Abdulla sher axloqshunoslik


Noratsional axloqiy ta’limotlar



Yüklə 140,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/209
tarix07.01.2024
ölçüsü140,19 Kb.
#210789
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   209
3. Noratsional axloqiy ta’limotlar
Olmon mumtoz axloqshunosligi bilan yonma-yon va undan keyin 
vujudga kelgan oqimlarni, ta ’bir joiz b o ‘lsa, ikki yirik guruhga bo lish 
m um kin. U larn ing biri — id ealistch a-n o ratsio n al, ikkinchisi 
moddiyatchi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Lekin har ikkala guruhdagi 
yo‘nalishlar ham , olm on m um toz falsafasi t a ’sirini in k o r etish- 
etmasliklaridan qat’i nazar, m a’lum m a’noda bevosita yoki bilvosita 
o ‘sha ta ’sir ostida o ‘zlarini nam oyon etdilar. Farq shundaki, birinchi 
guruh ularni ko‘pincha inkor etish y o iid an borsa, ikkinchisi tanqidiy 
tasdiq yo‘lidan bordi. Ularning axloqiy ta ’limotlari o ‘zlari mansub
bo‘lgan falsafiy oqimlar bilan chambarchas bog‘l i q . ........................
Ratsionallikdan chekingan m utafakkirlardan biri pozitivchilik 
yo‘nalishining asoschisi — fransuz faylasufi Ogyust Kont (1798—1857). 
Uning asosan «Pozitiv falsafa kursi» (1830—1842) asarida aks etgan 
axloqiy qarashlarida ijtimoiy omil birinchi o‘rinda turadi. Kontning 
nazdida inson shaxsiy manfaatlar yuzasidan emas, balki umummanfaati, 
ijtimoiylik nuqtayi nazaridan xatti-harakat qilishi kerak va axloqshunoslik 
qonunlarida odamlarning doimo birgalikda hayot kechirish sharti aks 
etishi lozim. Shundan kelib chiqib, Kont axloqning asosan uzoq ijtimoiy 
aloqani taqozo etadigan foyda emas, balki hissiyotga asoslangan va 
shaxsiy manfaatga bog‘liq boUmagan ijtimoiy hayotga intilish yoki 
ijtimoiy savqi tabiiyni (tabiiyyat, instinkt) tashkil qiladi, degan fikrlarni 
ilgari suradi. Shaxsiy tabiiyyat xususiy hayotda ko‘proq o ‘zmi namoyon 
etadi. Oilaga esa Kont jamiyatning asosi sifatida qaraydi. U ning fikriga 
ko‘ra, «oila goh axloqiy tarbiyamizning ichki manbai sifatida goh siyosiy 
uyushuvimizning tabiiy asosi tarzida namoyon bo'ladi. Birinchi holatda 
har bir zamonaviy oila kelajak jam iyatini tayyorlaydi, ikkinchi holatda 
esa, har bir yangi oila joriy jam iyat hayotini uzaytiradi»1. Shunday 
qilib, oila ijtimoiy jam oa (sotsium)ning o‘ziga xos javhari, ilk ijtimoiy 
makon Inson aynan shu yerda o ‘z tabiatidagi xudbinlikdan forig1 bo la

Yüklə 140,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin