Abdulla sher axloqshunoslik


 Кьеркегор С. Болезнь к смерти. / / Этическая мысль, 1990. М ., «Политиздат»



Yüklə 18,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/209
tarix07.01.2024
ölçüsü18,91 Kb.
#210787
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   209
falsafa

Кьеркегор С. Болезнь к смерти. / / Этическая мысль, 1990. М ., «Политиздат»,
1990. С. 367.
www.ziyouz.com kutubxonasi


G unohdan individual forig‘ bo‘lish m uam m osini hal etar ekan, 
Kirkegaard mavjudlikning uch xil darajasi yoki bosqichini bayon qiladi. 
Bular — estetik, axloqiy va diniy bosqichlar. Birinchi bosqichning 
tamoyili — lazzat, ikkinchisiniki — burch, uchinchisiniki — iztirob.
Estetik bosqichda inson o ‘zini tashqi dunyoga baxsh etadi, hissiyotlar 
olamiga sho‘ng‘ib ketadi. Uni m a’lum m a’noda erotik, ishqibozlik 
bosqichi ham deyish mumkin. Uning ramzi — Don Juan, faylasuf 
yoshligida sevgan M otsartning shu nom dagi o perasidan, m usiqa 
sohasidan falsafaga olib o ‘tilgan timsol. Bu bosqichda inson ham m a 
narsani bilgisi, barcha lazzat turlaridan bahram and b o ‘lgisi keladi; 
musiqa, teatr, ayollar — hammasi uning xizmatida. Lekin inson qanchalik 
hissiyotga berila borsa, shunchalik lazzatdan to ‘yib, ko‘ngli qolib, 
q o n iq m ay d ig an b o ‘lib boradi. Z ero , ta k ro rla n m a s n arsala rn in g
takrorlanaverishi kishida xafsalasizlikni, loqaydlikni tug‘diradi va estetik 
bosqichdagi hayotdan zerikish insonni umidsizlik chegarasiga keltirib 
q o ‘yadi. Natijada insonda bunday hayot tarzidan yuz o ‘girib, undan 
yuksakroq darajadagi hayotni tanlash zarurati paydo b o ‘ladi va u ikkinchi
— axloqiy bosqichga o ‘tadi.
Bu bosqichda inson erkin lazzatlanishdan kechib, o ‘zini o ‘z ixtiyori 
bilan axloqiy qonunga bo‘ysundiradi; fazilatlar yo‘liga kiradi, burchni 
bajarish mezon darajasini oladi. Inson bunda o ‘ziga nisbatan bamisli 
ustozga, qattiqqo‘l otaga aylanadi. Endi uning tanlovi ezgulik bilan 
yovuzlikni farqlaydigan, o ‘zini gunohkor deb biladigan, ayni paytda, 
ongli ravishda haq yo‘lga yuz burgan kishining tanlovi sifatida nam oyon 
b o ‘ladi. Bu bosqichning timsoli — Suqrot. U ning yechimi — estetik 
ishqibozlikka qarama-qarshi qo‘yiladigan nikoh. Nikoh m a’lum m a’noda 
muqaddas. Shu bois estetik bosqichdagi kapalaknam o oshiqlikning ziddi 
b o ‘lmish axloqiy darajada muhimi — oilaviy burchga sadoqat. Paragvay 
iyezuitlari (Iso jamoasi) cherkovlarida hatto h ar kuni yarim tu n mahali 
erlam i nikoh to‘shagida o ‘z vazifalarini bajarishga d a ’vat etib, qo‘ng‘iroq 
ham chalar ekanlar.
Axloqiy insonning hayoti tashqi emas, ichki, o ‘ziga nisbatan boMgan 
burchni bajarishga qaratilgan; boshqa odam lar oldida burchli esa-da, 
m uhim i, tashqi xatti-harakatlar emas, balki aynan o'zigagina xos, 
o ‘zining abadiy va ajralmas xususiy mulki b o ‘lm ish ichki holat, ichki 
ruhiy dunyodir. Xazina o ‘zingda yashirin, u ixtiyor erkinligi, tanlov; 
«yo — u, yo — bu», unga erishish insonni m alaklardan ham yuksakka 
ko‘tarishi mumkin. Axloqiy bosqichda inson o ‘zini tanlaydi. U o ‘zini
www.ziyouz.com kutubxonasi


ezgu odam sifatida tanlamaydi, chunki inson gunohga botgan zot va 
u o ‘z aybini his etm asdan boshqa iloji yo‘q. Shuning uchun o ‘zini 
yovuzlik va ezgulikning farqiga boradigan axloqiy shaxs sifatida tanlaydi. 
Faylasuf inson faqat tanlov hodisasi tufayligina ilk bor o ‘zligini 
anglaydi, zero, faqat erk haqiqiy shaxsni vujudga keltiradi, degan fikrni 
ilgari suradi.
Lekin axloqiy bosqich ham so‘nggi pillapoya emas, u o ‘tish holati; 
eng yuksak daraja, bu — diniy bosqich. Zero, axloqiy bosqichda inson, 
birinchidan, baxtga, chunonchi, oilaviy, nikohdagi baxtga intiladi, 
ikk in chidan , um um iy qonunga b o 'y sun ib yashaydi. D em ak , bu 
bosqichda u o ‘z erkini, ixtiyor erkinligini to ‘la namoyon qilolmaydi. 
Diniy bosqichda esa inson umumiy axloqiy qonun-qoidalar doirasidan 
chiqib ketadi, undan balandroq darajaga ko‘tariladi, X udo bilan 
to ‘g‘ridan to ‘g‘ri munosabatga o‘tadi. Bu bosqichning timsoli — Ibrohim 
alayhissalom. M a’lumki, u kishiga sevimli o ‘g‘lini qurbonlik qilish haqida 
Xudoning farmoni keladi. Xo‘sh, nima qilish kerak? Birinchidan, otaning 
o ‘z o ‘g ‘lini o ‘ldirishi um um axloq qoidalariga to ‘g‘ri kelm aydi, 
ikkinchidan, agar o ‘g‘lini qurbonlik qilmasa, Xudodan qo‘rqadi. Ibrohim 
alayhissalomning oldida ikki talab turadi: o ‘g‘lini oMdirmaslik (chunki 
bu axloqqa, otalik mehriga zid) va Tangriga bo‘ysunish. Birinchi talabni 
bajarish — Xudoga bo'ysunmaslikka, ikkinchi talabni bajarish esa axloqiy 
qonunni buzish va o ‘z o ‘g‘liga nisbatan shafqatsizlikka olib keladi. Shu 
ikki yo‘ldan birini tanlash kerak. Bu tanlov esa iztirob orqali ro ‘yobga 
chiqadi. Buning ustiga, Ibrohim alayhissalomga farmonni haqiqatan 
ham farishta keltirdimi yoki u iblisning ovozimi? Agar u farishtaning 
ovozi bo‘lmasa-chi? Qo‘rquv, gum on va xavotir Ibrohim alayhissalom 
qalbini tirnaydi, uni cheksiz iztirobga soladi. Unga hech kim yordam 
berolmaydi, m uam m oni uning yolg‘iz o ‘zi hal etishi, o‘zi tanlashi lozim. 
Bu tanlov mantiqiy jarayonning emas, ixtiyor etishning natijasi sifatida 
maydonga chiqadi. U nda insoniy aql emas, insonning o‘zi butun borlig‘i 
bilan ishtirok qiladi.
Shu tariqa Suqrotning « 0 ‘zingni angla!» shiori Kirkegaard ta’limotida 
«O'zingni tanla!» shioriga o ‘rin b o ‘shatib beradi. Kirkegaard nafaqat 
iztirobga shukr qilishni, balki uni sevish kerakligini va bu sevgi har 
qanday baxtdan baland ekanini ta ’kidlaydi. Zero, Xudoga m uhabbat — 
shart. H ar qanday iztirob, yo‘qchilik, sinov va riyozat bu ahdni buza 
olmaydi, uning ahamiyatini pasaytira olmaydi. Iztirob to ‘g‘ri tanlov 
tufayli ezgulik va xayrning manbaiga aylanadi. Shuningdek, erkinlik
www.ziyouz.com kutubxonasi


iztirob biian birgalikda, gunoh, ayb, qo‘rquv tushunchalari esa inson 
mavjudligining sifatlari tarzida talqin etiladi.
Ayniqsa, Kirkegaard qo‘rquvga katta ahamiyat beradi. Uning nazdida 
q o ‘rquv — erkinlikning aybga b o ig an munosabati. Haqiqiy qo‘rquv, 
bu — gunohkor bandaning Tangri oldidagi qo ‘rquvi. Inson chorrahada 
turadi: yoki vaqtinchalik yerdagi hayot, qo'rquv va iztirob, yoki yerdagi 
hayotga yuksakdan boqish, o iim g a nafrat bilan qarash tufayli uning 
qo‘rquvidan xalos boiish. Xo‘sh, shu nuqtayi nazardan qaraganda, 
burch nima? Burch — Xudo irodasining ifodasi. Xudodan qo‘rqish 
insondagi yangi imkoniyatlarni ochadi, inson mavjudlik nima va mavjud 
bo im aslik nima ekanini anglaydi. U insonni tanlov qarshisiga olib 
keladi: inson shu daqiqadan boshlab ongli ravishdagi tanlovni amalga 
oshirishga majbur: qo‘rquv — erkinlikning imkoniyati. Shunday qilib, 
agar aql umidsizlikka olib kelsa, e ’tiqod umid baxsh etadi, tinchlantiradi, 
tasalli beradi. Ayni paytda asl m a’naviyat, axloq va e ’tiqod faqat 
gunohkorgagina xosdir (ilk gunohkor Odam Atoni eslang).
Xulosa qilib aytganda, Syoren Kirkegaardning axloqiy ta ’limoti, 
ko‘pgina o ‘rinlarda insoniy mavjudlikda mantiqiy fikrlashni, sababiyatni, 
aqlning rolini inkor etsa-da, o'zining Hegelga nisbatan bergan iborasiga 
monandlab aysak, yakka daraxt orqasida o ‘rm onni ko‘rmay qolganiga 
qaramasdan, u Ovro‘pa falsafasida butunlay yangi bir yo‘nalishga asos 
soldi: insonni faqat aql yordamida, m antiqiy tushunchalar vositasida 
anglab boim aydi, inson tushunchasi cheksizdir, degan fikrni o ‘rtaga 
tashladi. Insonni shaxsiy tanlov huquqiga ega mavjudot tarzida talqin 
etdi — bunda insoniy qadr-qim m at g‘oyasi m as’uliyat g‘oyasi bilan 
o m u x ta la s h ib k e td i. K irk e g a a rd b u b ila n e n g y a n g i d a v r 
axloqshunosligidagi ekzistensiyachilik oqim ining ibtidosida turadi.
Yangi davr Ovro‘pa axloqshunosligidagi noratsional yo'nalishning 
asoschilaridan yana biri buyuk olm on faylasufi A rtur Shopenhauerdir 
(1788—1860). Axloqiy m uam m olar uning «Olam ixtiyor va tasaw u r 
sifatida»( 1819 1844), «H ayot m a k ta b in in g h ik m atlari» (1851), 
«Axloqshunoslikning ikki asosiy muammosi» (1837—1839) singari barcha 
yirik asarlarida o ‘rtaga tashlangan.
Shopenhauer taiim otiga ko‘ra, olam — inson ko‘z ochishi bilan 
ko‘rgan, hidlaru ranglarga, tovushlaru sukunatga, issig‘u sovuqqa to i a
dunyo faqat va faqat tasaw urdan iborat. O lam — mening tasaw urim , 
deydi faylasuf. Olamga hoziru kelajakda nimaiki taalluqli bo‘lsa, hammasi 
subyekt bilan sifatlanishga albatta m ahkum va subyekt uchun mavjuddir.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Shunday qilib, olam - tasaw ur, u subyekt va obyektning o ‘zaro 
munosabati sifatida namoyon bo‘ladi. Chunki biz faqat ko‘zimizni, 
qulog‘imizni, qo‘limizni, tilimiznigina bevosita bilamiz, olamni emas. 
Olam, — men uni o ‘z tasaw urim da qanday qabul qilayotgan b o ‘lsam,
— shunday. Bu masalaning bir tomoni, ikkinchi tomoni — ixtiyor. Ixtiyor 
tasaw urga o ‘xshamaydi, butunlay boshqa, sirli, hali kashf etilmagan
e h tim o l, u m u m an k a sh f etib b o ‘lm ay d ig an narsa. U b a rc h a
mavjudlikning ibtidosi. Ixtiyor, bu — mutlaq erkin xohlash, istash, uning 
na sababi, na asosi bor. U — olamning ichki mazmuni, o ‘z -o ‘zicha 
anglanmagan holat, ko‘r-ko‘rona, to ‘xtatib bo‘lmaydigan shiddat. H atto 
daraxtlar uchida ham ixtiyor hukmron, ular yuqoriga, nurga qarab 
intiladi, ildiz pastga intiladi — namni ixtiyor etadi. Jism faqat yuqoridan 
pastga — vertikal tarzda qulaydi... Ixtiyor, bu — makon va zam onda 
yashaydigan mavjudotlarning paydo b o ‘lishini ta ’minlaydigan kuch. 
Lekin uning o ‘zi makon va zamonga bo‘ysunmaydi, uni bilish m um kin 
emas. Inson esa, eng aw alo, ixtiyor etguvchi, istaguvchi, hirs qo‘yguvchi, 
va faqat undan keyingina, bilguvchi, fikrlovchi mavjudot. Ixtiyorning 
namoyon b o ‘lish shakli faqat hozir, kelajak ham, o‘tmish ham emas. 
Shu «hozir»ning manbai va mazmunini o ‘zida mujassam etadigan narsa
— yashashga ixtiyor, ya’ni o'zimizdan iborat bo‘lgan «narsa o ‘z-o‘zicha».
Olamiy ixtiyor yoki ixtiyor sifatidagi olam insonni o ‘z yo‘rig‘ida 
tutadi. Inson odatda ixtiyor qo‘lida, xohish-istaklar iskanjasida yashaydi. 
Uning yashashga b o ‘lgan ixtiyori, istagi g‘oyatda kuchli. U yashash 
istagida yangidan-yangi ixtiyor iskanjasiga tushaveradi. Insondagi 
xudbinlik uni ixtiyorga qul qilib qo‘yadi: o ‘zim bo‘lsam, hammasi meniki 
bo‘lsa, degan aqida bilan ish ko'radi. Bir istak bajarilishi bilan ikkinchisiga 
harakat boshlanadi, undan keyin uchinchisiga, to ‘rtinchisiga va hokazo... 
Inson bir istak bilan kifoyalanmaydi. Natijada uning hayoti tinim siz 
harakatdan iborat bo‘ladi, o ‘zi to ‘ysa ham, ko‘zi to ‘ymaydi. Bu hayot
— hayot emas, yovuzlik, yolg‘on, azob, fojialardan iborat mavjudlik. 
Insonning baxt deb intilgani oxir-oqibat baxtsizlik bo‘lib chiqadi. Chunki
tom m a’nodagi insoniy baxtning o‘zi yo‘q. Yashashga ixtiyor — cheksiz 
iztiroblar manbai; o‘z baxtiga intilgan har bir odam boshqalar uchun iblis 
bo‘lmog‘i lozim; aslida iblis shaxsiylashgan yashashga ixtiyordan boshqa 
narsa emas. Demak, baxtga intilish — barcha illatlami keltirib chiqaruvchi 
manba. Bu hodisa Pushkinning «Baliqchi va baliq haqidagi ertak» asarini 
eslatadi. Ixtiyor changalidagi inson baliqchi cholning xotiniga o‘xshaydi: 
eng ulkan baxtga erishaman deb, baxtsizlikka erishadi. Zero, Shopenhauer
www.ziyouz.com kutubxonasi


nazdida hayotda doimo xudbinlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ixtiyor 
changalidagi xudbin o'limdan qo‘rqadi, chunki o‘lim ixtiyorga, barcha 
xohish-istaklarga chek qo‘yadi. Asl inson, yuksak axloq egasi ixtiyorga, 
eng awalo, hayotga, yashashga b o igan ixtiyorga chek qo‘ymog‘i lozim. 
Ya’ni, inson o‘limdan qo‘rqmasligi, unga intilmog‘i kerak. Chunki inson 
uchun so ‘ng m aqsad — o ‘lim . In son n in g b u tu n h ay o ti o ‘lim ga 
tayyorgarlikdan iborat; inson o ‘lim uchun tug‘iladi.
Xo‘sh, inson ixtiyor changalidan qutulam an, barcha azob, iztirob, 
fojialardan forig‘ bo‘laman desa nim a qilishi kerak? 0 ‘zini o ‘zi o ‘ldirishi 
lozimmi? Shopenhauer bunga, yo‘q, deb javob beradi. Chunki o ‘zini- 
o ‘zi oMdirayotgan odam yashashni xohlaydi, faqat u berilgan hayotdagi 
shart-sharoitdan norozi. Shu bois o ‘zini oMdirgan kishi hayotga b o ‘lgan 
ixtiyordan emas, hayotning o ‘zidan yuz o ‘giradi. V aholanki, buning 
aksi bo‘lmog‘i lozim. Inson barcha xohish-istaklardan bosh tortm og‘i, 
ixtiyor changalidan qutulmog‘i kerak. 0 ‘shanda inson yashayveradi, 
lekin hayot uning uchun hech narsa emas; endi insonni hech narsa 
bezovta qila olmaydi, u haqiqiy xotirjamlikka, istaksiz um rga erishadi.
Buning uchun inson halol, buyuk b ir ichki ad o lat hissi bilan 
yashamog‘i lozim. Zero haqiqiy halollik, buzilmas adolat birlam chi va 
eng muhim fazilat sifatida mislsiz og‘ir vazifa, unga b utun qalbi bilan 
berilgan inson tez orada shunaqangi qurbonlik qilishga m ajbur bo ‘ladiki, 
pirovard natijada uning uchun hayotning hech qanday shirinligi
maftunkorligi, qizig'i qolmaydi — va inson ixtiyordan voz kechadi. 
Halollika nisbatan hurm atning m a’nosi ham shunda, halollikning o ‘zi 
emas, balki uning uchun qilingan qurbonlik hurm atga sazovordir. G ap 
shundaki, to ‘g‘ri va halol inson hayot bilan bog‘liq b o ‘Igan azob- 
uqubatlarni hiyla yoki kuch vositasida birovning yelkasiga tashlab 
qo'ym aydi, o ‘zining og‘ir yukini o ‘zi ko‘taradi, insoniy hayotdagi 
yovuzliklarning hammasiga birovning emas, o ‘zining ko ‘ksini qalqon 
qiladi. Shunday halol yashashning oqibati bo'lm ish tengsiz iztiroblar 
o ‘ziga xos forig‘lanishga, buddhachilik iborasi bilan aytganda nirvanaga 
olib keladi: bunday oliy m a ’naviy maqomga ruhan erishgan inson 
hayotga ixtiyorni inkor etadi1.
Bunday darajaga erishish, o ‘z haqiqiy «M en»im izning hodisasi 
boMmish butun olam bilan birgalikdagi to ‘laqonli mavjudlikni q o ‘lga

Yüklə 18,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin