Abdulla sher axloqshunoslik


Qarang: Шопенгауер А. И деи этики. / / И збранны е п рои зв еден и я . М



Yüklə 140,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/209
tarix07.01.2024
ölçüsü140,19 Kb.
#210789
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   209
1 Qarang: Шопенгауер А. И деи этики. / / И збранны е п рои зв еден и я . М .,
«П росвещ ение», 1992. С. 152—153.
www.ziyouz.com kutubxonasi


kiritish imkoni — shafqat orqali amalga oshadi. Shafqat o ‘zida, o ‘z 
«M en»im izning azaliy, ibtidoiy teranligida, barcha boshqa iztirob 
chekayotgan mavjudotlarga nisbatan ko‘ngli ochiqlikda, ularga b o igan 
m ehr-muhabbatda namoyon boiadi; shafqat qandaydir umumbashariylik 
va um um jahoniylikning ideal miqyosi; u bizdan izn so‘ramay o ‘z 
aham iyatini ko‘rsatadi va biz aybsiz aybdor b o iib qolamiz — bor 
mavjudotning iztiroblariga aybdor hamda aloqador jonzotga aylanamiz. 
Bu holatni Shopenhauer yig‘i hodisasi bilan dalillaydi: biz iztirobni his 
etayotganligim iz uch u n em as, balki o ‘zimizga yoki boshqalarga 
achinganim iz uchun yigiaym iz; hatto bola og‘riqni shunchaki his 
qilganidan emas, ko‘pincha unga achinganimizdan, rahmimiz kelganidan 
y ig iab yuboradi. Biz y igiayotgan paytda o ‘zimizni darhol iztirob 
chekayotgan odam o ‘rniga qo‘yib ko‘ramiz yoki uning taqdirida butun 
insoniyat chekiga tushgan qismatni, aw alo, o ‘zimizning qismatimizni 
a n g la y m iz . A na sh u h o d is a b a rc h a m a v ju d o tla r b ila n b o rliq
barqarorligining ichki birdamligini namoyon etadi. Demak, boshqa odam 
yoki boshqa jonzot azobiga ham dard boiish, achinish orqali inson 
barcha tirik zotlar bilan mohiyatan yaqinligini, qardoshligini anglaydi. 
Haqiqiy axloqiy xatti-harakat, bu boshqa uchun qilingan xatti-harakatdir. 
Bu — uning baxti yo qayg‘usi xatti-harakatimning bevosita sababi boiishi 
kerak, degani. Boshqacha qilib aytganda, men o‘zimda o ‘zimni u bilan 
aynanlashtiraman. Ana shuni Shopenhauer «shafqat hissi» deb ataydi. 
U yana bir o ‘rinda shafqatni inson tabiatidagi axloqiylikning so‘nggi 
asosi, deb ataydi.
Shunday qilib, Shopenhauer Yangi davrda qadimgi Sharq falsafasiga 
«qaytish»ni boshlab bergan, hayot falsafasi oqimining vujudga kelishiga 
ta ’sir ko‘rsatgan buyuk mutafakkirdir. Uning qarashlari hozirgi davr 
axloqshunosligi uchun ham o ‘ziga xos ahamiyatga ega.

Yüklə 140,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin