Abdulla sher axloqshunoslik


Mehnatsevarlik va tinchlikparvarlik



Yüklə 140,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/209
tarix07.01.2024
ölçüsü140,19 Kb.
#210789
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   209
4. Mehnatsevarlik va tinchlikparvarlik
M e h n a ts e v a r lik . In s o n b a r c h a m a v ju d o tla r ic h id a x a t ti-
harakatlarining, faoliyatlarining ko‘pligi va xilma-xilligi bilan ajralib 
turadi. Mehnat ana shu xatti-harakatlaming aniq maqsadga yo‘naltirilgan 
qismidir. To‘g ‘ri, mehnatga o ‘xshash xatti-harakatlam i qaldirg‘ochning 
in qurishida ham, polaponiga baliq tutib keltirayotgan chorloqda ham , 
yer kavlayotgan yumronqoziqda ham ko‘rishimiz mumkin. Lekin bu 
xatti-harakatlar savqi’ tabiiy — tabiiyyatga (instinktga) asoslangan. Inson 
mehnati esa, aql vositasida amalga oshadi, u o ‘zi, yaqinlari, o ‘z jam iyati 
va kelajak avlodning yaxshi yashashi uchun m ehnat qiladi. Shu sababli 
mehnatni sevgan odam ijtimoiy-iqtisodiy sharoit risoladagidek yo‘lga 
q o ‘yilgan jam iyatda o ‘z ehtiyojlarini qondirib, farovon yashashga 
muyassar b o ‘la oladi, ishyoqmas odam esa aksincha, h a r qanday 
sharoitda ham hech qachon biri ikki bo'lm aydi. Bundan tashqari, 
mehnatsevar inson jamiyat a ’zolari tom onidan e ’zozlangani barobarida, 
dangasa odam ijobiy shaxs sifatida qabul qilinmaydi.
M ehnatsevarlik tamoyili m ehnat jarayonida shaxsning o ‘z - o ‘zini 
nam oyish etishiga, o'zligini ro ‘yobga chiqarishiga, o ‘zgalar bilan 
m unosabatlar o ‘rnatishiga im kon yaratuvchi axloqiy fazilatdir. U 
insondan halollikni, intizom ni, ishtiyoq va intilishni talab etad i, 
mehnatga nisbatan subyektiv tarzdagi ijobiy munosabatni taqozo qiladi.
M a’lumki, m ehnatdan maqsad — ehtiyojni qondirish. Lekin bu 
ehtiyojni qondirishning qay tarzda, qanday m a’naviy-ruhiy sharoitda 
amalga oshuvi muhim. Faqat to r manfaatparastlik nuqtayi nazaridan 
m ehnat qilish, tinimsiz tirishib-tirmashish, mehnatga pul topish vositasi 
sifatidagina munosabatda bo‘lish, tabiiyki, kishiga m a’naviy qoniqish, 
h u z u r b a x sh e tm a y d i: b u n d a y « tin ib - tin c h im a s » o d a m d a
xushom adgo'ylik, torlik, asabiylik, nolish singari h o la tla r k o ‘zga 
tashlanadi. 0 ‘z kasbini yoki m ehnat sohasini sevib m ehnat qilgan odam
m ajburiylik em as, ixtiyoriylik asosida ish k o 'ra d i, m e h n a tin in g
www.ziyouz.com kutubxonasi


natijasigina emas, balki m ehnat jarayonining o ‘zi ham unga quvonch, 
qoniqish bag‘ishlaydi. Zero, bunday hollarda mehnatsevarlik zamirida 
o ‘z manfaati bilan birgalikda Vatanga, xalqqa, yaqinlariga xizmat 
qilishdek olijanob maqsadlar yotadi; ana shunday maqsadlar insonni 
«chumolilik» doirasidan kenglikka va yuksaklikka olib chiqadi.
Mehnatsevarlikni tarbiyalab borishda, uni kuchaytirishda raqobat 
alohida ahamiyatga ega. Zero, raqobat faqat moddiy ustunlikni emas, 
balki m a’naviy ustunlikni ham taqozo etadi, ya’ni unda moddiylik va 
m a’naviylik teng ishtirok etadi. Biz o ‘tm ishda boshdan kechirgan 
«sotsialistik» deb atalgan tuzum shaxs m e h n atin i qadrlam aslik, 
mehnatsevar bilan dangasani tenglashtirish — ularga bir xil umumiy haq 
to ‘lash, «hech kimni kamsitmaslik» shiori ostida ish ko‘rish singari 
mohiyatan inson tabiatiga zid qoidalar va m e’yorlarga asoslangan edi. 
«Sotsialistik musobaqa»ning soxtaligi, insoniyat jamiyatiga singib keta 
olmaganligiga sabab ana shunda. Zero, shaxs mehnatini qadrlash — 
shax sning m e h n atsev arlig in i, u n ing o ‘zini qad rlash dem ak d ir. 
Mustaqilligimiz sharofati bilan mehnat yana erkin shaxsning o ‘ziga va 
atrofdagilarga individual munosabatiga aylandi, mohiyatan «besh qo 1 
barobarbo‘lsin» degan tenglashtirish siyosati barham topdi. Mehnatsevarlik 
esa yangi jamiyatimiz kishisining, jahoniy kenglikka chiqish huquqiga 
ega bo‘lgan shaxsning sevimli va huzurbaxsh tamoyiliga aylandi.

Yüklə 140,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin