Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”
asariga taqriz.
O'zbek adabiyotidagi birinchi
roman "O'tkan kunlar" tarixiy voqei
asar bo´lib, XX asrning birinchi yarmida
yozilgan. Roman Xonlik davrlarini, ya'ni
XIX asrning ikkinchi yarimlaridagi
voqealarni yoritib beradi. Asosan, biz
qanday
qilib
mustaqilligimizni
yo'qotganimiz haqida ma'lumot beradi.
Bu
ma'lumotlar,
asar
bosh
qahramonlari bo'lgan Otabek va
Kumushning muhabbati orqasidan
yuzaga
keladigan
muammolar
yordamida, butun bir davlatning chirkin
muhiti ochib beriladi. Umuman, bu asar
har bir o'quvchisiga vatan nima, xalq
nima, uni sevish nima bilan bo'ladi kabi savollar beradi. Bu asarlar har
bir insonni uyg'otishga bo'lgan chaqiriqlar sirasidandir. Asar qahramoni,
Yusufbek hojining qipchoqqa qirg'in oldidan, va keyindan aytgan
achchiq nutqi har bir kitobxonni chuqur sukutga soladi, hatto Yusufbek
hoji bilan birgalikda yig'laydi. Yusufbek hoji tomonidan aytilayotgan
nutq, bu Abdulla Qodiriyning nutqidir. U alamli satrlar har bir
o'quvchiga ta'sir etmay qolmaydi. Birinchi galda aytishimiz mumkinki,
Abdulla Qodiriyni bunday asar yozishga nima majbur qildi? Tabiiki, u
bu bilan o'zining o'limini belgilab bergandi. Lekin nega shuni bilsada,
u baribir bu asarni yozishga majbur bo'ldi? Birinchidan, o'zligini toboro
yo'qotib, rus millatiga mostlashib borayotgan xalqni ko'rish, o'zligini
tanigan, ziyoli odamga og'ir edi. Ikkinchidan, bizning buyuk tariximiz
chiqitga chiqib ketayotgani, uchinchidan, ilmsizlik, qoloqlik, jamiyatda
toboro avj olayotgani, bir so'z bilan aytganda, ruslarning soyasiga
aylanib borayotganimiz va hklar... adibni qog'oz qoralashga majbur
etdi. Adib, asarni tarixdan boshlagani ham bejiz emas, "mana biz bir
paytlar mustaqil edik, mustaqil davlatimiz bor edi, bizning qul
bo'lishimizga, mana shu kabi ahmoqlar sababchi bo'ldi", kabilarni
ko'rsatmoqda. Mabodo, asar yozilmaganda nima bo'lardi? 50-60%
shaxs o'zini rus deb e'lon qilishi va shu bilan faxrlanishi ham
ehtimoldan yiroq emas edi, asar esa ana shunday fikrlarga qo'llanilgan
sanksiya sifatida yaratildi.
O'zbek romanchiligida birinchi yaratilgan asarni, "O'tkan kunlar"ni
qanchalar maqtab aytsakda, buning ham o'ziga yarasha tarixi bor.
Jumladan, asarning birinchi bobi oxiriga mualif tomonidan yozilgan
izohda taxminan shunday deyiladi: " sizga ro'man deb taqdim qilingan
bu narsa dunyoga kelishi bilanoq baxtsizlikka uchray boshlag'an edi.
Besh yillab bosilmay yotdi. Nihoyat, bu kun bosilishi muyassar
bo'lg'anida ham turlik zarbalarga uchradi. Imlosi uch-to'rtta
imlochilarimjz tomonidan tuzatilib, ajoyib bir quroq holiga keldi", ushbu
vaqt, besh yil, bu bizga juda kam vaqtdek tuyulishi mumkin, lekin bu
o'sha davrda juda katta vaqt edi. Nafaqat, o'sha davrda balki hozir
ham besh yil katta vaqt. Bitta asarning bosilishi uchun besh yil kutish,
o'sha davrda ijod qilish qanchalar murakkab ekanligini shundan ham
bilsak bo'ladi. Shukurki, adiblarimizning ushbu mehnati oradan yillar
o'tib o'z qadr-qiymatini yana qayta tikladi. Bu asarlar bizga o'zligimizni
tanishimizda, millat rivoji uchun qay darajada kuch sarflashimiz va
hklarni o'rgatdi, o'rgatadi, lekin baribir ham ba'zi bir bukirilar ham
uchrab turadi, zero guruch kurtmaksiz bo'lmas.
Asarda majoziy ma'nolar ko'plab uchrab turadi. Asar umuman
o'zbeklarning hayot tarzini yoritib beradi. Buni asarning bosh
qahramoni bo'lmish Otabekning onasi - O'zbek oyimda ko'rishimiz
mumkin. O'zbek oyim barcha sodda o'zbek onalari singari, u ham
ko'hna bit'atlarga ishonadi, fol-u va yana bir narsalarga sig'inadi va
ulardan najot kutadi, O'zbeklarning asil tasviri. Agar ushbu qahramonni
chuqurroq tahlil qiladigan bo'lsak, asarning oxiriga e'tibor qaratamiz:
Yusufbek hoji elga osh berdi, O'zbek oyim qora kiyib aza ochdi. Bu
yerda aynan butun o'zbeklar hayoti haqida gap ketmoqda, ya'ni
o'zbeklar o'z erkini, o'zligini qabrga ko'mib, aza ochdi kabi. Umuman
O'zbek oyim obrazi butun sodda o'zbek xalqining timsoli bo'lib keladi.
Kumush timsolida O'rta Osiyo go'zaligi jam bo'lgan. Negaki, aynan
Kumushning o'limi ham, uning chiroyi ham, aqli ham bir majoziy
ma'noni ifoda etadi, o'limini ham biz, o'zimiz qildik, ya'ni ilmsizlik,
loqaydlik va hklar, bular Zaynabda jo bo'lgandi. Uning go'zalligi esa
mamlakat go'zalligi edi, lekin ruslar uni yo'q qildi, (mening fikrimcha)
bu yerda zahar ruslar, uni bergan va tayyorlagan esa o'zimiz edik.
Kumush o'lgan vaqtda, hijriy 1269-yilda O'rta Osiyoga ruslarning
birinchi hamlasi boshlangan bo'ladi. Ular tomonidan Toshkentning
chegarasida joylashgan Oqmachit qal'asi bosib olinadi, bu O'rta Osiyo
go'zalligiga "zahar" tushganidan darak berardi. Xullas, asar umuman
bizning o'zligimizni tanitadi. Bizga ruh, kuch beradi, vatanni qadrlashni
o'rgatadi. Xullas, shunaqa...
"-Kim yig'latdi sizni?
-Yig'labmanmi?
-Ko'zingiz, kiprikingiz....
-O'zi shunaqa..."
"O'tkan kunlar" romanidan
Javobni qarang! "O'zi shunaqa" emish! Yurakni sindirib soladigan
javob bu! Otabekning dunyosini ostin-ustin qiladigan javob bu! Shu
ikkitagina so'zga osmonga yetgulik dod-u faryodlar cho'kib turibdi!
"Bundan keyin shundoq qiyofada yashash menga qismat endi", degani
bu. "Siz tufayli diydasi giryonlar safiga qo'shildim", degani bu.
"Yuzimning oftobi so'ndi, bundan buyon meni ko'z yoshlarim dengizidan
topaverasiz endi", degani bu!
"Rizolik izlab" Tursunoy Sodiqova.
Asarlarda qo'llanilgan ma'joziy ma'nolarni, ko'pincha qabul
qilmayman, sababi ularni foydasiz deb bilaman. Lekin men asarda
qo'llanilgan ma'joziy ma'nolarni, o'z bilganimcha aytib chiqdim. Men
aytgan fikrlar, ma'joziy ma'nolar mualifning hayoliga kelganmi
kelmaganmi, bu yog'i biz uchun qorong'u, u faqat bor qahramonlari
bilan davlat parokandalik sabablarinj aytib o'tmoqda. Men bo'lsam,
o'zimnjng fikrimga o'zim qarshi chiqib, ma'joziy ma'nolarni sanab
o'tdim, biroq... balki to'g'ridir...
Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”
asaridan fottolavhalar
Dostları ilə paylaş: |