Abdulla qodiriyning “O‘tgan kunlar” romani haqida reja: I. Kirish II. Asosiy qism


“O‘tgan kunlar” romanining bosh qahramonlar obrazi



Yüklə 42,39 Kb.
səhifə2/6
tarix15.04.2022
ölçüsü42,39 Kb.
#55442
1   2   3   4   5   6
Abdulla qodiriyning “O‘tgan kunlar” romani haqida reja I. Kiris

2. “O‘tgan kunlar” romanining bosh qahramonlar obrazi.

Otabek – “ogʻir tabiatlik, ulugʻ gavdalik, koʻrkam va oq yuzlik, kelishgan, qora koʻzlik, mutanosib qora qoshliq va endigina murti sabz urgan bir yigit” – romanning bosh qahramoni, savdogar, Yusufbek hojining oʻgʻli, bir muddat Toshkentdagi Beklarbegi madrasasida tahsil olgan, yigirma toʻrt yoshda.

Kumush – “quyuq jinggila kiprak”lari ostidan “timqora koʻzlari” boqib turguvchi, “qop-qora kamon, oʻtib ketkan nafis, qiyiq qoshlari chimirilgan-da, nimadir bir narsadan choʻchigan kabi koʻringuvchi, “toʻlgʻan oydek gʻuborsiz oq yuzlik oʻn yetti-oʻn sakkiz yoshlardagi, margʻilonlik Mirzakarim qutidor qizi, Otabekning maʼshuqasi; roman oxirida kundoshi Zaynabning taomga qoʻshib bergan zaharidan oʻladi.

Zaynab – toshkentlik Olim ponsadboshining qizi, “oʻn yetti yoshlar chamaliq, kulchalik yuzlik, oppoqqina, oʻrtacha husnlik”, Oʻzbek oyimning oʻgʻli Otabek uchun tanlagan kelini, Kumushning kundoshi: roman oxirida Otabek taloq qoʻyadi va u jinni boʻlib qoladi.

Yusufbek hoji – Toshkent hokimining mushovir-maslahatchisi, Toshkentning mashhur aʼyonlaridan biri; Otabekning otasi, xalq, el-yurt manfaatini oʻylaydigan fidoyi shaxs.

Oʻzbek oyim – Yusufbek hojining xotini, ellik besh yoshlarda; chala-dumbul tabiatlik, ammo eriga oʻtkirligi bilan mashhur xotin, uncha-muncha toʻy va azalarga “kavshim koʻchada qolgan emas” deb bormaydi.

Hasanali – Otabekning “maʼnaviy otasi”, hoji xonadonining quli, oltmish yoshlar chamasida; oʻziga xos maʼnaviy qiyofaga ega qahramonlardan biri.


Yüklə 42,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin