Abdulla sher axloqshunoslik


«M en uyalyapmanmi, demak, mavjudman



Yüklə 18,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/209
tarix07.01.2024
ölçüsü18,91 Kb.
#210787
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   209
falsafa

«M en uyalyapmanmi, demak, mavjudman,
n a fa q a t jis m a n , b a lk i a x lo q a n h am m av ju d m an , — m e n o ‘z
www.ziyouz.com kutubxonasi


hayvoniyligimdan uyalyapmanmi, demak, men hali ham odam sifatida 
mavjudman»1.
Shu o‘rinda faylasufning zurriyot haqidagi o ‘ziga xos fikrlarini keltirish 
joiz. Toki bola tug‘ilishi tom m a’noda insoniylikka bo'ysundirilar ekan 
va axloqiy m a’no kasb etar ekan, bu bilan u o ‘zining gunohkorlik 
xususiyatini yo‘qotadi, ya’ni bolalar ham ota-onalari kabi bu dunyoda 
nafaqat gunoh qila-q ila, oxir o ‘lim ga m ah k u m b o ‘ladilar, balki 
insoniyatni yaxshilash uchun xizmat qiladilar: ularning ota-onalari 
bolalari o ‘zlaridan yaxshiroq, axloqiyroq b o ‘lishiga ishonadilar, ulaiga 
ma’lum taraqqiyot tarzida qaraydilar. Bundan faylasuf quyidagicha xulosa 
chiqaradi: «Mana m ash’um ziddiyatning yechimi: tug'ilishning yovuzlik 
mohiyati tug‘ilishning o ‘zi orqali yo‘qqa chiqariladi, ya’ni ezgulikka 
aylanadi... ular (bolalar — A.Sh.) boshqa hayotning odamlari b o ‘ladilar, 
bizning va barcha ajdodlarimizning haqiqiy najot topishi shundadir»2.
Solovyov n uqtayi n aza rid an q ara g a n d a, ach in ish va sh afq at 
uyatchanlikka zaruriy qo‘shimchalardir, zero, ular ruhimizning hayvoniy 
junbishlarini cheklaydilar. Achinish va shafqatning eng yorqin misoli 
sifatida faylasuf onaning zaif, hech narsa qo‘lidan kelmaydigan, butunlay 
o ‘ziga qaram chaqaloqqa — bir parcha etga munosabatini keltiradi. 
Biroq shafqatlilikni axloqiylikning yagona tayanchi deb qarash to ‘g ‘ri 
emas. Bu borada Shopenhauer xatoga yo‘l q o ‘yadi, deydi Solovyov. 
Chunki mechkay, ichkilikboz yoki xotinboz ham ko‘ngli bo‘sh, shafqatli 
bo'lishi mumkin, lekin bunday kishini axloqiy shaxs deb atash m um kin 
emas. Demak, uyat inson xatti-harakatini boshqarib turuvchi axloqiy 
hodisadir.
Faylasuf uch avlod — bobolar, otalar va bolalam ing tabiiy bogManishi 
h a q id a t o ‘x ta la r e k a n , a x lo q iy ta r a q q iy o t m u n o s a b a ti b ila n
m a’naviylashishning uch xili to ‘g‘risida — din, nikoh va tarbiya orqali 
m a’naviylashish to ‘g‘risida fikr yuritadi. Bu uch axloqiy soha insonni 
Xudo bilan bog‘laydi: biri — kechm ish, ikkinchisi — hoziigi zam on va 
uchinchisi — kelajak orqali. Haqiqiy nikohda jinsiy aloqa yo‘qolm aydi, 
balki mohiyatan o ‘zgaradi, hayvoniy hissiyotni qondirishga em as, 
insondagi Xudo qiyofasini sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi. Shu nuqtayi 
nazardan qaraganda, n ik o h iy ju ftlik z o h id lik n in g , m a to n a tn in g , 
jafokashlikning bir shaklidir.

Yüklə 18,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin