Abdulla sher axloqshunoslik


Hayotga ehtirom va yangi tasaw uf axloqiy yo‘nalishlari



Yüklə 140,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/209
tarix07.01.2024
ölçüsü140,19 Kb.
#210789
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   209
5. Hayotga ehtirom va yangi tasaw uf axloqiy yo‘nalishlari
^ XX asrda vujudga kelgan yana bir yo‘nalish — hayotga ehtirom axloqiy 
ta ’limoti m ashhur olmon faylasufi, shifokori Albert Shvayser (1875—
1965) nom i bilan bog'liq. U ning «M adaniyat va axloq» deb atalgan
1 Кинг M.JI. Любите врагов ваших. Ж урнал «Вопросы ф и л ософ и и », 1992, №
3. С. 69—70.
www.ziyouz.com kutubxonasi


fundamental kitobida hayotning yuksak ma’nosini tan olish va barqaror 
etish asosiy tamoyil sifatida ko‘zga tashlanadi. Shvayserning o ‘zi ham 
butun umri davomida ana shu tamoyilga amal qildi. Falsafa fanlari 
doktori, ilohiyot bo‘yicha ulkan mutaxassis, mashhur musiqashunos 
o ‘ziga lang ochilgan Ovro‘pa universitetlariga qiyo boqmay, Markaziy 
Afrika changalzorlarida odamlarni davolash uchun yana talaba bo‘lib 
tibbiyot fakultetini tugatadi va Gabonga borib, umrining oxirigacha 
hayotga ehtirom g‘oyasini amalda isbotlab yashaydi.
Shvayserning fikriga ko‘ra, hayot tabiat yaratgan eng oliy ne’mat 
sifatida buyuk hurmatga sazovor. Bu talab, taraqqiyot darajasidan qat’i 
nazar, ham m a hayot uchun bir xil maqomga ega. Shu nuqtayi nazardan 
qaraganda, maysa ham, kaklik ham, kiyik ham men kabi yashashga 
haqli, ularning hayoti ham ehtiromga sazovor. Hayotga ehtirom axloqi 
oliy yoki quyi, nisbatan qadrli yoki qadrsiz hayotlar orasida farq 
ko‘rmaydi: men — hayotman, mendek yashashni istagan hayotlar ichida 
yashashni istaguvchi hayotman.
Shvayser qarashlari zamirida talabalik yillarida o‘zi nihoyatda qiziqqan 
va tadqiq etgan qadimgi hind axloqshunosligi g‘oyalari yotadi. Ayniqsa, 
u jaynchilik yo‘nalishiga ixlos bilan qaraydi: ular qon to ‘kilmasligi uchun 
go‘sht sotib olmaydilar, jaynchi-rohiblar biror-bir chirkni tasodifan yutib 
yubormay deb og‘izlariga doka tutib yurganlar, yerdagi hasharotlarni 
tasodifan o ‘ldirib qo‘ymay deb dehqonchilik qilmasdan faqat tijorat 
bilan shug'ullanganlar. Ana shu « 0 ‘ldirma!» degan d a’vat Shvayser 
axloqshunosligining asosiy shioriga aylangan. Uning fikriga ko‘ra, bu 
shior doim o inson xatti-harakatining asosi bo‘lmog‘i lozim. Shu bois 
ham faylasuf fazilatlar va illatlarni shunchaki sanab o ‘tishni musiqaga 
aylanmagan parda bosishga o ‘xshatadi. Zero, uning nazdidagi ezgulik
— tirik jonni saqlab qolish, hayotga ko‘maklashish, yovuzlik esa — 
jonlini jon siz qilish, hayotga zarar yetkazish. «H ayotga ehtirom
axloqshunosligi, — deb yozadi A.Shvayser, — nisbiy axloqshunoslikni 
tan olmaydi. U nimaiki hayotni asrab qolishga va taraqqiy toptirishga 
qaratilgan b o ‘lsa, faqat o ‘shani — ezgu deb qabul qiladi. Har qanday 
hayotni halok etish yoki unga zarar keltirish, qanday sharoitda ro‘y 
bermasin, u yovuzlik sifatida ta ’riflanadi. Hayotga ehtirom axloqi axloq 
va zaruriyatning biror-bir amaliy o ‘zaro tovon to ‘lashini tan olmaydi»1.

Yüklə 140,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin