Abdulla sher axloqshunoslik



Yüklə 140,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/209
tarix07.01.2024
ölçüsü140,19 Kb.
#210789
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   209
Shafqat. 
Shafqat istilohi hozirgacha axloqshunoslikka doir asosiy 
o ‘quv adabiyotlarda va ilmiy tadqiqotlarda asosiy mezoniy tushuncha 
sifatida taqdim etilmaydi. Vaholanki, shafqatning ildizi inson shaxsiga 
bo‘lgan muhabbatga borib taqaladi, u ham m uhabbat kabi qamrovli 
hissiyot. Agar muhabbat mehrga asoslansa, shafqat m uruw at bilan 
bog‘liq. Lekin, u ayni paytda m u ruw atdan jiddiy farq qiladi. M uruw at 
bir insonning ko‘p hollarda o ‘ziga aloqasi yo‘q boshqa bir insonga 
achinish hissi orqali yordamga q o ‘l cho'zishi b o ‘lsa, shafqat kishining 
o ‘ziga aloqador odamga, aybdor, gunohkor, ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy 
ja zo lan ish g a loyiq kim saga k e c h irim lilik o rq ali in so n p arv arlik
ko‘rsatishdir.
Shafqat hissi shafqatga muhtoj kishi o ‘rniga xayolan o ‘zini qo‘yib 
fikr yuritish orqali vujudga keladigan, o ‘zga bir inson iztiroblarini 
yengillatishga qaratilgan axloqiy hodisa. Masalan: ro ‘zg‘orini zo‘rg‘a 
tebrayotgan qo‘shningizning kasbiy xizmat yuzasidan ham , biror-bir 
jamiyatga a ’zoligi jihatidan ham , biznesdagi ham korlik masalasida ham
sizga aloqasi yo‘q, shuningdek, u sizga do‘st yoki dushm an sifatida 
ham aloqador emas. Siz unga ehson qilib, og‘ir sharoitdan chiqib olishiga 
iqtisodiy yordam berdingiz, bu — m uruw at. Boshqa bir holatda, deylik 
jang m aydonida sizga butunlay begona, buning ustiga safdoshingizga 
oMdirgan dushman askarini m ag‘lub qildingiz. Endi oldingizda ikki 
yo‘l bor: xohlasangiz, uni o ‘ldirishingiz, o ‘ch olib g ‘azabingizni 
bosishingiz, xohlasangiz, g‘azabingizni bosib, u dushm an, lekin, men 
kabi odam , uni ham menga o ‘xshab bu maydonga jang qilish uchun 
yuborganlar, uni o ‘ldirganim bilan biror ulkan o ‘zgarish ro ‘y bermaydi, 
deb asir olsangiz, hayotini saqlab qolsangiz, bu — shafqat. G 'azab
www.ziyouz.com kutubxonasi


insondagi hayvoniy xislat bo‘lsa, shafqat insoniylik belgilaridan biridir.
Demak, muruwat agar sizning oldingizda burchli bo‘lmagan kimsaga 
ko‘rsatgan yordamingiz bo‘lsa, shafqat esa oldingizda javobgar, jazoga 
loyiq odam ni, uning insoniy huquqini va tabiatini hisobga olib,
kechirishdir. 
. .
Jahon axloqshunosligida, jumladan bizda ham, yuqorida aytganimiz- 
dek, shafqat asosiy tushunchalar sirasiga kiritilmagan. Vaholanki, adolat, 
insonparvarlik aynan ana shu hissiyot bilan bog liq. Buni birinchi bo lib 
olmon faylasufi Artur Shopenhauer anglab yetdi. U shafqat hissini 
axloqning asosi, shafqat tushunchasini axloqshunoslikning asosiy 
tushunchasi deb ataydi. Uning nazdida shafqat universal tabiatga ega
u, insonning nafaqat insonga, balki hayvonga bo lgan munosabatida 
ham nam oyon bo'ladi, zero, hayvonga beshafqatlilik qilgan odam
insonga shafqatli boMmaydi1.
Shafqat tushunchasining ahamiyati — inson hayotini oliy qadriyat 
deb e’tirof qilish, uning yashashga bo‘lgan huquqini himoyaga olish 
hozirgi sharoitda yana ham dolzarblik kasb etmoqda. Bu bir tom ondan, 
ikkinchi tom ondan, diniy aqidaparastlik, ekstremistik g oyalar va 
mafkuraviy kurashlar beshafqatlikka asoslanganligini hisobga olsak, 
shafqat tushunchasining ahamiyati yanada ortib borayotganligi uchun 
ham bugungi kunda jah on axloqshunosligi shafqat tushunchasini 
Shopenhauer aytganidek, axloqning asosi sifatida tahlil, talqin va targ ib 
qilmog‘i lozim. Uning XXI asr jamiyati uchun eng m uhim axloqiy 
hodisa ekanligini e’tirof etish zamon talabidir.

Yüklə 140,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin