Abdulla sher axloqshunoslik


Ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, adolat, shafqat



Yüklə 140,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/209
tarix07.01.2024
ölçüsü140,19 Kb.
#210789
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   209
3. Ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, adolat, shafqat
Asosiy tushunchalar orasidagi yana b ir juftlik — ezgulik va yovuzlik; 
ezgulik axloqshunoslikdagi eng m u h im kategoriyalardan. U inson
www.ziyouz.com kutubxonasi


faoliyatining asl m ohiyatini anglatadi — Tangri irodasining inson 
qalbidagi tajassumi sifatida namoyon boiadi. «Ezgu o ‘y, ezgu so‘z, 
ezgu a ’mol» uchligi «Avesto» dan tortib, barcha muqaddas kitoblarda 
yetakchi o ‘rinni egallashi ham shundan.
Ezgulik - insonga eng kuchli m a’naviy lazzat bag'ishlaydigan, uni 
ijtimoiy shaxsga aylantirib, haqiqiy baxtga olib boruvchi fazilat; shaxsni 
komillikka, jam iyatni esa yuksak taraqqiyotga yetkazuvchi yuksak 
qadriyat. U insonning axloqiy faoliyati tufayli muayyanlashadi, yuzaga 
chiqadi. Uni sinfiylik yoxud partiyaviylik qobig'iga o ‘rash mumkin emas. 
C hunonchi, «sinfiy dushmanni», ya’ni biror-bir shaxsni yoki guruhni 
faqat boshqa sinfga mansub bo‘lgani uchun jisman yo‘qotish, qanchalik 
bo‘yab-bejalmasin, ezgulik bo‘lolmaydi. U tom m a’nodagi yovuzlikdir. 
T otalitar tuzum lar mafkurasida ezgulikni bunday talqin etishning 
noilmiyligi, soxtaligi hozirgi kunda hammaga ayon.
Ezgulik va uning ziddi yovuzlik odatiy, kundalik hayot mezonlari 
bilan o ‘lchanmaydi, ular ham muhabbat singari qamrovli va ijtimoiylik 
xususiyatiga ega. Ezgulikning axloqiy ideal bilan bogMiqligi shundan. 
Shu tufayli u amaliyotda qahramonlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, 
jasurlik singari tamoyillarni o ‘z ichiga oladi.
Shuni ham aytish kerakki, muhabbat va nafrat juftlik tushunchasida 
nafrat muhabbatni inkor etmay, aksincha, uning barqarorligidan dalolat 
bersa, ezgulik va yovuzlik juftligida har ikki tushuncha bir-birini 
tam om ila inkor etadi. Nafaqat inkor etadi, balki ular orasida hayot- 
mam ot kurashi ketadi va bu kurash abadiy kurash sifatida, olamni 
harakatga keltiruvchi kuch tarzida namoyon bo‘ladi. Lekin, ayni paytda 
ular orasida muayyan tarzdagi dialektik aloqadorlik b o r ular hech qachon 
bir-biridan mutlaq alohida holda voqe bo‘lolmaydi.
Ezgulik va yovuzlikning yana bir o ‘ziga xos tomoni shundaki, bu 
juftlik tushuncha inson faoliyatini baholash xususiyatiga ega. U ni odam 
bolasining ulug‘ligi va tubanligini o ‘lchaydigan muqaddas tarozuga 
o ‘xshatish m um kin. Insonning kom illigi, jam iyatning takom ilga 
erishgan-erishmagani shu mezon bilan o ‘lchanadi. C hunonchi, Lenin, 
Stalin, H itler, Pol Potlarni yovuz insonlar, sobiq sho‘rolar ittifoqini 
esa jam iyat sifatida «Yovuzlik saltanati» deb baholanishi buning yorqin 
misolidir.

Yüklə 140,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin