Abdulla sher axloqshunoslik



Yüklə 18,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/209
tarix07.01.2024
ölçüsü18,91 Kb.
#210787
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   209
falsafa

Taqdirni q o

bilan yaratur odam,
G'oyibdan kelajak baxt bir afsona, —
degan hikmatli satrlari shu jihatdan diqqatga sazovor1.
Baxt haqida gap ketganda, albatta, omad to ‘g ‘risida to ‘xtalib o ‘tish 
lozim. Omad ham lazzatga o'xshash oniylik tabiatiga ega. Lekin bu 
oniylikda lazzatdagidek takrorlanish xususiyati yo‘q: odam ga om ad 
hayoti mobaynida kam dan kam kulib boqadi. O m adning ana shu jihati 
haqida qrim -tatarlarning qadim gi asotiri bor. U nga k o ‘ra, O m ad 
m a’buda ekan, kunlardan birida uning o ‘g ‘li Yerni tom osha qilam an 
deb osmondan tushibdi-yu, qaytib chiqmabdi. Shu-shu Omad Yerga 
tushib, hanuz bolasini qidirarmish. M a’budaning yuzi yo‘q, faqat qoq 
miyasi ustida bittagina k o ‘zi bor ekan. Shu bois u to ‘g ‘ri kelgan 
o ‘tkinchini tutib olib, o ‘g ‘limmikan deb, balandga ko‘tarib, ko‘ziga 
olib borib qararkan va o ‘g ‘li emasligiga ishonch hosil qilgach, osm onu 
falakd an p astga q a ra tib itq itib y u b o ra rk a n . O m ad o ‘z q o ‘liga 
tushganlarning hammasiga shunday m unosabatda b o ‘lar ekan.
Darhaqiqat, mazkur asotirda omadning o ‘tkinchilik mohiyati juda 
chiroyli va majoziy ochib berilgan; bir um r omadli odam yo‘q, om ad — 
tasodif, baxt — zaruriyat; om ad — istisnoli, baxt — qonuniy hodisa. Omad
— shaxsning bir zumlik holatini aks ettiradi, baxt esa inson nimaga 
erishmog‘i lozim, degan savolga bir um r mobaynidagi amaliy javobdir.
Baxtni tushunish har bir davrda, m a’lum tarixiy sharoitda millat, 
shaxs va jamiyatning taraqqiyot darajasiga qarab, turlicha muayyanlashish 
xususiyatiga ega. Ya’ni, ideal kabi uning ham tabiati o ‘zgaruvchan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Axloqshunoslikda baxt mezoniy tushunchasini alohida o ‘rganadigan 
an’anaviy evdeymonchilik deb ataladigan yunoncha «eudaimonja» (baxt)
so‘zidan olingan yo‘nalish mavjud. 
.

Yüklə 18,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin