4-bоsqich. Yakuniy
(10 min.)
|
4.1. “Refleksiya” mashqi orqali mavzu mustahkamlanadi va xulosa yasaydi..
4.2. O’quv jarayonida ishtirok etganlarni reyting asosida baholaydi.
4.3. Kelgusi dars mavzusi e’lon qilinadi.
|
4.1. Mashg’ulot davomida o’rganilgan masalalar yodga olinadi.
4.2. O’quv jarayonida ishtirok etganlarning barchasi reyting asosida bahoga ega bo’ladi.
4.3. Yozib oladilar, tayyorlanib keladilar.
|
1-ilova
“Hibatul-haqoyiq” dostonini o’rgangan olimlarni aniqlang
2-ilova
“Hibatul-haqoyiq” dagi morfologik shakllar
(“Savol bizdan, javob sizdan” mashqi)
3-ilova
Yassaviy “Hikmatlar”i tili haqida olimlar
2- mаvzu. “Hibatul-haqoyiq” va “Devoni hikmat” matnlarining lisoniy tahlili
1. Mavzu yuzasidan savol-javoblar:
1. “Hibat-ul-haqoyiq” asari qaysi davrda yaratilgan?
2. Asar nusxasi qachon, kim tomonidan topilgan?
3. “Hibatul-haqoyiq”ning fonetik xususiyatlari haqida fikringiz?
4. “Devoni hikmat” nusxalarining bir-biridan farqlqnishiga sabab nima deb o’ylaysiz?
5. “Devoni hikmat” tili va sheva masalasiga qanday qaraysiz?
2.Tаhlil uchun mаtndаn misоllаr:
Bitidim kitobi mavoiz masal, Adib Ahmad otim, adab-pand so’zum,
O’qusa totir til emishtak asal. So’zum munda qolur, borur bu o’zum.
Kim ersa bu so’zga odinlar so’zin, Kelur kuz, kechar yoz, borur bu umr,
Tangasa tangadi durustqa badal. Tugatti umurni bu yozum, kuzum.
Onnin ush chiqartim bu turkcha kitob, Ayo, manda kedin keligli muni,
Kerak qil, teb ey do’st, kerak qil itob. O’qusang duoda unutma mani.
Bitidim bu tangsuq turof so’zlarin, Sanga adya qildim bu tangsuq kitob,
Xoli borsa o’zum otim qolsu teb. Manga adya qilsu duo, teb, sani…
Ta’olaalloh oshiqlarga berdi ishqin, Jondin kechib, yolg’uz Haqni jonga qo’shtim
Shokir bo’lib, o’rtab, yonib kuydim mano, Andin so’ngra daryo bo’lib, to’lub toshtum,
Ikki olam ko’zlarimga xashxosh dona- Lomakonni sayr etibon, maqom oshtim,
Ko’runmadi, yolg’iz Haqni suydim mano. Dunyo uqbin yuz ming taloq qo’ydim mano.
Tariqatni yo’llarini uqbasi ko’p, Haq oldida aqli komil dam urolmas,
Pok ishqini qo’lga olmay bo’lmas yurib, Ishq shiddati tug’yin qilsa, bir dam turmas,
Diydorini ko’rsa bo’lmas, tun-kun uyub, Parvonadek axgar bo’lur, o’zin bilmas,
Hech uxlamay, diydorini ko’rdim mano. Bu sirlarni jononadan tuydim mano.
Tariqatni yo’li qattuq, turfa shoshdim, Tariqatni yo’llaridur qattig’ azob,
Boshim qotti, pari mug’on sari qochtim, Bu yo’llarda necha oshiq bo’ldi turob,
Pir egatin tutub, botin ko’zin ochdim, Ishq yo’lig’a har kim kirsa, holi harob,
Rasvo bo’lub, yo’llar kezib yurdim mano. Eranlardin yo’lni so’rab yurdim mano.
Tariqatni yo’llaridir turfa ulug’ , Haqiqatni ma’nosiga yetgan kishi,
Ro’zi qilgan bandasiga bo’lg’ay yovug’, Bexud bo’lub, kuyib yonar ichi, tashi,
Uchquniga toqat qilmas yeti tamug’, Qonlar oqar ko’zlaridan, oqqan yoshi,
Ey yoronlar, aziz jondin tuydim mano. Ko’z yoshimni tuhfa qilib bordim mano.
Shariatdur oshiqlarning afsonasi, Muhabbatni bog’in kezmay oshiq bo’lmas,
Orif oshiq tariqatning durdonasi, Horliq, zorliq tortmaguncha nafsining o’lmas,
Qayda borsa jononasi hamxonasi, Bir qatrag’a qone’ bo’lmay ul dur bo’lmas,
Bu so’zlarni Arsh ustida ko’rdim mano. Qone’ bo’lib xas gavharin oldim mano.
3. “Savol bizdan, javob sizdan” mashqi:
Dostları ilə paylaş: |