Mavzu: Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə1/22
tarix26.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#197866
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Mavzu Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning


Mavzu: Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh
shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi.

Mavzu rejasi:

  1. Fe’lning zamon kategoriyasi.

  2. Fe’lning mayl kategoriyasi.

  3. Fe’lning shaxs kategoriyasi.

  4. Fe’lning vazifadosh shakllari.

  5. Fe’lning modal shakllari.

  6. Felning tuzilish jihatdan turlari.

  7. Fe’lning yasalishi.

Adabiyotlar:

  1. Hamrayev M., Muhamedova D., Shodmonqulova D., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh. Ona tili (darslik). - Toshkent: MOLIYA- IQTISOD, 2007-yil.

  2. M.Hamrayev. Ona tili. - Toshkent: “Ilm-ziyo-zakovat”, 2019. 141-150.

  3. M.Hamrayev. Ona tilidan lisoniy tahlil qoliplari. - T.: TDPU, 2019.

Axborot manbalari:

  1. www. tdpu. uz

  2. www. pedagog. uz

  3. www. ziyonet. uz

Shaxs va predmetning ish-harakati va holatini ifodalaydigan mustaqil so'zlar fe’l deyiladi. Masalan: Men olimlarga, ilohiyotchilarga, tarixshunoslarga hurmat- ehtirom ko'rscUdim va e’zozladim. (A.Temur). Mehnat insonda ijodiy kuch uyg'otadi (Tafakkur jurnali).
Grammatikada harakat va holat tushunchasi juda keng. Fe’l holat, belgining yuzaga kelishi, o'zgarishi kabi jarayonlarni ham harakat tarzida anglatadi: o'rikgulladi, yaproqlar sarg'aydi, bola uxlayapti kabi.
Fe’llarning barchasi bir umumiy nima kilmoq? degan so'roqqa javob bo‘ladi.
Fe’l o'ziga xos morfologik belgilarga ega, ya’ni:

  1. ish-harakatning predmetga (to'ldiruvchiga) munosabati fe’ldagi o'timli va o'timsizlik ma’nosini hosil qiladi: o'qimoq, yozmoq - o'timli fe’l; o'tirmoq, chiniqmoq - o'timsiz fe’l;

  2. ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiq yoki inkorni anglashilishiga ko'ra fe’llar bo'lishli va bo'lishsizlik ma’nosini bildiradi: ayt - bo'lishli, aytma - bo'lishsiz; bilgan - bo'lishli, bilganiyo'q - bo'lishsiz fe’l;

  3. ish-harakat bilan uning bajaruvchisi, obyekt va subyektlar orasidagi munosabat nisbat ma’nosini hosil qiladi: kiydi - aniq nisbat, kiyindi - o'zlik nisbat, kiyildi - majhullik nisbat, kiydirdi - orttirma nisbat;

  4. ish-harakatning voqelikka munosabati mayl ma’nosida aks etadi: bordi, bormoqda, bormoqchi - aniqlik mayli; boray, borgin, borsin - buyruq-istak mayli; borsa - shart mayli;

  5. ish-harakatning nutq so'zlanib turgan payt bilan munosabati fe’ldagi zamon ma’nosini hosil qiladi: o'rgandim - o'tgan zamon, o'rganayapman - hozirgi zamon, o 'rganmoqchiman - kelasi zamon;

  6. ish-harakatning biror grammatik shaxs (birlik yoki ko'plikda) tomonidan bajarilishi yoki bajarilmasligi fe’ldagi shaxs-son ma’nosida aks etadi. Fe’l shaxs- son qo'shimchalari bilan tuslanadi: qiziqdim, qiziqding, qiziqdi; qiziqdik, qiziqdingiz, qiziqdilar.

Demak, fe’l o'timli-o'timsizlik, bo'lishli-bo'lishsizlik, nisbat, mayl, zamon, shaxs-son ma’nolarini ifodalash kabi o'ziga xos morfologik belgilarga ega.
Shu bilan birga fe’lning sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi kabi o'ziga xos vazifadagi shakllari ham mavjud ( ishongan odam - sifatdosh; ishonib, ishongach - ravishdosh; ishonish, ishonmoq kerak - harakat nomi). Fe’lning bu vazifadagi shakllari gapda ma’lum bir gap bo'lagi vazifasini bajarishga moslashgan bo'ladi.
Fe’l o'ziga xos maxsus so'z yasalish tizimiga ham ega: bahola, ulg'ay, tinchi, suvsira - affiksatsiya usul bilan yasalgan fe’llar; xursand bo'lmoq, javob bermoq, sotib olmoq - kompozitsiya usuli bilan yasalgan yasama fe’llar.
Fe’llarda modal shakl yasalishi ham mavjud, u o'z ichida turli xil qo'shimcha ma’nolarni aks ettiradi: kulimsira - kuchsizlik, turtkila - davomiylik, yozib bo 'ldi - tugallanganlik kabi.
Fe’l o'ziga xos sintaktik vazifalarga ham ega:

  1. sof fe’l gapda, asosan, kesim vazifasini bajarib keladi. Masalan: Insonni mehnat, odobni yaxshi fazilat bezaydi (Hikmatlar xazinasi);

  2. fe’lning vazifadosh shakllari sifatdosh, sifatlovchi-aniqlovchi, ravishdosh, hol, harakat nomi, ega, qaratuvchi-aniqlovchi, to'ldiruvchi kabi gap bo'laklari vazifasini ham bajarib keladi. Masalan: O'zingga yoqqan narsani boshqalarga ham ravo ko'r (Hadis namunalari). Dunyoda engyomoni faqat o'zini bilib o'zgani unutib yashashdir (I.Karimov). Ilm-fanga intilish insonning eng oliy ma’naviy harkatlaridandir (Pedagogika tarixi).


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin