Tayanch iboralar



Yüklə 22,23 Kb.
səhifə1/3
tarix15.06.2023
ölçüsü22,23 Kb.
#131073
  1   2   3
qizilqum




reja:

  1. Okrugning geografik o’rni, relyefi

  2. Iqlimi, ichki suvlari

  3. Tuproqlari, o’simlik va hayvonot dunyosi

  4. Tabiiy geografik rayonlari

Tayanch iboralar: Geografik o‘rni, rel’efi, foydali qazilmalari, ichki suvlari, tuproqlari, o‘simlik va hayvonot dunyosi
Okrug Amudaryo bilan Sirdaryo oralig’dagi Qizilqum cho’lining markaziy va G’arbiy qismlarini egallagan bo’lib, shimoli g’arbda Quyi Amudaryo, janub va janubi g’arbda Quyi Zarafshon, janubi-sharqda Mirzacho’l okruglari bilan chegaralanadi. Qizilqum okrugining janubi-G’arbi Turkmaniston, shimoli va shimoli-sharqi Qozog’iston bilan bo’lgan davlat chegaralariga to’g’ri keladi.
Cho’lning Qizilqum deb atalishiga sabab uning ko’p qismini egallab yotgan qumlar rangining qizilligidir. Qizilqumda qadimda juda baland bo’lgan, hozir esa uzoq davr mobaynida nurash, denudatsiya tufayli pasayib qolgan tog’lar bor. Mezozoyda va uchlamchi davrning boshlarida bu yer iqlimi subtropik bo’lgan va tog’larning yonbag’irlarida qizil rangli tuproqlar tarqalgan. Mana shu qizil tuproqlarning nurashidan hosil bo’lgan qizil rangli tog’ jinslar qumlarga qizil rang byergan. Biroq cho’l Qizilqum deb atalgani bilan uning hamma qismida ham qizil rangli qumlar uchray byermaydi. Masalan, Qizilqumning janubiy qismidalgi qumlar rangi to’q kul rang. Bu qumlar Zarafshon daryosi olib kelgan yotqiziqlardan hosil bo’lgan.
Qizilqum janubi-sharqdan shimoli g’arbga tomon pasayib boradi. Uning o’rtacha mutlaq balandligi 200-300 m, janubi-sharqida 350-400 m, shimoli g’arbida esa 90-100 m dir. Relefning asosiy shakllari eol qumli qirlari, past tog’lar atrofidagi prolyuvial shleyflar, platolar, oqimsiz botiqlar va qadimgi daryo o’zanlaridir.
Okrugning katta qismini qum relef shakllari egallab yotadi. Ular Qizilqumning shimoli g’arbida eng ko’p uchraydi. Eng katta qum massivlari Tabaqum, Toshquduq, Uchqum, Sandiqli qumlardir. Qizilqumda eng ko’p tarqalgan eol shakllaridan biri pushtasimon qum tepalari (qum marzalari, gradalari) bo’lib, ular ko’proq myeridian yo’nalishiga ega. Bular o’simliklar bilan mustahkamlangan. Qum tepalarining nisbiy balandli gi 4-15 m, ayrim yerlarda 50-70 m gacha etadi. Pushtasimon bu qum tepalar oralig’i pastlik yerlar bo’lib, ular ko’pincha giyohsiz taqirlar bilan band. Qum relefi shakllaridan yana do’ng qumlar, barxanlar ham uchraydi. Do’ng qumlar Qizilqumning markaziy qismida ko’proq tarqalgan bo’lib, aksariyati o’simliklar bilan mustahkamlangan. Qizilqumda mustahkamlanmagan qum tepalari shamol ketgan tomonga siljib turadi. Bular barxanlar, ular Qizilqumning G’arbiy qismi - Amudaryoning o’ng Qirg’og’i bo’ylab keng tarqalgan. Barxanlarning balandligi 10 metrdan oshmaydan. Ular ko’pincha aholi yashaydigan joylar yaqinida, quduqlar atrofida uchraydi, chunki bu yyerlarda qum harakatini to’xtatib qoladigan o’simliklar chorva tuyog’i ostida toptalib turadi, aholi o’tin tayyorlab, qumlarning to’zima qumga aylanishiga sabab bo’ladi. Inson xo’jalik ta’siri kam joylarda qumlar tabiiy mustahkamlanib boradi.
Qizilqumda barxanlar ko’pincha bir-biri bilan qushilib, barxan zanjirlarini hosil qiladi.
Okrugning tekislik qismi neogen va antropogen davrining dengiz va daryo yotqiziqlari bilan qoplangan. Bu yotqiziqlar ustini qalinligi 10-12 m keladigan qumlar koplagan. Okurgning eng qadimda quruqlikka aylangan qismi paleozoy qoldiq tog’laridir. Bu tog’lar paleozoyda juda baland bo’lib, Ural tog’larini bilan Tyanshan tog’lari bilan bog’lab turgan. Paleozoy slanets, qumtoshlaridan tashkil topgan bu qoldiq tog’lar etaklarida bur va paleogen davrlarida paydo bo’lgan platolar joylashgan. Ular qumtosh, konglomyerat, myergel, gil va qum kabi jinslardan tashkil topgan.
Qoldiq tog’larda nurash kuchli bo’lishiga qaramasdan ular saqlanib kelmoqda. Bu tog’lar atrofidagi tekisliklardan atigi bir necha yuz metr baland. Okrugning shimoli g’arbida joylashgan Sultonuvays tog’ining mutlaq balandligi 448 m ni, Qizilqum markazidagi Quljuqtog’niki - 784 m ni, Ovminzatog’niki 695 m ni, Tomdiniki 974 m ni, Etimtog’niki 511 m, Bukantog’niki 764 m ni tashkil etadi. Tog’lar atrofida nurash maxsulotlari to’planib, kengligi bir necha kilometrga boradigan qalin shelflar paydo bo’lgan. Ularning mutlaq balandligi 300-400 m atrofida bo’lib, tog’lardan uzoqlashgan sari pasayib 200-100 m ga tushib qoladi. Tog’ yonbag’irlarida chuchuk suvli buloqlar bor. Qoldiq tog’larda oltin, Fyeruza, volfram, yashma va boshqalar, tekislik qismida esa gaz, neft, uran, fosforit, oltingugurt konlari mavjud.
Qizilqum markazidagi qoldiq tog’lar orasida tektonik va eol jarayonlar ta’sirida hosil bo’lgan byerk botiqlar ham uchraydi. Ularning tubini qum bosgan, qum usti taqirlar yoqi sho’rxoqlardan iborat.
Botiqlarning eng kattalari Oyoqog’itma (134 m), qoraota (74 m), Mingbuloq (-12 m) va Mullali botiqlaridir.
Qizilqumda qadimdan qolgan quruq o’zanlar ham ko’p uchraydi. Ulardan eng kattasi Janadaryo bo’lib, uning fakat Quyi qismigina O’zbekiston hududida joylashgan. Janadaryo taxminan Qizilo’rda shaxri yaqinidan boshlanib, janubi-G’arb tomon oqqan va bu o’zan orqali Sirdaryo suvlari qadimda Orol dengiziga borib quyilgan. B,A.Fedyerovichning yozishicha, Janadaryoning suvi bundan taxminan 185 yil oldin qurigan. Shuning uchun ham uning o’zani bo’ylab aholi yashagan joylarning qoldiqlari saqlanib qolgan.
Sultonuvays tog’ining sharqiy qismida to Orol dengizining sobiq janubi-G’arbiy qirg’og’igacha Amudaryoning qadimgi o’zani Aqchadaryo o’zani cho’zilib ketgan. U To’rtko’l shaxrining janubrog’idan boshlanib, shimolda Beltog’ning sharqiy qismida tugaydi. Aqchadaryo kengligi 25 km keladigan delta hosil qilgan. Bu Aqchadaryoning suvi Orol dengizining janubi-sharqiy qirg’oqlarigacha etib borganini isbotlaydi. Aqchadaryo o’zanining o’zunligi 170 km dan ortiq, kengligi esa uning janubiy qismida 1 km gacha, shimoliy qismida esa 20 km gacha etadi, chukurligi 15­25 m bo’lgan. O’zanda hozirgi kunda taqirlar, qum uyumlari uchraydi. Aqchadaryo tarmoqlanib oqqan. Tarmoqlarining kengligi 100 m gacha, chuqurligi 3-6 m ga, ba’zi joylarida 10 m gacha etgan. Qizilqumning janubiy qismida ham bir necha qadimgi o’zanlar mavjud. Ulardan biri Daryosoy o’zani. Bu o’zan Quljiqtog’ning janubiy qismida joylashgan va sharqdan G’arb tomon cho’zilgan, ya’ni Oyoqog’itma botg’idan boshlanib, Jengeldi va qal’aota tepaligida tugaydi. Daryosoy B.A.Fedyerovichning fikricha, Sirdaryoning qadimgi o’zani, YU.A.Skvorsov esa uni suniy kanal bo’lgan, deydi.
Zarafshon daryosi quyi oqimining shimoliy qismida qadimgi Moxandaryo o’zani joylashgan. U Zarafshon daryosidan boshlanib, shimoli- G’arb tomon oqqan.
Qizilqum okrugi iqlimi juda ham quruq bo’lgani sababli doimiy oqar suv shakllanmaydi. Lekin okrug hududi yer osti suvlariga ancha boy. Bu suvlardan foydalanib, kichik vohalar bunyod qilingan, ularda turli xil ekinlar etishtiriladi. Yer osti suvlaridan chorvachilikda, sanoatda, aholini ichimlik suv bilan ta’minlashda ham foydalanilmoqda. Qizilqumning ko’p qismida grunt suvlari turon svitasi qumli qirlarida uchraydi, ularning minyerallashish darajasi yuqori, ichish uchun yaramaydi. Okrugda qalin barxan qumlari ostida, taxminan 100 m chukurlikda chuchuk grunt suvlari mavjud bo’lib, ularning minyerallashish darajasi 1 g/l dan kam. Chuchuk grunt suvlarining katta miqdori Markaziy Qizilqumdagi qoldiq tog’lar etaklaridagi prolyuvial yotqiziqlar orasida ham mavjud. Qizilqumda mezozoy va paleogen yotqiziqlari orasida bosimli chuchuk artezian suvlarining katta zaxirasi mavjud. Ularning minyerallashish darajasi botiqlarda 1-3 g/l ni tashkil etadi. Qizilqumda yyer osti suvlarining dinamik miqdori sekundiga 58-60 m ga teng. Shundan 11 m/s Markaziy Qizilqumga, 4 m /s Qizilqumning shimoli-sharqi va shimoliga, 43,6 m3/s Qizilqumning shimoli g’arbiiy qismiga to’g’ri keladi.
Qizilqum okrugi iqlimi atrofidagi vohalar iqlimidan biroz keskinligi bilan ajralib turadi. Qishda okrugda havo harorati ancha past bo’ladi. Yanvarning ko’p yillik o’rtacha harorati -4,1, -7,80 ni tashkil etadi, eng past harorat -31, -340 ga tushadi. Yoz esa issiq. Iyul oyining ko’p yillik o’rtacha havo harorati +30, +310 ga teng. Eng yuqori harorat 460 ga boradi. Yillik yog’in miqdori 70-108 mm atrofida. Okrug maydonining kattaligi va mutlaq balandliklardagi farq (934 m) iqlimda ichki tafovutlarni keltirib chiqaradi.
Qizilqum okrugida juda katta maydonni egallagan qumliklarda cho’l qumli tuproqlar, qoldiq tog’lar shleyflarida sur-qo’ng’ir tuproqlar, botiqlarda taqirli tuproqlar, taqirlar, sho’rxoqlar keng tarqalgan. Bu tuproqlar kam hosil, ularda chirindi miqdori 0,4-0,5 % dan oshmaydi.
Qizilqum okrugi hududi, ko’chib yuruvchi qumlarni hisobga olmaganda, o’simliklar bilan muayyan darajada qoplangan. Okrug hududida uzoq davom etadigan jazirama quruq yoz sharoitiga moslashgan ksyerofit, psammofit va efemyer o’simliklari o’sadi. Bahorda yyer yuzasi efemyer va efemyeroidlardan - rang, qo’g’irbosh, yaltirbosh, lolaqizg’aldoq, chuchmoma, kovrak kabi o’simliklar bilan qoplanib, cho’lga o’xshamay qoladi. Lekin kunlarning isishi bilan efemyer va efemyeroidlar sarg’ayib qurib qoladi, psammofit va kserofit o’simliklar esa o’z vegetatsiyasini davom ettiradilar.
Okrugning mustahkamlangan qumliklarida juzg’un, oq saksovul, quyonsuyak, qandim, selin, sur qo’ng’ir tuproqlar tarqalgan qoldiq tog’larda va ularning shleflarida shuvoq, burgan, tereskan, toshburgan, saksovul, sho’rxok, sho’rtob va sho’rxoq-botkok tuproqlar tarqalgan botiqlarda qora saksovul, yulg’un, baliq ko’z, sarsazan, qorabarak, shoxiloq va boshqa bir yillik sho’ralar; taqir va taqirli tuproqlar mavjud bo’lgan yerlarda donasho’r, bir yillik sho’ralar o’sadi.
Qizilqum okrugi hayvonlari o’rta Osiyo cho’llariga xos bo’lgan vakillardan iborat. Lekin oqragda taroq barmoqli qo’shoyoq, xo’jasavdogar kabi endimiklar ham mavjud. Qumli cho’llarda kemiruvchilardan ingichka oyoqli yumronqoziq, qum sichkoni, shalpangquloq, qushoyoqlar, toshbaka, tipratikan, sudralib yuruvchilardan dumaloq bosh kaltakesak, agama, echkemar, o’qilon, qum bug’ma iloni, charx ilon, sutemizuvchilardan - cho’l mushugi, jayron, xongul, sayg’oq, bo’ri, tulki, quyon; hasharotlardan esa chayon, qoraqurt, tarantul, falanga, chigirtka va boshqalar uchraydi.
Amudaryo buyidagi To’qaylarda g’oz, o’rdak, qirg’ovul, tug’izlar uchraydi. Amudaryo sohillarida joylashgan Qizilqum qo’riqxonasida To’qay landshafti va u yyerdagi o’simlik hamda hayvonot dunyosi (xongul, qirg’ovul, tug’iz va boshqalar) muxofaza qilinadi (qo’riqxona 1971 yilda tashkil etilgan, maydoni 3500 ga).
Qizilqum okrugi tabiiy boyliklarga boy. Foydali qazilmalari (oltin, uran, gaz, fosforit, grafit va boshqalar), iqlim resurslari, yaylovlari, yer osti suvlari, mo’yna byeruvchi hayvonlari yurt boyligidir.
Yer osti qazilma boyliklarining katta zaxiralari asosida Qizilqumda yirik sanoat korxonalari, konlar faoliyat ko’rsatmoqda. Ular va avtotransport vositalari havoga zaharli moddalar chiqarmoqdalar. Natijada sanoat markazlarida atmosfera havosidagi zararli moddalar miqdori yo’l qo’yish mumkin bo’lgan ko’rsatkichdan balandligi kuzatilmoqda.
Konlarda ish jarayonida portlatish tufayli ham atmosfyeraga katta miqdorda chang va turli zaharli moddalar chiqarilmoqda. Oqibatda Qizilqumda tog’-kon sanoati tabiatni ifloslantiruvchi eng katta manbalardan biri bo’lib kolmoqda. Qizilqumda qishloq xo’jaligi uchun yaroqli yerlar sifatining buzilishida shamol yeroziyasi, sanoat va maishiy chiqindilar bilan ifloslanishi asosiy omil hisoblanadi. Okrugda ayniqsa tog’-kon sanoatida tabiat muhofazasining hozirgi ahvoli bu ishga ko’proq e’tibor qaratishni va kelgusida ko’ngilsiz oqibatlarga olib kelishining oldini olishni taqozo qiladi. Qizilqumda yaylovlarning ahvoli ham tashvishlidir. Bunga sabab yaylovlardan noto’g’ri foydalanish, qo’y boqish me’yoriga amal qilmaslik, saksovul va turli butalarni ko’plab kesilib ketayotganligi, konchilar, geologlarning pala-partish ishlari sabab bo’lmoqda.
Qizilqum okrugida ikkita tabiiy geografik rayon guruhiga, ya’ni Shimoliy va Janubiy tabiiy geografik rayonlar guruhiga bolinadi. L.N.Babushkin va N.A.Kogay Shimoliy rayonlar guruhida Sultonuvays, Shimoliy Qizilqum va Bo’kan-Etimtog’ tabiiy geografik rayonlarini, Janubiy rayonlar guruhida esa Janubiy Qizilqum va Tomdi-Quljuqtog’ tabiiy rayonlarni ajratadilar.
Sultonuvays tog’lari tabiiy geografik rayoni tarkibiga mazkur tog’lar va ular atrofidagi tog’ oldi qiya tekisliklari qiradi. U Amudaryoning o’ng qirg’og’ida joylashgan bo’lib sharqdan G’arbga 40-45 km ga cho’zilgan, o’rtacha kengligi 10-15 km. mutlaq balandligi 448 m ni tashkil etadi. Tog’ G’arbga tomon pasaya borib, bir qancha alohida-alohida balandliklarga bo’linib ketadi. Rayonning o’ziga xos orografik xususiyatlari Sultonuvaysning asimmetrik tuzilganidir. Janubiy yonbag’ri shimoliy yonbag’riga nisbatan anchagina tik. Rayon iqlimi cho’lga xos, tuprog’i skletli sur-qo’ng’ir, o’simligi asosini shuvoq tashkil etadi. Rayon hududida 2 ta landshaft ajratilgan. Bular paleozoy fundamentidagi past tog’lar landshafti va tog’ oldi prolyuvial tekisliklar landshafti.

Yüklə 22,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin