Abdulla sher axloqshunoslik


 ‘rta asrlarda katolik cherkovi o ‘z aqidalariga ishonm aganlam i kofir deb e ’lon



Yüklə 140,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/209
tarix07.01.2024
ölçüsü140,19 Kb.
#210789
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   209
1 0 ‘rta asrlarda katolik cherkovi o ‘z aqidalariga ishonm aganlam i kofir deb e ’lon
qilib, gulxanda yoqqanlar, qizitilgan qozonga tashlab o ‘ldirganlar.
2 Фрейд 3. Ввдение в психоанализ. Л екции. М ., «Наука», 1989. С. 412.
www.ziyouz.com kutubxonasi


5. Rus mumtoz axloqshunosligi
M um toz tafakkurning o ‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u 
muayyan tarixiy davrda m a’naviyat sohasida erishilgan yutuqlarni tizimli 
tarzda boyitib, ularni yangicha qarashlar va yo‘nalishlar vositasida 
navbatdagi yuqori bosqichga olib chiqadi. O lmonlardan so‘ng ana 
shunday mum toz tafakkur XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ruslarda 
voqe b o ‘Idi.
Bu davrda rus mutafakkirlari m a’naviyatning barcha sohalarida 
jahonda yetakchilik mavqeyini egalladilar. L.Tolstoy, F. Dostoyevskiy,
I. Turgenev, A.Ostrovskiy, N. Chernishevskiy, V.Belinskiy, VI. Solovyov
N. Losskiy, N .Berdyayev, S. Bulgakov, S. Frank, I.Ilyin, P. Florenskiy, 
V. Rozanov, A. Chexov, A.Axmatova, B. Pasternak, I. Bunin, S. 
Y esenin, M .G orkiy, V .N abokov, B.Visheslavtsev, G. S hpet, V. 
Vernadskiy, A.Losev singari buyuk nomlarning ba’zilari ana shu davrda 
butun kuch-quw atlari bilan o ‘z faoliyatlarini nihoyasiga yetkazgan 
bo ‘lsalar, boshqalari o ‘z faoliyatlarini chet ellarda davom ettirdilar. 
Ba’zilari ijodida badiiy tafakkur borasida realistik yo'nalish birinchi 
darajali o ‘rin egallagan bo‘lsa, boshqalari falsafiy-axloqiy va estetik 
tafakkurda diniy-idealistcha yo‘l tutdilar. Aynan ana shu diniy-idealistcha 
yo'nalish falsafiy-axloqiy tafakkurni mumtozlik darajasiga ko‘tarishda 
m uhim ahamiyat kasb etdi. Bunda ulug‘ rus mutafakkir-yozuvchilari 
L. N. Tolstoy va F.M. Dostoyevskiy qarashlarining ahamiyati beqiyosdir.
L.N . Tolstoy (1828—1910) axloqshunosiik ham da axloq masalalariga 
ham diniy, ham falsafiy, ham publisistik asarlarida shuningdek, 
kundaliklar va maktublarida keng o ‘rin bergan. Uning axloqiy qarashlari 
hozir ham katta ahamiyatga ega. Zero, inson qanday yashashi kerak 
degan m uam m o Tolstoy tafakkuridagi markaziy masaladir. Shu bois u, 
odam lar uchun eng zarur fan — qanday yashash haqidagi ilmdir, deydi. 
Tolstoyni ba’zan norasmiy payg‘ambar darajasiga ko‘tarib qo‘yadilar. 
X o‘sh, buning sababi nimada? G ap shundaki, Tolstoy, aw alo diniy, 
milliy va tabaqaviy qadriyatlardan umuminsoniy qadriyatlarni ustuvor 
deb biladi. Ikkinchidan, u nasroniylikni yangilashaga, to ‘g‘rirog‘i, uni 
cherkovdan qutqarishga, insoniylashtirishga intildi. G ‘arb olimlari esa 
uning qarashlarini protestantlik mazhabiga mos kelishini aytadilar. Ayni 
paytda uning diniy-falsafiy asarlarida tasawufga, xususan, Yassaviya, 
Mavlaviya tariqatiga, Ahmad Yassaviy va Jaloliddin Rumiy qarashlariga 
yaqinlikni ko‘rish mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Nasroniylik aqidalarini, cherkov va dinning inson ruhi ustidan 
hukmronligini tanqid qilish barobarida buyuk mutafakkir dinga juda 
katta umid bilan qaraydi. Din, inson donishmandligining ko‘zgusi sifatida 
h a r bir odamga qanday yashash kerakligini ko‘rsatadi, faqat dingina 
insondagi xudbinlikni yo‘qota biladi, faqat ugina bashar zotini o'lim
q o ‘rquvidan xalos etadi va hayotga m a’no bag‘ishlaydi. U insonlar 
tengligini o ‘rnatadi, u insonni «tashqi qisuvlar»dan ozod qila oladi.
Lekin Tolstoy targ‘ib etgan din, m ohiyatan «Injil»ga mos b o ‘lsa-da, 
rasmiy nasroniylik cherkoviga qaram a-qarshi edi. U dinda ikki m uhim
tom on — axloqiy va metafizik jihat borligini ta ’kidlaydi. Dinning axloqiy 
tom onini buyuk mutafakkir odam lar hayoti haqidagi o ‘git — h ar bir 
kishi va hammaning qanday yashashi to ‘g‘risidagi ta ’limot sifatida, 
metafizik jihatini esa nima uchun odamlarga boshqacha emas, ayni 
ana shunday yashash kerakligini tushuntiruvchi ta ’limot tarzida talqin 
etadi. Tolstoy nazdida cherkov nasroniylikka faqat og‘izda chaqirib
aslida uni to ‘g‘ridan to ‘g‘ri inkor qiladi. U muayyan ijtimoiy vazifani 
bajarishga qaratilgan, ya’ni cherkov nasroniylikni — Isoning metafizik 
t a ’lim otini davlat talablariga moslab, shundan kelib chiqqan holda 
mavjud hayotga hech qanday talab qo'ym aydigan, odam lar qanday 
yashasalar, shunday yashayverishlariga xalaqit bermaydigan holga keltirib 
q o ‘ygan; rasmiy diniy doiralar odamlarga nisbatan axloqiy talablarni 
ixtiyoriylik darajasiga tushirib, ularni tashqi ibodat va marosimlar bilan 
almashtirganlar. Aslida esa nasroniylik, birinchidan, odamga hayotning 
axloqiy qoidalarini taqdim etishi, ikkinchidan, unga asosiy haqiqatni 
anglab, axloqiy qoidalar asosida um r kechirgan odam gina Yerdagi o ‘z 
hayotini yaxshilashi mumkinligini tushuntirishi lozim. «...Dinlar, — 
deydi Tolstoy, - o ‘z tashqi ko‘rinishlariga ko‘ra har turli, biroq ular 
asos-ibtidolariga ko‘ra bir xildir...»1. Uning bu fikri, bir tom ondan, 
Q ur’oni karimdagi ahli kitoblarga bo'Igan m unosabatni eslatsa, ikkinchi 
tom ondan, Jaloliddin Rumiyning «Bu yer dunyodir va shuning uchun 
ham dinning bir bo‘lishi mumkin emas... D in dunyoda birlasholmaydi
faqat qiyomatda bir bo‘ladi. Qiyomatda ularning ham masi birlashadi, 
bir quloq, bir til holiga keladi», — degan so‘zlarini yodga soladi2.
Tolstoy uchun Xudo osmonda emas, kishi qalbida, ham m a narsada

Yüklə 140,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin