axloqiy muammolar rus m um toz axloqshunosligining boshqa vakillari
uchun ham muhim edi. Bu borada yirik ishlar qilgan m utafakkirlardan
biri ekzistensiyachi faylasuf Nikolay Aleksandrovich B erdyayevdir
(1874—1948). Uning ayniqsa, «Insonning vazifasi haqida» (1931),
« 0 ‘z - o ‘zini anglash» (1939—1940), «Ilohiylik va in son iy lik n in g
ekzistensial dialektikasi» (1944—1945) kabi asarlari shu jih a td a n
diqqatga sazovor.
Nikolay Berdyayev falsafiy-axloqiy qarashlarining yaqqol ajralib
turadigan o ‘ziga xos xususiyati shundaki, uning asosiy g‘oyasi — erkinlik.
N im a uchun o ‘z tabiatiga ko‘ra erkin va ijodkor mavjudot b o ‘lgan
inson Xudo bergan n e’m atlardan joyiga qo‘yib foydalana olm aydi;
nimaga insonning o ‘ylagan narsasi o ‘rniga tarixda butunlay boshqacha
holat ro ‘y beradi; nima uchun ilmu salohiyatni odam bolasi o ‘ziga
o'xshaganlarni ezish uchun, y a ’ni yovuzlik y o 'lida ishlatadi; nega
is te ’dodli odam ko‘p in c h a y o lg ‘izlikka m ah k u m ; nim aga d ah o
san’atkorlarning hayotida fojiaviylik, o ‘rtamiyonalik doim g‘olib keladi;
nim a sababdan inson erkinlik uchun tug‘ilgan, lekin u doim va ham m a
yerda kishanband? Faylasufni ana shu m uam m olar qiziqtiradi.
«M ening falsafamdagi o ‘ziga xoslik, eng aw alo, m en unga borliqni
emas, erkinlikni asos qilib oldim», — deydi Berdyayev va haqiqatan
ham har bir muammoni erkinlik haqidagi o ‘z tasaw uri prizm asidan
o ‘tkazib tahlil etadi1. Bu esa, tabiiyki, pirovard natijada allomani barcha
falsafiy muammolarga diniy-axloqiy nuqtayi nazardan m unosabatda
bo‘lishga olib keladi. «Erkinlik, — deydi buyuk rus mutafakkiri, — mening
mustaqilligim va o ‘z shaxsimni ichdan belgilovchi m urvat, erkinlik
mening ijodiy quwatim, u oldimda turgan ezgulik va yovuzlik oralig‘idagi
tanlovim emas, balki ezgulik va yovuzlikning o ‘zini yaratishim dir»2.
Bunday erkinlik — faqat insonning o ‘z erkinligi, hatto unga Xudo ham
hukmronlik qilolmaydi. Inson agar o ‘z holiga qo ‘yilmaganida, uning
inson deb nomlanishi ham m um kin emasdi. Haqiqiy insoniy hayot —
insonning qaror qabul qilishdagi quyushqonga sig'masligidir.
Faylasuf o‘z ijodida tarixga katta e ’tibor beradi. U tarixda inson
m a’naviyatining ichki dialektikasiga mos tushadigan uch muhim davmi
ajratib ko'rsatadi. Birinchisi — Ahd ul-qadim Xudosi, olamning Podshosi,
Egasi davridagi insondan m uhabbat emas, faqat b o ‘ysunishni talab
Dostları ilə paylaş: