hamda rivojlantirish yo‘lidan ketdi. K.Yung, A.Adler, E.Fromm singari
tahlilchi-faylasuflar inson qalbini o ‘rganishda katta muvaffaqiyatlarga
erishdilar. Imkon nuqtayi nazaridan faqat ulardan biri — Frommning
axloqiy qarashlariga to'xtalamiz.
Erix Fromm (1900-1980) asosiy diqqatini inson qalbining axloqiy
talablarga m unosabatini ochishga, totalitarchilik, insonparvarlik,
tirik se v a rlik (b io fillik ) va o ‘lik sev arlik (n ek ro fillik ) h aq id ag i
mulohazalarga qaratadi. Uning «Sevish san’ati» (1956), «Inson qalbi.
Uning ezgulik va yovuzlik qobiliyati» (1964), «Inson o‘zi uchun» (1967)
kabi asarlarida axloqiy muammolarga keng o ‘rin berilgan.
Erix Fromm inson hayotini «san’at», axloqni «yashash san ati»,
axloqshunoslikni esa inson haqidagi nazariy fan deb ataydi. Biroq inson
ana shu «yashash san’ati»ga ko‘p hollarda amal qilmaydi, ya’ni o ‘ziga,
o'zining mavjudligiga e’tibor bermaydi. Mutafakkir shu bois alam va
achinish aralash shunday deb yozadi: «Inson uchun o ‘zining xususiy
hayoti va yashash san’atidan boshqa ham m a narsa muhim. U o'zidan
boshqa ham m a narsa uchun yashaydi. Holbuki, axloq yashash san ati
borasida komillikka erishish uchun zarur b o igan m e’yorlar majmuyidan
iborat ekan, axloqiy tam oyillar hayot tabiatiga, xususan, insoniy
mavjudlik tabiatiga mos kelmog‘i lozim. H ar qanday hayot tabiatining
umumiy tamoyili o ‘z xususiy mavjudligini asrash va barqaror etishdan
iboratdir»1.
Shunday qilib, axloq insonning go‘zal yashashini, eng aw alo, o‘zi
uchun yashashini t a ’m inlashi kerak. Fazilat — insonning noyob
individualligi. 0 ‘z individualligini namoyon eta olgan odamgina fazilatli
hisoblanmog‘i lozim, zero, insonning hayoti hamma narsadan ustun
va qim m atlidir. From m
o ‘z
axloqiy qarashlarini ana shu nuqtayi
nazardan turib o ‘rtaga tashlaydi va himoya qiladi.
Frommning fikriga ko‘ra, yovuzlik faqat insoniy hodisa. U insoniylik
holatidan ortga qaytish, insonga xos aql, muhabbat, erk xususiyatlarini
yo‘q qilishga bo'lgan intilish. Ayni paytda, u fojeiy holatdir. Chunki
inson, hayvoniy darajaga qaysa-da, u biror-bir soniya odam ekanini
unutmaydi, dem ak, yovuzlik masalani hal qilishning y o ii sifatida uni
hech qachon qoniqtirmaydi. Insonning yovuzlik holati — o ‘zini ezib
turgan insoniy turm ushi og'irligidan ozod bo‘lishga fojiaviy urinishi
Dostları ilə paylaş: