FE'L. UNING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI. FE'L NISBATLARI.
FE'LNING VAZIFADOSH SHAKLLARI. FE'L MAYLLARI. FE'LLARDA
SHAXS-SON KATEGORIYASI. FE'L ZAMONLARI. KO'MAKCHI
FE'LLAR, TO'LIQSIZ FE'L. FE'L LARNING
YASALISHI.
REJA:
1.
FE'L SO'Z TURKUMI HAQIDA UMUMIY MA'LUMOT.
2.
FE'L NISBATLARI, FE'LNING VAZIFADOSH SHAKLLARI,
E'LNING MAYLLARI.
3.
FE'LNING ZAMONLARI
4.
Fe'l arabcha so'z bo'lib "harakat" degan ma'noni bildiradi. Harakat-holat
ma'nosini ifodalab, nima qildi. (bo'di)?. nima qiyapti( bo'yapti)?, nima
qiladi(bo'ladi)? singari so'roqlarga javob bo'luvchi so'z turkumiga fe'l
deyiladi. Fe'l qanday harakat-holatni ifodalashiga ko'ra bir qancha turlarga
boʻlinadi.
1.Yumush fe'l lari: ishladi, mehnat qildi, ter to'kdi va boshqalar.
2.Tafakkur fe'l lari: o'ylaydi, o'qidi, kashf qildi kabi.
3.Sezgi fe'l lari: sezdi, his qildi.
4.Ruhiy holat fe'l lari:kuldi,xursand bo'ldi, qayg'urdi, iztirob chekdi.
5.Nutq fe'l lari:gapirdi, so'z ladi, bayon qildi, ifoda qildi.
6.Ishora fe'l lari:imo qildi, labini burdi,ko'zini qisdi va boshqalar.
7.Jismoniy holat fe'l lari: og'ridi, isitma chiqdi, xastalandi, sog'aydi, charchadi.
8.Tabiy holat fe'l lari: eridi, muzladi, uxladi va boshqalar.
9.Ko'rish fe'l lari: qaradi, ko'rdi, boqdi, termuldi.
Harakat-holat fe'l lari.
Fe'l lar nimani atab kelishiga ko'ra harakat va holat fe'l lariga boʻlinadi.
Harakat fe'l lari----shaxs va narsalarning jismoniy faoliyati natijasida roʻy
bergan harakatni bildiruvchi fe'llar harakat fe'l lari hisoblanadi:yurmoq, yugurmoq,
chiqmoq,
bormoq,qimirlamoq,
yelmoq,
sudralmoq,
sakramoq,
uchmoq,
o'tmoq,silkinmoq......
Holat fe'llari -----shaxslarning ichki kechinmalari va narsalarning bir holatdan
ikkinchi holatga oʻtish jarayonini ifodalovchi fe'llarga holat fe'llar deyiladi:
o'ylamoq, fikrlamoq, ikkilanmoq, sarg'aymoq, kumloq, yig'lamoq, qizamiq, q
otmoq...
O'timli va o'timsiz fe'llar.
Fe'llar grammatik maʼnoga ko'ra ikkiga boʻlinadi:o'timli hamda o'timsiz.
Tushum kelishigidagi so'zlar bilan bogʻlanadigan fe'llar o'timli fe'llar
hisoblanadi:o'qidi, ko'rdi, yod oldi....
O'timli fe'l kimni? nimani? so'roqlarga javob bo'ladi:kitobni o'qidi, do'stini
ko'rdi, she'rni yod oldi....
Tushum kelishigidagi so'zlar bilan bog'lanmaydigan fe'llarga o'timsiz fe'llar
deyiladi,:bordi, uxladi, ranjidi..
O'timsiz fe'llar nimani? kimni? so'roqlarga javob bo'lmaydi:uyga bordi,
xonada uxladi, do'sti ranjidi...
Fe'l nisbatlari
Bajaruvchining harakat va holat jarayoniga qay darajada ishtirok etishini
bildiruvchi fe'l shakllari nisbat shakllari sanaladi. Fe'ldan anglashilgan harakat-
holat bilan shu harakatni yuzaga chiqaruvchi shaxs o'rtasida munosabatni
ifodalovchi ifodalovchi fe'l shakllariga nisbat shakllari deyiladi.
Shunga ko'ra fe'llar 5 ta nisbatga bo'linadi:1) aniq nisbat; 2) o'zlik nisbat; 3)
orttirma nisbat ;4) majhul nisbat; 5) birgalik nisbat.
Nisbat shakllari fe'llning asos qismidan keyin qo'shiladi.
Aniq yoki bosh nisbat
Harakatning ega orqali ifodalangan shaxs tomonidan bajarilishi ni bildiradi.
Qo'shimchasi mavjud emas:ishladi, o'qidi.
O'zlik nisbati
Bajaruvchining o'zi ustida amalga oshadigan harakat yoki holatni
ifodalaydigan fe'l shakli o'zlik nisbati deyiladi.
O'zlik nisbatida harakatni bajaruvchini shaxs bilan harakat tushgan obyekt
birlashgan holda boʻladi. Masalan:Mashina o'z joyidan qo'zg'aldi..Gul ochildi.
O'zlik nisbati shakli asosga -(i)n, -(i)l qo'shimcha larini qo'shish bilan hosil
boʻladi: unli bilan tugagan fe'l asosiga o'zlik nisbatining - n, - l, undosh bilan
tugagan fe'l asosiga esa-in yoki -il qo'shimchalari qo'shiladi: Halima juda ozoda
kiyinadi.
Odatlanmoq,jonlanmoq, harakatlanmoq seskanmoq, faxrlanmoq, zavqlanmoq,
otlanmoq, afsuslanmoq kabi so'zlarda -n o'zlik nisbat qo'shimchasi bordek tuyulsa-
da, ular qo'shimcha tarkibida yaxlitlanib qolgan, shuning uchun o'zlik nisbatiga
kirmaydi, balki aniq nisbatga kiradi.
Majhul nisbat
"Majhul" so'zi " nomaʼlum ", " noaniq "degan ma'nolarni bildiradi.
Bajaruvchisi noma'lum boʻlgan harakat yoki holatni ifodalovchi fe'l shakli Majhul
nisbat deyiladi :Maktabini muzeyi Yangi eksponatlar bilan boyitildi. ( kim
tomonidan boyitilganligi aniq emas).
Majhul nisbat fe'l kim tomonidan?, nima tomonidan? so'roqlarga javob
bo'ladi : xat yozildi ( kim tomonidan?).
Majhul nisbat shakli unli bilan tugagan fe'l asosiga - n, - l. undosh bilan
tugagan fe'l asosiga -in, - il, qo'shimchalarini qo'shish bilan hosil qilinadi. : Soch
taraldi.
O'zlik hamda majhul nisbat shakllari aynan bir xil, lekin ular harakat yoki
holatning bajaruvchisi nuqtai nazaridan farq qiladi. O'zlik nisbatida harakat- holat
bajaruvchining o'z ustida amalga oshadi, majhul nisbatda esa bajaruvchi nomaʼlum
bo'ladi. Masalan: Gulnoza kiyindi. (O'zlik nisbat). Kiyim chiroyli qilib
kiyildi.( majhul nisbat).
Orttirma nisbat
Fe'l o'zagidan ifodalangan harakatga da'vat qilingan shaxs ma'nosini anglatadi.
Orttirma nisbat shakllari: -t, -dir, tir, -,giz, - kuz, -g'iz, -qiz, -gaz, -kaz, -ir, -iz, -ar
qo'shimchalari kiradi. Ular quyidagicha qo'shiladi.
Ba'zan fe'l asosiga orttirma nisbat hosil qiluvchi birdan ortiq qo'shimchalar
qo'shilishi mumkin. O'qit—o'qittir..
Agar fe'l asosiga orttirma nisbat qo'shimchalari birdan ortiq qo'shilganda,
orttirma nisbat qo'shimchasidagi so'z ma'nosi kuchayadi.
Fe'l larning orttirma nisbat o'zlik va birgalik nisbatdagi fe'llardan ham hosil
qilinishi mumkin. :yuvin+ tir =yuvintir.
Orttirma nisbatdagi fe'llardan birgalik va majhul nisbatdagi fe'llar hosil
qilinishi mumkin: isitildi(majhul), yozdirishdi (birgalik).
Orttirma nisbat qo'shimchalari o'timsiz fe'lni o'timliga aylantiradi., aynan
shunga ko'ra orttirma nisbat va o'zlik nisbat qo'shimchalari o'zaro zidlanadi..
Masalan, (daftarga) yozildi—(daftarni) yozdiradi.
Birgalik nisbat
Fe'l o'zagidan ifodalangan harakatning bir necha shaxs tomonidan bajarilgaini
ifodalaydi. Birgalik nisbat shakli unli bilan tugagan fe'l asosiga -sh, undosh bilan
tugagan fe'l tugagan asosiga esa -ish qo'shimchasini qo'shish orqali hosil boʻladi :
ishlashdi, kelishdi. Gaplashishdi.
Ba'zan birgalik nisbat qo'shimchasi fe'l yasovchi -la qo'shimchasi bilan
yaxlitlanib, bir butunlikni hosil qiladi va murakkab qo'shimcha -lash
qo'shimchasiga aylanadi, bunday holda fe'llar birgalik nisbatda emas, aniq nisbatda
boʻladi. Masalan: gaplashmoq, bahslashmoq, hazillashmoq, tezlashmoq. Va
boshqalar.
Bunda biz -lash murakkab qo'shimcha bo'lganini -la va -sh qo'shimchlarga
ajratish orqali bilib olishimiz mumkin, ajratganimizda -la o'zi birga birikkan asos
bilan birga ma'no anglatsa -lash murakkab qo'shimcha sanalmaydi va birgalik
nisbatida keladi, ma'no anglatmasa -lash murakkab qo'shimcha sanaladi va aniq
nisbatda keladi: Choyxonani ta'mirlashdi,. (ta'mir+la+sh)..
AGAR NISBAT QO'SHIMCHLARI FE'L ASOSIGA BIRDAN ORTIQ
QO'SHILGANDA, ASOSGA QO'SHILGAN OXIRGI NISBAT SHAKLIGA
QARAB QAYSI NISBATDA LIGI ANIQLANADI. Kiyin turildi( majhul
nisbatda ).Keltirishdi (birgalik).
FE'LNNING VAZIFA SHAKLLARI.
Fe'llar gapda boshqa so'zlar bilan bog'lanib, kesim, ega , to'ldiruvchi, hol,
aniqlovchi vazifasida kelishi mumkin. Buning uchun fe'l maxsus shakllarga ega
boʻladi. Turli gap bo'laklari vazifasida kelishi uchun xoslangan fe'l shakllari
fe'lning vazifa shakllari sanaladi
Fe'l larning to'rta vazifa shakllari mavjud:
1) sof fe'l shakli—kesim vazifasida;
2) harakat nomi shakli--ega, to'ldiruvchi vazifasida ;
3) sifatdosh shakli—aniqlovchi vazifasida;
4) ravishdosh shakli— hol vazifasida keladi.
Sof fe'l
Sof fe'l gap ichida fe'l-kesim vazifasini bajaradigan fe'l shaklidir. Sof fe'llar
fe'lga xos boʻlgan barcha xususiyatga, ya'ni bo'lishli-bo'lishsizlik, o'timli-
o'timsizlik nisbat, zamon, shaxs-son, mayl xususiyatlariga ega.:Men boraman.
Bo'lishli, o'timsiz, aniq nisbatda, kelasi zamon, 1-shaxs, birlikda, xabar mayli,
gapda fe'l-kesim.
HARAKAT NOMI
Fe'lning otga xoslangan shakli harakat nomi deyiladi. Ish harakatning
bajarilish-bajarmasligi, harakat-holatning nomi kabi ma'noni bildiradi va otning
shakl yasovchisini olib, unga xos sintaktik vazifani bajaradi.
Fe'l asoslariga -ish, -sh, -uv, -v, -miqdori qo'shimchalarini qo'shish yo'li bilan
yasaladi:o'qish, yozish, o'quv,yozuv,olmoq.
Harakat nomi a yoki i unlisi bilan tugagan fe'l asoslariga -v qo'shimchasini
qo'shilganda, a unlisi o unlisiga istiqomat unlisi u unlisiga aylanadi. Va shunday
yoziladi: ishla+v=ishlov, tani+v=tanuv.Demak, harakat nomi qo'shimchasi
qo'shilganda bir unli tovush boshqa bir unli tovushga aylanadi. Harakat nomi
qo'shimchasi hisoblangan -moq qo'shimchasiga egalik qo'shimchasi qo'shilganda q
undoshi g' undoshi ga almashadi :bormoq---barmog'i...
Harakat nomi bilan ifodalangan kesim tarkibida kerak, lozim, darkor, shart
so'zlari bo'lganda, kesimni ega bilan moslashtiruvchi shaxs-son qo'shimchalari
harakat nomiga qo'shiladi. Men o'qishim kerak;sen o'qishing--lozim, u o'qishi shart.
SIFATDOSH
Fe'lning sifatga xoslangan shakli sifatdosh deyiladi. Sifatdoshlar fe'l
asoslariga -gan, -kan, -qan,-ydigan, -adigan, -yotgan, -aytgan, -(a) r
qo'shimchalarini qo'shish yo'li bilan hosil boʻladi.
Sifatdoshlar shaxs va narsalarining belgisini bildirishi bilan sifatga o'xshaydi.
Sifatlar shaxs va narsaning turg'un, barqaror belgisini ifodalasa, sifatdoshlar
o'zgarish, harakat belgisini ifodalaydi. Solishtirsak: katta(sifat), daryo(sifatdosh)
daryo. Sifatdosh fe'l singari ish-harakatni anglatib, zamon, nisbat, bo'lishli-
bo'lishsizlikni bildiradi :qolgan-bo'lishli, o'tgan zamon, aniq nisbatda.
Sifatdosh quyidagi zamon shakllariga ega.
1) O'tgan zamon sifatdoshi-- -gan, -kan,-qan, qo'shimchalari yordamda hosil
qilinadi:otgan, tikkan, chiqqan..
Bo'lishsiz shakli -mavjud yordamida yasaladi:borgan---bormagan.
2) Hozirgi zamon sifatdoshi ---hozirgi zamon sifatdosh sifatdoshi fe'l
asoslariga
--(a)
yotgan,
qo'shimchalarini
qo'shish
yordamida
hosil
qilinadi:yurayotgan,(mashina), kulayotgan (bola)....
3) Kelasi zamon sifatdoshi-, -ydigan, -(a) r, -adigan qo'shimchalarini qo'shish
bilan yasaladi;boradigan (joy), o'qiydi gan(kitob), oqar suv... Sifatdoshning
bo'lishsiz shakli fe'l lardagi kabi -ma qo'shimchasi yordamida yasaladi.
RAVISHDOSH.
Fe'lning ravishga xoslangan shakli ravishdosh deyiladi. Ravishdoshlar
harakatning belgisini bildirishi bilan ravishga o'xshaydi. Ravishdosh ham ravish
kabi fe'lga bog'lanib, uning belgisini bildiradi :solishtirsak;piyoda (ravish) keldi,
shoshilib(ravishdosh) keldi. Ravishdosh fe'lga bog'lanib, ko'pincha hol boʻlib
keladi:U yaylovda yayrab yoyotar edi.
Ravishdoshlar ma'no jihatdan holat, payt, maqsad, va sabab ravishdoshlarga
bo'linadi.
1) Holat ravishdoshi :-bilan, -ib,-a, -v, -gancha,-kancha, -qancha qoshimchalar
qo'shilib harakatni holatni bildiradi va qanday, qanday qilib ? so'roqlarga javob
bo'ladi. yugurib kelmoq,kulgancha turmoq....
2) Payt ravishdosh: -b, -ib, -a, -y, -gancha, -kancha, -kuncha, -q uncha
shakllari qo'shilib harakatni qay paytda sodir bo'lganini bildiradi va qachon,
Qachongacha? so'rog'iga javob bo'ladi:musiqa tingach, ko'chadan chiqqach, u
kelguncha, Guli chiqquncha..
3) Maqsad ravishdoshi; -fani, -kani, -qani, -gali qo'shimchalari qo'shilib,
harakatning maqsadini bildiradi va nima maqsadda? So'rogiga javob bo'ladi;
o'tirgandiki tashqariga chiqdi.
4) Sabab ravishdoshi:-b, -ib, -a, -y qo'shimchalarini qo'shish bilan hosil
qilinadi va nima sababli? sorog'iga javob bo'ladi
FE'LLARDA MAYL SHAKLLARI.
So'z lovchi ning fe'ldanfe'ldan anglashilgan harakat-holatiga munosabatini
bildirgan fe'l shakllariga mayl shakllari, shunday shakllar tizimiga esa mayl
kategoriyasi deyiladi.
Fe'llarning to'rtta mayl shakli mavjud:1) xabar mayli; 2) buyruq-istak mayli; 3)
shart mayli ; 4) maqsad mayli.
Xabar (yoki ijro) mayli---harakat holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi
haqidagi xabar darakni bildiruvchi fe'l shakli xabar shakli hisoblanadi.
Xabar maylining maxsus qo'shimchasi yo'q. Xabar mayli fe'l asosiga zamon
va shahs-son qo'shimchalarini qo'shish orqali ifodalanadi. Keldi, keladi,
Buyruq-istak mayli---harakat va holatini bajarish yoki bajarmaslik haqidagi
buyruq , istak, iltimos, maslahat ma'nolarini bildirgan, harakatni bajarishga da'vat
etish ma'nosini bildiradigan fe'l shakliga buyruq-istak mayli shakli deyiladi.
Buyruq-istak mayli shakllari fe'l asoslariga quyidagi qo'shimchalarini qo'shish
yo'li bilan hosil qilinadi: -y(ay), -(a)yon, -gin, -kin, -qin, -(i) ng, -sin(lar), -(a) ylik,
-(i) nglar.Hayot saboqlarini o'rgangin..
Fe'lning zamon, shahs-son qo'shimchalarisiz qismi || shahs buyruq-istak
maylini ifodalaydi. Bu qismga buyruq-istak ma'nosini kuchaytirish uchun -gin
qo'shimchasini qo'shish ham mumkin, shuning uchun bu ikki shakl ma'nodosh
sanaladi: kel-keling-kelgin; ol-oling-olgin.
Shart mayli--boshqa bir harakat va holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi
uchun shart boʻlgan harakat va holatni, shuningdek, istak-xohishni bildirgan fe'l
shakli shart mayli shakli sanaladi, shart mayli -Sa qo'shimchasi yordamida
yasaladi:Aysam, tilim, aytmasam dilim.
Shart mayli edi, ekan to'liqsiz fe'llari bilan kelganda orzu-istak ma'nosini
bildiradi: -Sa edi shakli ba'zan -Saydi tarzida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi;
ko'rsaydi, o'qisaydi...
Shart mayli shakli kerak so'zi bilan kelganda taxminan-gumon ma'nosini
bildiradi: Bu bola yaxshi bilsa kerak (bilmasligi ham mumkin)
Maqsad mayli---harakatning biror maqsadda bajarilishini bildiradi, -moqchi
qo'shimchasi yordamida hosil qilinadi. Masalan; Yozmoqchiman., yozmoqchisan,,
yozmoqchi,.
FE'LLRDA SHAHS-SON KATAGORIYASI.
Fe'ldan
ifodalangan
harakatning
shahslarga
munosabatini
bildigan
qo'shimchalarga
shaxs-son
qo'shimchalarini
deyiladi.
Masalan,
keldim
yozding,boraman so'zlaridagi -maydoni,-ng, -man qo'shimchalari. Bunday
qo'shimchalarning
shahs-son qo'shimchalari deb yuritilishiga sabab shuki, shahs qo'shimchalari
ayni paytda sonni ham bildirib turadi:yo birlik, yo ko'plik shaklida bo'ladi. Masalan:
BIRLIK KO'PLIK
yozdi-m yozdi-k
yozdi-ng yozdi-ngiz(laring)
yozdi- yozdi-lar(yozishdi).
Baʼzi holatlarda birinchi shaxsni ifodalash uchun ikkinchi shaxs qo'shimchasi ,
shuningdek, birlik ma'nosini ifodalash uchun ko'plik qo'shimchasi qo'llanishi
mumkin. Bunday holatlar ma'lum uslubiy maqsadda roʻy beradi. Ikkinchi va
uchinchi shaxs birlik shakllari o'rnida ko'plik shakli qo'llanilsa, shaxs ko'pligi emas,
balki shaxsga hurmat ma'nosi ifodalanadi. Masalan:Dadam keldilar, Ayrim o'zbek
shevalarida shart maylidan keyin qo'shiladigan shaxs-son shakllari o'rniga o'tgan
zamonning— gan shakli, hozirgi zamon va kelasi zamon shakllaridan keyin
ishlatiladigan shakl qo'llaniladi. Masalan:borsa, o'rniga borsamiz borsavuz. II
shaxs buyruq mayli qo'shimchalari o'rniga III shaxs buyruq mayli qo'shimchasi
ishlatiladi. Masalan: kiring o'rniga kirsinlar. Bunday holat o'zidan katta yoki
obroʻli kishilarga nisbatan qo'llanilib, hurmat ma'nosi ifodalaydi. Fe'llning I va II
shaxsi maxsus shakllar orqali ifodalanadi. III shaxsda esa zamon qo'shimchalari
shaxs ma'nosini ham ifodalaydi. O'tgan zamonning -di hamda kelasi zamon shart
mayli -Sa shakllaridan soʻng -m, -ng, -k, -ngiz qo'shimchalari:kelsam, bordingiz,
keldik, ravishdosh, sifatdosh shakllari hamda sof fe'lning hozirgi zamon
shakllaridan soʻng -man, -miz,-san,-siz qo'shimchalari qo'llaniladi. Fe'lning shaxs-
son shakllari bir-birining o'rnida almashib qo'llanishi mumkin:Uka shunaqa narsa
bilan hazil qiladimi? (3shaxs birlik hazil qilasanmi—2- shaxs, birlik o'rnida
qo'llaniladi)
FE'LNING ZAMON SHAKLLARI.
Fe'ldan anglashilgan harakatning nutq momentiga nisbatan bajarilishi yoki
bajarmaslik paytini bildiradigan shakllarga zamon shakllari, ana shunday shakllar
tizimiga esa zamon kategoriyasi deyiladi.
O'TGAN ZAMON SHAKLLARI.
O'tgan zamon shakllari harakat va holatning gap aytilayotgan vaqtdan oldin
bo'lganini bildiradi. Bu zamon shakllari fe'l asoslariga -di, -(i) bdi, -gan, -kan,-qan
qo'shimchalarini va ulardan soʻng shaxs-son qo'shimchalarini qo'shish bilan hosil
qilinadi. -di qo'shimchasi bilan yasalgan o'tgan zamon shakli so'zlovchining
bevosita oʻzi ko'rgan harakat va holatni bildiradi. -di qo'shimchasidan soʻng shaxs-
son qo'shimchasining -m, -k, -ng -ngiz shakllari qo'llaniladi. -(i)b qo'shimchasi
bilan yasalgan o'tgan zamon shakli ilgari roʻy bergan harakat va holatning
sozlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi va bu qo'shimchadan soʻng shaxs-
son qo'shimchasining -man, -miz, -san, -siz, -di(lar) shakllari qo'shiladi:boribman,
boribsan, boribsiz.... Bu shakllar garchi "o'tgan zamon" umumiy ma'nosi asosida
birlashsa ham, lekin ularning har qaysisi bir-biri bilan ma'lum ma'nosiga ko'ra farq
qiladi; -gan shakli -di ga nisbatan harakatning nutq soʻzlagan vaqtdan ancha oldin
roʻy berganini bildiradi. -ibdi, -ibman, -ibsan shakllari esa so'zlovchi nutq
momentidan oldin roʻy bergan harakakni boshqa shaxsdan eshitganligiini yoki
oldindan kutilgan harakatning amalga oshganligini bildiradi.
HOZIRGI ZAMON SHAKLLARI.
Fe'ldan anglashilgan harakat-holatning nutq so'zlanayotgan vaqtda roʻy
berishi yoki bermasligini bildirgan shakllarga hozirgi zamon shakllari, shunday
shakllar tizimiga esa hozirgi zamon kategoriyasi deyiladi. Hozirgi zamon ma'nosi -
yapti, -yotir, -moqda singari qo'shimchalar qo'shish orqali ifodalanadi.
Masalan :yozyapti, yozmoqda, yozayotir. Bulardan -yapti, -moqda, fe'l asoslariga, -
yotir esa fe'lning ravishdosh shakliga qo'shiladi. Hozirgi zamon shakllari ma'lum
uslubga xoslangani bilan o'zaro farqlanadi, -yapti uslubiy betaraf (neytral) shakl
bo'lsa, -moqda, -yotir yozma nutq uslubiga xosdir. -yap shakli undosh bilan
tugagan fe'l asoslariga qo'shilib, -ayap holida talaffuz qilinsa ham, -yap yoziladi
KELASI ZAMON SHAKLLARI.
Fe'ldan anglashilgan harakat-holatning nutq so'zlanayotgan vaqtdan soʻng
roʻy berish-bermasligini bildirgan zamon shakllariga kelasi zamon shakllari,
shunday shakllar tizimiga esa kelasi zamon kategoriyasi deyiladi. Kelasi zamon
ma'nosi fe'llning -a ravishdosh shakliga -di, -jak, fe'l asoslariga -a, -y, -ar, -urush, -
gusi qo'shimchalari qo'shish orqali hosil boʻladi. Masalan; o'tiraman ,
yashayman,kelajak, kelar, kelur, kelgusi, keladi kabi. Bulardan -adi, -ar uslubiy
betaraf shakllar bo'lsa, -jak, -gay, -urush, -gusi shakllari badiiy va publitsistik
uslubga xosdir. Uslubiy betaraflik belgisiga koʻra -adi va -ar shakllari bir guruhni
tashkil qilsa ham, ular ifodalanayotgan harakatga gumon-taxmin ma'nosini
bildirish-bildirmasligiga ko'ra bir-biridan farq qiladi. Birinchisi bunday ma'noga
betaraf bo'lsa, ikkinchi shakl gumon-taxmin ma'nosiga ega. Solishtirsak ;keladi—
kelar.
Dostları ilə paylaş: |