Abdulla sher axloqshunoslik


Keyingi davrlar o‘zbek axloqshunosligi



Yüklə 140,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/209
tarix07.01.2024
ölçüsü140,19 Kb.
#210789
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   209
4. Keyingi davrlar o‘zbek axloqshunosligi
XX 
asrning 30-yillarida Sho‘rolar Ittifoqida dahshatli qatag‘onlar 
boshlandi. Millionlab odamlar qamaldi, surgun qilindi va otib tashlandi. 
Ayniqsa, ziyolilar boshiga og‘ir kulfatlar yog‘ildi. Jadidchilik «ildizi 
bilan q o ‘porib tash lan d i» , u la r asosoan jism an y o ‘q q ilindilar. 
0 ‘zbekistonda yangi mustamlakachilik siyosati to ‘la yo‘lga qo‘yildi.
1 Qarang: Sh. Yusupov. Xudoyorxon va Furqat. Т., «Sharq», 1995, 86-b.
2 0 ‘sha manba, 88-b.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Butun Ittifoq bo‘ylab axloqsizlikning eng tuban ko‘rinishlari axloqiylik 
deb e ’lon qilindi va shaxs erkinligi, insonning yashashga b o ‘lgan huquqi 
totalitar tarzd a poymol etildi. Bunday sharoitda axloqiy ravnaq, 
axloqshunoslikning taraqqiyoti to ‘g ‘risida gap ham boMishi mumkin 
emas edi.
Darhaqiqat, Sho‘rolar davrida axloqshunoslik fan sifatida um um ta’lim 
maktablarida ham , o ‘rta maxsus o ‘quv yurtlarida ham , oliy ta ’lim 
tizimida ham o ‘qitilmas edi. Faqat 70-yillarga kelib, u oliy o ‘quq 
yurtlarida fakultativ tarzda, 70-yillarning ikkinchi yarmidan q at’iy o‘quv 
reja aso sid a «E tika» n o m i b ila n o ‘q itila b o s h la n d i. B unday, 
«sustkashlik»ning sababi shunda ediki, axloq umum bashariy va milliy 
qadriyatlar tizimi sifatida kommunistik partiyaviylik, sinfiylik va proletar 
d ik ta tu rasin in g b ir y o q lam alik d an ib o rat, to r, ak sild em o k ratik
quyushqoniga sig‘masdi. Natijada axloq ilmida faqat ruxsat berilgan 
muammolar, markschilik ta ’limotiga mos keladigan o'tm ish faylasuflari 
m e ro s in i ta d q iq e tis h kab i h o lla r a x lo q s h u n o s lik fa n in in g
soxtalashtirilishiga olib keldi, unda tafakkur erkinligi, mantiqiylik, 
tarixiylik va olim ona xolislik tamoyillari buzildi. Bu esa ilmiy kadrlar 
tanqisligini vujudga keltirdi, bu tanqislik, afsuski, hozir ham bartaraf 
etilgani yo‘q. Zero, yetmish yildan ortiq davom etgan tazyiq ostida 
vujudga kelgan bo‘shliqni besh-o‘n yil ichida to ‘ldirish m um kin emas.
Faqat Rossiyada axloqshunoslik boshqa qaram respublikalarga 
nisbatan biroz rivojlandi. Bu borada O. Drobnitskiy («Проблемы 
морали», «Проблемы нравственности»), I.Frolov («О человека и 
гуманизме»), A .G useynov (Золотой правило нравственности», 
«Краткая история этики»), A.Ivanov («История этики древнего 
мира», «История этики средневоковья») singari rus olimlarining 
tadqiqotlarini ko‘rsatib o ‘tish mumkin. 0 ‘zbekistonda esa axloqshunoslar 
barmoq bilan sanarli edi. Boz ustiga, ular uchun axloqshunoslikning 
dolzarb muammolari va nazariy masalalarini ko‘tarib chiqish mumkin 
emasdi, bu — markaz olimlarinin ishi edi. Bizda asosan kiyinish odobiga 
doir, o ‘zni tutishga oid maqola va kitobchalar nashr etilardi. Ularda 
o'zbek yoshlarining kiyinishi, qizlarning sochlarini kesish-kesmasligi 
kabi «milliy axloqiy» muammolar ko‘tarilardi. Milliy mintaqaviy axloqiy 
tafakkur tarixiga doir asarlar esa, yuqorida aytilganidek, bir yoqlamalik 
tabiatiga ega edi. Shunday qilib, markazdagi rus olimlari ham , o ‘zbek 
axloqshunoslari ham zamon tazyiqi ostida o ‘z iste’dodlarini to ‘laligicha 
namoyon etolmadilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


0 ‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng ilmda, shu jum ladan 
axloqshunoslikda ham tafakkur erkinligi uchun yo‘l ochildi. Birinchi 
navbatda totalitar tuzum taqibiga uchragan milliy-mintaqaviy m a’naviy 
merosimizni nashr etish, ziyolilarni va xalqni ulardan xabardor qilish 
imkoni tug‘ildi. Qisqa muddat ichida muqaddas kitoblarimiz va buyuk 
faylasuf-axloqshunoslaming asrlar mobaynida mintaqada mashhur bo‘lib 
kelgan asarlari chop etildi. Q ur’oni karim, tafsirlar, imom Buxoriyning 
t o ‘rt jild lik «Jom e as-sah ih » , im om T erm iziy n in g «S ham oyili 
Muhammadiya» hadislar to ‘plamlari, Abu Lays Samarqandiy, imom 
G'azzoliy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband, 
Aziziddin Nasafiy, Husain Voiz Koshifiy kabi o ‘nlab allomalarining 
axloqqa doir kitoblari xalqimizga yetkazildi. Navoiyning «Mahbub ul- 
qulub», «Nasoyim ul-muhabbat» asarlari ilk marta qisqartirilmasdan, 
buzilmagan holda nashr qilindi. llmiy til bilan aytadigan b o ‘lsak, 
axloqshunosiik tarixiga doir xolis tadqiqotlar olib borilishi uchun 
materiallar-manbalar xazinasi paydo bo'ldi. H.Shayxova, Y.Jumaboyev,
H.Aliqulov singari axloqshunoslarning axloq nazariyasi va axloqiy 
tafakkur tarixiga doir yangicha, xolisona ilmiy yondashuv asosida 
yaratilgan asarlari ilmiy jam oatchilik va keng kitobxonlar ommasiga 
yetib bordi. Axloqshunosiik fanidan o ‘zbek tilida ilk o ‘quv adabiyotlari 
paydo b o id i.
Biroq, afsuski, hali ham bu fanga e ’tibor zamonaviy talab darajasida 
em as. C h u n o n c h i, u m u m ta ’lim m ak tab larining quyi sin flarida 
axloqshunosiik bilan pedagogikaning omuxtasi bo‘lmish odobnoma 
darslari o ‘tiladi, lekin yuqori sinflarda ham, 0 ‘rta maxsus ta’lim tizimida 
ham axloqshunosiik neg ad ir o ‘qitilm aydi. V aholanki, «axloq — 
m a ’naviyatning o ‘zagi» (I.A .K arim ov) ekani ham m aga m a’lum. 
M a ’n a v iy a tn i b u n d ay « o ‘zaksiz» o 'q itis h t a ’lim tiz im im iz d a
axloqshunoslikka hali ham eskicha, sho‘rolar davridan meros bo‘lib 
kelayotgan panja orasidan qarash hollari mavjudligini ko‘rsatib turadi. 
0 ‘ylaymizki, bu muvaqqat hodisa, o ‘tish davri bilan o ‘tib ketadigan 
holat. Eng m uhim i, hozirgi paytda 0 ‘zbekistonda axloqshunosiik 
taraqqiyoti uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan. Endi gap o ‘sha 
sharoitlardan foydalanib, keng qamrovli nazariy izlanishlar, ilmiy 
tadqiqotlar olib borishda, o ‘zbek axloqshunosligini tadrijiy tarzda 
rivojlantirish ham da uni jahon miqyosiga olib chiqishda qoldi, xolos. 
Axloqshunoslarimizning yangi avlodi bu ishni sharaf bilan uddalaydilar 
degan ishonchdamiz.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 140,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin