UMUMIY TILNI YARATISH SOHASIDA BO’LGAN KURASHLAR. PANTURKSIZM VA PANISLOMIZM (1905-1917 yillar)
Ko’pchilik turkiy xalqlarda bo’lganidek, O’zbek xalqi o’rtasida ham umummiliy tilni yaratish masalasi keng tarqaldi. Natijada barcha turkiy xalqlarda bu masalada ikki xil qarash maydonga keldi. Bulardan birinchisi Ismoil Gaspirinskiy va Vasliy kabi shaxslar tashabbusi bilan yuzaga kelgan panturkistik va panislamistik nazariyalar bo’lsa, ikkinchisi milliy tilni o’z ona tili zaminida yaratish tarafdorlari bo’lgan demokratik ma’rifatparvarlarning qarashidir.
Panturkizm [pan-barcha (yunoncha) va turkiya] Turk burjuaziyasi va pomeshchiklarning XX asr boshlarida paydo bo’lgan va turkiy tillarda gaplashuvchi barcha xalqlarni Turkiya hukmronligiga bo’ysindirish, yagona turk davlatiga birlashtirish ideyasini targ’ib qiluvchi reaksion shovinistik oqimdir
Bunday g’oya til siyosatida ham o’z aksini topdi.
«Ulfat» gazetasining 1906 yil 5 iyul sonida panturkist Ali Qo’rqudning «Istambuldan xat» nomli maqolasi bosiladi. Maqolada yozilishicha, usmonli turk tilini tatarlar, ozarlar, O’rta Osiyo turklari, Sibir va Muђulistongacha bo’lgan bir qator turkiy xalqlar tushunadilar. Shuning uchun u mumiy adabiy til bo’lishiga šodir. Shu gazetaning 1906 yil 19 iyuldagi sonida panturkist Kenjaboyning maqolasida ham yuqoridagi g’oya ifodalanadi.
Tatar tilida chiqadigan «Vaqt» gazetasida esa turkiy xalqlar uchun tatar tili yagona adabiy til bo’lishi ta’kidlanadi.
Bu xil panturkistik qarashlar Ozarbayjon va O’rta Osiyoda nashr etilayotgan matbuot sahifalarida ham ko’rinadi.
Turkiy xalqlar adabiy tildagi bu xil panturkistik va panislamistik g’oyalar burjuaziyaga xalq ommasini yangi taraqqiyot yo’liga boshlash uchun imkoniyat bermadi. Burjua millatchilari bir qancha tortishuv va bahslardan so’ng matbuotda har bir tilning mustaqil hukm surishini tan oladilar. Ona tili uchun kurash adabiy va madaniy kurashning ajralmas qismi bo’lib qoldi.
Yuqoridagi fikrlarga qaramasdan, Turkistonda o’zbek adabiy tili ilg’or mahalliy intilligensiya tomonidan rivojlantirildi. Bunda Furqat, Sattorxon, Is’hokxon, Mulla Muhammadamin kabi demokrat ma’rifatparvarlarning roli katta bo’ldi.
Ayniqsa, o’zbek adabiy tilining targ’ib qilinishi va o’rganilishi haqida Mulla Muhammadamin tomonidan «Turkcha qoida» asarining yaratilishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Unda asosan arab tili grammatikasining ta’siri kuchli bo’lsa ham, o’zbek tili faktlari nisbatan to’g’i yoritildi. Asarda faqat arab grammatikasi emas, balki rus tilshunosligi elementlari ham (ayniqsa, punktuasiyaga oid bo’limda) mavjud edi.
Asarning «turkcha qoida» deb nomlanishi ham bejiz emas, chunki u davrda o’zbek adabiy tiliga nisbatan turkcha, o’zbekcha degan terminni qo’llash tradisiyasi mavjud edi.
O’zbek adabiy tili turli davrlarni o’z boshidan kechirdi. Natijada turli davrlarda turli so’z va grammatik formalar qo’llanishda bo’lgan. Masalan, XI va XVI asrlarda o’zbek adabiy tilida ko’plab arab, fors-tojik so’zlari qo’llangan bo’lsa, XIX asrning 2-yarmiga kelib O’rta Osiyoni chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi natijasida o’zbek tiliga anchagina rus va rus tili orqaly internasional so’zlar kirib keldi.