Abdulla sher axloqshunoslik


A. Shimmel. Jonon mening jonim da, 44 — 45-b



Yüklə 18,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/209
tarix07.01.2024
ölçüsü18,91 Kb.
#210787
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   209
falsafa

1 A. Shimmel. Jonon mening jonim da, 44 — 45-b.
www.ziyouz.com kutubxonasi


saqlab turish uchun yetarli bo‘lgan uy-ro‘zg‘or ashyolari ajratiladi.
Shuningdek, oilaning tabiiy tarqalishi ham mavjud. Unda ota-onanmg 
yoki otaning vafoti tufayli oila mulkining meros tarzida bir yoki bir 
necha farzandga o ‘tishi munosabati bilan oila tarqalishi mumkin.
Bundan tashqari, nikoh bekor qilinishi m unosabati bilan oila 
tarqaladi. Aslida nikoh ham diniy, ham dunyoviy nuqtayi nazardan 
buzilmasligi kerak. Lekin o‘rtada xiyonat sodir bo‘lishi yoki yana boshqa 
xil sabablar tufayli nikohni faqat axloqiy obro‘ga ega, qonun bilan tan 
olingan idoralar, masalan, sud, vakolatli ruhoniy bekor qilishi mumkin, 
zero, u, aytganimizdek, axloqiy hodisa. H ar bir jamiyat mana shu so nggi 
turdagi oila tarqalishiga qarshi kurashadi. Bunday oila buzilishi qancha 
kam aysa, u o ‘sha ja m iy a tn in g axloqiy jih a td a n ta k o m illash ib
borayotganini anglatadi. «Muxtasar aytganda, 
hammamizga ayon bo lishi
tabiiyki, oila so g io m ekan - jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam
ekan - mamlakat barqarordir»1
2. Fuqarolik jam iyatining axloqiy asoslari
D astlabki axloq m askani b o ‘lm ish oilalar yig‘indisi fuqarolik 
jamiyatini, millatni tashkil etadi. Fuqarolik jamiyati m ohiyatan oila 
bilan davlat o ‘rtasidagi daraja. G archand, uning taraqqiyoti davlat 
taraqqiyotidan keyinroq ro‘y bersa ham, u albatta davlatni taqozo etadi, 
ya’ni fuqarolik jamiyatining yashashi uchun uning oldida mustaqil 
nimadir — rasmiy, tizimli boshqaruv bo‘lishi kerak.
Fuqarolik jamiyati zamonaviy dunyomizda vujudga keladi, zero, 
hozirgi paytdagina fuqarolar huquqi haqiqatan ham inobatga olinadi. 
Fuqarolik jam iyatida har bir odam o ‘zi uchun maqsad. Biroq, u 
boshqalar bilan munosabatga kirishmasdan turib, o‘z maqsadiga to la 
erisha olmaydi: boshqalar uning maqsadga yetishishi yo‘lidagi vositadir. 
Natijada har bir alohida maqsad boshqalar bilan o ‘zaro munosabatlar 
vositasida, ularning farovonlikka intilishini qanoatlantirgani holda, о zi 
ham qanoatlanadi. Boshqacharoq qilib aytganda, fuqarolik jamiyatida 
yaxshi, badavlat, baxtli, huquqiy yashash uchun b o'lgan har bir 
fuqaroning intilishi pirovard natijada butun jam iyatning о shanday
yashashiga olib keladi. 
.. .
Fuqarolik jamiyati, shunday qilib, bir kishining ehtiyojim uning
www.ziyouz.com kutubxonasi


m ehnati vositasida qondirishi barobarida, shu m ehnat vositasida barcha 
qolganlarning ham ehtiyojini qondiradi. U o ‘z a ’zolarining shaxsiy 
erkinliklari va huquqlarini himoya qiladi, odil sud vositasida ular mulkiga 
daxl qilinishiga yo‘l q o ‘ymaydi. Fuqarolik jam iyati turli tabaqalardan 
tashkil topadi. Ular orasida tabaqaviy yoki sinfiy ziddiyat singari hodisalar 
ro ‘y berishi mumkin emas. Chunki, bunda shaxs - davlat fuqarosi, 
muayyan inson manfaatlari birinchi o ‘rinda turadi va bu m anfaatlar, 
aytganimizdek, ham axloqiy, ham qonuniy jihatdan himoya qilinadi! 
Z otan, «Biz uchun fuqarolik jamiyati — ijtimoiy makon. Bu m akonda 
qonun ustuvor bo'lib, u insonning o ‘z-o ‘zini kamol toptirishiga m onelik 
qilmaydi, aksincha, yordam deradi. Shaxs m anfaatlari, uning huquq va 
erkinliklari to ‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi»*.
Fuqarolik jamiyatining yashash sharti - erkinlik. Shaxsning qonun 
doirasidagi so‘z erkinligi, fikr erkinligi va faoliyat erkinligiga to ‘la yo‘l 
q o ‘yi!mas ekan, fuqarolik jam iyati amalda mavjud bo‘la olmaydi. Bu 
jam iyatning yana bir muhim tom oni shundaki, unda qarindoshlik, 
u r u g ‘d o sh lik , e la td o s h lik sin g a ri h is s iy o tla rd a n k a s b d o s h lik , 
mahalladoshlik hissiyotlari ustun maqomga ega bo‘ladi; yonm a-yon 
ishlayotgan va yashayotgan jam iyat a ’zolari, «begonalar» — um um iy 
maqsad uchun kurashayotgan ham m a yelkadoshlar o ‘zlarining uzoq 
qarindoshlaridan ko‘ra bir-birlariga yaqinroq ekanliklarini anglab 
yetadilar. Undagi boshqaruv esa erkin tanlov va erkin saylov asosida, 
hokim iyat idoralari tazyiqidan qonun bilan him oyalangan ixtiyoriy 
tuzilm alar ko‘magida ish olib boradi. Shu bois davlatimiz rahbari Islom 
K arim ov fuqarolik ja m iy a tin i m a m lak a tim iz siyosiy va d av lat 
qurilishining asosiy xususiyatlaridan biri sifatida ta ’kidlaydi va bu 
xususiyatning mohiyatini mahalliy hokimiyat va fuqarolam ing o ‘zini- 
o ‘zi boshqarish organlari vazifalarini kengaytirish, ularga davlat 
vakolatlarining bir qismini bosqichma-bosqich o‘tkazib borish, nodavlat 
va jam oat tuzilmalari huquqi va maVqeyini oshirishni ko‘zda tutadigan 
«K uchli davlatdan — kuchli jam iyat sari» konsepsiyasini am alga 
oshirishdan iborat» deb ta ’riflaydi2.
Mamlakatimizda hozir erkin, demokratik fuqarolik jamiyatini tuzishga

Yüklə 18,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin