Har bir shaxs shu tamoyilga amal qilgandagina, u odam va olam bilan
uyg‘unlikka, yaxlitlikka erishadi.
Shunday qilib, Shvayser olg‘a surgan hayotga eh tiro m axloqiy
ta lim oti insonni shafqatli, m u ru w atli zot b o ‘lib u m r kechirishga
chorlaydi. Ayni paytda u zamonaviy insonda ekologik madaniyatning
vujudga kelishida, umumjahoniy axloqiy muhit etosferaning yaratilishida
muhim ahamiyatga ega.
Yangi tasavvufchilik yo‘nalishi. Eng yangi davr axloqshunosligida
tasaw ufiy yo‘nalishning ham o ‘z o ‘rni bor. Lekin bu davrdagi tasaw uf,
xususan, uning naqshbandiya tariqati zam onga va zamonaviy indus
trial jam iyat kishisiga yuksak insonparvarlik nuqtayi nazaridan qarash
g oyalarini ilgari surdi. Unda, shariat va tariqatning mohiyati saqlanib
q o lg a n h o ld a , in so n g a boM gan e ’ti q o d iy ta la b y a n g ila n d i,
zamonaviylashtirildi. Ayniqsa, buni biz Turkiyada vujudga kelgan va
musulmon olamida keng tarqalgan, naqshbandiya tariqatiga asoslangan
yangi tasavvufchilik oqimi mutafakkirlari ijodida yaqqol ko‘rishimiz
mumkin. U lar orasida buyuk turk allomasi M uham m ad Zohid Qutqu
(1897—1980) va uning shogirdi, zam ondoshim iz professor Mahmud
As’ad J o ‘shonning (1938 — 2001) qarashlari alohida diqqatga sazovor.
M uhammad Zohid Qutqu besh jildlik «Tasawufiy axloq« deb nomlangan
fundamental asarida boshqa axloqiy masalalar bilan birga jo ‘mardlik
tu s h u n c h a sin i, J o ‘shon esa o ‘z a sa rla rid a nafs va uni yengish
m uam m olarini o'rtaga tashlaydilar.
Ularning asarlarida, inson hayoti oliy qadriyat ekani ta ’kidlangani
holda, o'zganing hayotini o ‘zingnikidan oliyroq qadriyat deb qarash
g oyasi ilgari suriladi. Lekin bu «o'zga» faqat inson bo'lishi shart emas.
M uham m ad Zohid Qutqu keltirgan m ana bu rivoyatga e ’tibor qiling:
Dostları ilə paylaş: