Mavzu Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning
Bo'lishli va bo'lishsiz fe’llar. Ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiq yoki inkor tushunchasi fe’ldagi bo'lishli va bo'lishsizlik ma’nosini anglatadi. Ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiqni anglatuvchi fe’llar bo'lishli fe’l deyiladi. Fe’ldagi bo'lishlilik ma’nosini ifodalovchi maxsus grammatik ko'rsatkich yo'q: o'qi, eslat, qolgan, borsa, aytib bergan, o'qib chiqdi, hurmat qil kabi. Masalan: Ona so'zining o'zi har yurakka jarangli sado beradi (Hikmatlar guldastasi). O'z burchini bajarishdan mamnun odamligina erkin yashaydi (Tafakkur gulshani). Ish-harakatning bajarilishi haqidagi inkorni anglatuvchi fe’llar bo'lishsiz fe’l deyiladi. Bo'lishli fe’l bo'lishsiz fe’lni hosil qilish uchun asos bo'ladi. Fe’lning bo'lishsiz shakli quyidagicha yasaladi: Fe’l negiziga -ma (bu affiks urg'u olmaydi), -may, -mas, -masdan, - maslik affikslarini qo'shish: ko'rmadi, kelmagach, bajarmadi, yoqmas, avaylamasdan, o 'smaslik kabi.
Ko'rinadiki - maelementi -may, -mas, -masdan, maslik affikslarining tarkibida uchraydi. Bu affikslar sof fe’lga va fe’l shakllariga (sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi) qo'shilib inkor ma’nosini ifodalashda asosiy morfologik ko'rsatkich sanaladi. Masalan: G'ulomjon darpardasi yonidan qalin qorni g'irchillatib o'tgan dupurni ham eshitmadi. (M.Ismoiliy). Tog' arqon bilan eshilmaydi (M.Qoshg'ai'iy). Mehnat qilmagan rohat ko'rmas (O'zbek xalq maqoli). Uydagilarga aytmasdan do'sti bilan Qudratnikiga ketibdi. Kasal tabib kasalni davolay olmas (Abu Ali ibn Sino). Bu voqeani ko'rmaslik uchun bolalar ko'zlarini chirt yumdilar. -ma, -may affikslari qo'shma fe’llarga quyidagicha qo'shiladi: asosiy qismga yetakchi fe’lga qo'shiladi: eshitmay qoldi, uxlamay chiqdi, ko 'rmay qoldi kabi;
ko'makchi fe’lga qo'shiladi: sotib olmadi, javob bermadi, o'qib chiqmadi kabi;
d) qo'shma fe’lning har ikala qismiga qo'shiladi: aytmay qo'ymaydi, bormay qolmaydi. Bunday holda bo'lishsiz shakl orqali bo'lishlilik ma’nosi anglashiladi, ya’ni aytadi, boradi kabi. Masalan: Buvijonimning aytishicha, astoydil yaxshi niyat qilgan odam murodi maqsadiga etmasdan qolmas ekan (X.To'xtaboev). Eslatma: ravishdoshning -gani (-kani, -qani) affikslari bilan yasalgan shakliga bo'lishsizlik ifodalovchi affikslar qo'shilmaydi. Fe’lning ayrim sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi shakllaridan so'ng emas, yo'q so'zlarini kiritish bilan bo'lishsiz fe’l hosil qilinadi: hayratlangan emas, boradigan emas, egib emas, tinchigani yo'q, ishonish emas kabi. Masalan: Lekin ularning nima o'qiganini ko'rgan ham, qanday o'qiganini eshitgan ham emas (P.Tursun).