruvchilar inida yashaydi.
Vodiylarda va aholi yashaydigan punktlarda kamdan-kam uchraydi. Masalan, bu ilon bir kuni Surxondaryo oblastida Sho‘rchi qishlog‘i chekkasidan, boshqa safar Samarqanddan tutilgan edi.
Qishlovdan, odatda aprelda chiqadi. Bahorda kunduzi, keyin esa faqat ertalab va kechqurun aktiv yashaydi, yozda ko‘pincha kechasi ovga chiqadi. Qurbaqa, kaltakesak va ilonlarni xush ko‘rib eydi, uning oshqozonidan ikki marta zaharli qum efasini va bir marta ko‘lvor ilonni topishga muyassar bo‘lishgan.

Dasht zaxarli qora ilon (gadyuka)
Sirdaryo bo‘ylarida ko‘pincha uncha katta bo‘lmagan ilon — dasht zaharli qora iloni uchrab turadi. Tanasining uzunligi 55 sm cha, dumi qisqa 4—6 sm. Usti qo‘ng‘irsimon-kul rang, orqa cho‘qqasi bo‘ylab to‘q rangli egri-bugri yo‘li bor, ba’zan u uzuq-uzuq yoki dog‘lardan iborat bo‘ladi. Gavdasining yonlari to‘q rangli, odatda keskin ajralib turmaydigan dog‘lar bilan qoplangan, bu erdagi tangachalarining chetlari ochroq.
Respublikamizda Chirchiq vodiysida Xo‘jakentdan Chinozgacha bo‘lgan joylarda, Sirdaryo vodiysida Xovosdan pastroqda ko‘proq, Chotqol tizma tog‘larida Parkent, Chimyon va Xumson yaqinida esa kamroq uchraydi. Daryo vohalaridagi chingil va sho‘ra o‘tlar ko‘p o‘sadigan ko‘llarning qirg‘oqlarida, sholipoyalar marzalarida ko‘proq yashaydi. Kemiruvchilarning iniga kirib yashirinadi. Tog‘lardagi yaproqli o‘rmonlar zonasida kam uchraydi.
Qishlab chiqqandan keyin odatda mart oxirlarida paydo bo‘la boshlaydi. Dastlabki vaqtlarda kunduzi aktiv yashaydi. May oyining boshlarida faqat ertalab, hali issiq tushmasdan ko‘zga tashlanadi, yozda esa faqat kechasi chiqadi. Hasharotlar (chigirtka) bilan, shuningdek kaltakesaklar va mayda kemiruvchilar bilan oziqlanadi.

Charx ilon (efa peschannaya)
Charxilon uncha katta bo‘lmaydi. Tanasining uzunligi 86 sm, dumi qisqa — 7,5 sm gacha boradi. Usti qo‘ng‘ir-kul rang yoki qum rang bo‘ladi. Qiyshiq joylashgan yon tangachalari orqadagilariga qaraganda to‘qroq bo‘ladi. Orqasida ko‘ndalang yoki oq, ko‘ndalangiga cho‘ziq dog‘lari bor. Ular qirralari orasida ilonizi yo‘l hosil qilib joylashgan. Och rangli dog‘lardagi ba’zi tangachalarning cheti qoramtir qo‘ng‘ir yoki qora bo‘ladi. Boshining ustida butsimon naqshi bor. Bu ilon joyida turgan holda charx urib aylanadi va bu vaqtda yon tangachalari bir-biriga ishqalanib charx toshi kabi o‘ziga xos tovush chiqaradi. Shuning uchun ham unga charx ilon degan nom berilgan.
O‘zbekistonda charxilon Termiz atroflara va Qorasuv hamda Surxondaryodagi sog‘ tuproqli cho‘llarda juda ko‘p. Bu erda bahorda bir kun davomida 30 taga yaqin ilon uchratish mumkin. Surxondaryo vodiysi bo‘ylab Sho‘rchi va Bobotog‘ tog‘ etaklari atroflarigacha tarqalgan. Qoraqalpog‘istonning janubiy rayonlarida va Qizilqum cho‘lida ancha kam uchraydi. Bu ilon asosan sog‘ tuproqli va qumli cho‘llar, daryo vohalaridagi jarliklar, ko‘hna xarobalarda yashaydi. Goho u quruq yon bag‘irlarda yashaydi.Qishlagandan keyin fevral oyidayoq ko‘rina boshlaydi. Issiq kelgan yillari ko‘pincha qishning o‘rtalarida, yanvarda chiqadi. Bahorda (mart-aprel) va kuzda (oktyabr-noyabr) ular ko‘pincha inlari yonida isinib yotadi. Yozda faqat tunda aktiv yashaydi.
Yosh charxilonlar chayon, chigirtka va mingoyoqlarni eydi. Kattalari kemiruvchilar, baqalar, kaltakesaklar (dasht agamalari, tez kaltakesak, gekkon), suvilon va o‘qilonlarni eydi.
Iyulning oxiri — avgust oyining boshlarida urg‘ochilari 3 tadan 15 tagacha uzunligi 10—20 sm bo‘lgan tirik bola tug‘adi — tutqunlikda yaxshi yashamaydi. Ilgari bu ilonlar Toshkent hayvonot bog‘ida odatda 3—4 oydan keyin nobud bo‘lar edi, hozir esa ikki yilgacha yashaydi.
Charxilonning chaqishi juda og‘ritadi. Zahari qonning shaklli elementlarini buzadi. Bundan tashqari burundan, quloqdan va tananing shilliq qavatidan qon ketishi mumkin. Ba’zan ilon chaqqan odam uchinchi kuni halok bo‘ladi. Odatda u bir oy va hatto bir yarim oy davolanib yotadi.

Qalqontumshuq ilon (sitomordnik)
Toshkent va Samardand oblastidagi tog‘larda va Qoraqalpog‘istondagi tekisliklarda qalqontumshuq ilon yashaydi. Bu respublikamizda tarqalgan birdan-bir chinqiriq yoki shaqildoq ilondir. Bu oilaning ko‘p vakillari Shimoliy va Markaziy Amerikada hamda Janubiy Amerikaning shimoliy rayonlarida yashaydi.
Tanasining uzunligi 68 sm gacha, dumi qisqa 4—8 sm bo‘ladi. Ustida to‘q rangli ko‘ndalang dog‘lari bor. Bu yo‘llarning cheti o‘rtasiga qaraganda ancha to‘q rangli bo‘ladi. Tanasining yonida ancha mayda va to‘q rangli dog‘lardan iborat uzunasiga ketgan yo‘llari bor. Qorni och yoki to‘q rangli mayda dog‘li, ba’zan esa dog‘siz bo‘ladi.
Qalqontumshuqning tipik yashash joylari shimolda -gil tuproqli va qumli cho‘llardir. Janubda u baland tog‘lardagi archazor o‘rmonlarda va tosh uyumlari bo‘ylab alp o‘tloqlarigacha (3200 m va undan balandroq) uchraydi.
Mirzacho‘lda qishlagan qalqontumshuqlar fevralning oxiri — martning boshida qishlovdan chiqadi. Dastlabki kunlari ular o‘zlari kishlab chiqqan kemiruvchilarning ini yonida isinadi. Issiq tushishi bilan tungi hayot tarziga o‘tadi. Iyulning oxiri — avgustda urg‘ochilari 160—190 mm uzunlikdagi 1—20 ta bola tug‘adi. Ular sekin o‘sadi. Hayotining uchinchi yili jinsiy jihatdan voyaga etadi. Belgilab qo‘yilgan qalqontumshuqlar tabiatda 12—13 yildan keyin tutilgan edi. Balki ular bundan uzoq yashasa kerak.
Qalqontumshuqning chaqishi juda og‘ritadi. Bunda odam shishib ketadi, issig‘i ko‘tariladi, ba’zan esa qorason kasalligi kuzatiladi. 10— 15 kundan keyin u tuzala boshlaydi.

Qo‘lvor ilon
Ko‘lvor ilon ancha yirik bo‘ladi, yo‘g‘onligi odamning bilagidek keladi. Tanasining uzunligi 160 sm cha, dumi esa 20 sm dan ortiq emas. Eng og‘ir ko‘lvor ilonning massasi 3 kg cha keladi. Usti och yoki to‘q kul rang, sarg‘ish yoki jigarrang tusli. Naqshi xilma-xil cho‘qqi-qirrasi bo‘ylab yirikroq va gavdasining yon tomonlarida esa maydaroq dog‘lari bo‘ladi. Qorni och rangli bo‘lib, ayrimlarida mayda nuqtalari bo‘ladi.
O‘zbekistonda Turkiston tog‘ oldilarida (Xovos), Nurota, Zarafshon tizma tog‘lari, Ko‘hitang va Hisor tizma tog‘lari etaklarida uchraydi. Bu ilon kobraga nisbatan ancha ko‘p tarqalgan. Zarafshon tizma tog‘i va Nurota tog‘larining ba’zi joylarida bahorda kuniga beshtagacha, ba’zan esa undan ko‘p ko‘lvor ilonni uchratish mumkin.
Ko‘lvor ilon tog‘larda, tog‘ oldilarida va tog‘larning atroflaridagi vodiylarda yashaydi. Qishloqlarda va tog‘ etaklaridagi bog‘larda, buloqlarning bo‘yida, tog‘lardagi tosh uyumlari orasida ko‘p uchraydi. Qiyaliklarning yoriqlari, toshlar orasidagi bo‘sh joylar, kemiruvchilarning, tulki va qushlarning sog‘ tuproqli jarliklardagi inlariga kirib yashirinadi.
Ko‘lvor ilon qishlagandan keyin mart oyida, baland tog‘larda esa aprelda chiqadi. Dastlabki kunlari ular kunduzi oftobda isinadi. Aprelning oxiri va mayning boshlarida quyosh botishi oldidan, bulutli kunlarda esa kunduzi ham ko‘rinadi. Ko‘lvor ilon may oyidan boshlab butun yoz bo‘yi tunda aktiv hayot kechiradi.Ozig‘ini faqat erda emas, balki daraxtlarda ham axtaradi. Asosan, mayda qushlar va kemiruvchilar, ba’zan kaltakesaklar bilan oziqlanadi. Ko‘lvor ilonlar ba’zan ancha yirik o‘ljani ham tutib eydi.
O‘rta Osiyo respublikalarida ko‘lvor ilon iyulda tuxum qo‘yadi. YOsh ilonlar avgust-sentyabrda chiqadi. Uch yoshida jinsiy voyaga etadi. Tutqunlikda odatda uch yilcha yashaydi. Bir vaqtlar Riga hayvonot bog‘ida ko‘lvor ilon 17 yil yashagan.
Ilon odamga duch kelganda harakatsiz yotadi va ko‘pincha uni oyoq yalang bosib oladilar. Ko‘lvor ilonning chaqishi juda xavfli. Agar ilon chaqqan odamga o‘z vaqtida meditsina yordami ko‘rsatilmasa, u halok bo‘lishi mumkin. Zahari qonga, jigarga ta’sir qiladi, shishirib yuboradi, terida binafsha rang qizil dog‘lar ko‘rinishida nuqtali qon quyilishi kuzatiladi. Ko‘lvor ilonning zaharidan olinadigan zaharga qarshi zardob shu turkumga mansub boshqa ilonlar chaqqanda ishlatiladi.
O‘zbekistonda keng tarqalgan zaxarli ilonlarning besh turi:
1.1. O‘rta Osiyo kobrasi – Naia oxiana eich
1.2. Dasht zaxarli qora ilon – Vipera ursine
1.3. CHarx ilon - Carina tus scheid
1.4. Qalqontumshuq ilon - Ancistrodon nalys Pall.
1.5. Ko‘lvor ilon – Vipera lebetina L. ilonlar kiradi.
Ulardan qora ilon va qalqontumshuq ilon tuxumdan tirik tug‘ish yo‘li bilan, O‘rta Osiyo kobrasi, charx ilon, ko‘lvor ilon esa tuxum qo‘yish yo‘li bilan ko‘payadi.
Ekologik jixatdan ko‘lvor ilon, qalqontumshuq ilon, tog‘ va tog‘ oldi zonalarini egallagan bo‘lsa, O‘rta osiyo kobrasi qora ilon dashtli teksliklarni, charx ilon esa qumli cho‘llarni egallagan.
O‘rta Osiyo kobrasi, qora ilon va charx ilonlar zaxari asosan nafas markazlariga ta’sir ko‘rsatsa, ko‘lvor va qalqontumshuq ilonlar zaxari yurak qon aylanish sistemasiga ta’sir qiladi. Zaxarli ilonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keng xalq ommasiga etkazish ayniqsa ilon chaqqanda birinchi yordam ko‘rsatish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Agar sizni zaharli ilon chaqsa, darhol jarohatni qo‘lingiz bilan siqib chiqaring yoki og‘zingiz bilan so‘rib tashlang. Ilonning zahari so‘lak ta’sirida qisman parchalanadi va odam og‘zi orqali hech qachon, hatto buzilgan tishi bo‘lgan taqdirda ham zaharlinishi mumkin emas. Qonni 5-8 minutdan ortiq so‘rib yoki siqib chiqarish mumkin emas. SHundan keyin margansovka, sirka yoki sodali suvga ho‘llangan bint yoki paxta bosish kerak. Jarohatlangan odam suv, limonad, sut, kofe ichishi, tarvuz eyishi foydali. Jarohatni qizdirilgan temir bilan bosish yoki kuchli spirtli ichimliklar ichish mumkin emas. Dastlabki chora-tadbirlar ko‘rilgandan keyin, iloji boricha tezroq zaharga qarshi zardob qabul qilish uchun vrachga borish lozim.
Zardob quyidagicha tayyorlanadi: ilonlardan olinadigan zahar maxsus pitomniklarda saqlanadi, quritiladi. Quruq cho‘kma fiziologik eritmada eritiladi va otlarga yuboriladi. Bunda eritma dozasi oshirib boriladi. Hayvonda immunitet hosil qilinadi. Undan qon olinadi, qizil va oq qon tanachalari ajratiladi, plazma esa (shuning o‘zi ilonga qarshi zardobdir) shisha ampulalarga solinadi. Ampulalarga solib kavsharlab qo‘yilgan zardob ikki va undan ortiq yil saqlanishi mumkin. U ilon chaqqan odamning terisi ostiga yoki venasiga yuboriladi. O‘z vaqtida yordam ko‘rsatilganda ilon chaqqan odam ertasi kuniyoq tuzalib ketadi.
Yüklə 14,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin