fundamental kitobida hayotning yuksak ma’nosini tan olish va barqaror
etish asosiy tamoyil sifatida ko‘zga tashlanadi. Shvayserning o ‘zi ham
butun umri davomida ana shu tamoyilga amal qildi. Falsafa fanlari
doktori, ilohiyot bo‘yicha ulkan mutaxassis, mashhur musiqashunos
o ‘ziga lang ochilgan Ovro‘pa universitetlariga qiyo boqmay, Markaziy
Afrika changalzorlarida odamlarni davolash uchun yana talaba bo‘lib
tibbiyot fakultetini tugatadi va Gabonga borib, umrining oxirigacha
hayotga ehtirom g‘oyasini amalda isbotlab yashaydi.
Shvayserning fikriga ko‘ra, hayot tabiat yaratgan eng oliy ne’mat
sifatida buyuk hurmatga sazovor. Bu talab, taraqqiyot darajasidan qat’i
nazar, ham m a hayot uchun bir xil maqomga ega. Shu nuqtayi nazardan
qaraganda, maysa ham, kaklik ham, kiyik ham men kabi yashashga
haqli, ularning hayoti ham ehtiromga sazovor. Hayotga ehtirom axloqi
oliy yoki quyi, nisbatan qadrli yoki qadrsiz hayotlar orasida farq
ko‘rmaydi: men — hayotman, mendek yashashni istagan hayotlar ichida
yashashni istaguvchi hayotman.
Shvayser qarashlari zamirida talabalik yillarida o‘zi nihoyatda qiziqqan
va tadqiq etgan qadimgi hind axloqshunosligi g‘oyalari yotadi. Ayniqsa,
u jaynchilik yo‘nalishiga ixlos bilan qaraydi: ular qon to ‘kilmasligi uchun
go‘sht sotib olmaydilar, jaynchi-rohiblar biror-bir chirkni tasodifan yutib
yubormay deb og‘izlariga doka tutib yurganlar, yerdagi hasharotlarni
tasodifan o ‘ldirib qo‘ymay deb dehqonchilik qilmasdan faqat tijorat
bilan shug'ullanganlar. Ana shu « 0 ‘ldirma!» degan d a’vat Shvayser
axloqshunosligining asosiy shioriga aylangan. Uning fikriga ko‘ra, bu
shior doim o inson xatti-harakatining asosi bo‘lmog‘i lozim. Shu bois
ham faylasuf fazilatlar va illatlarni shunchaki sanab o ‘tishni musiqaga
aylanmagan parda bosishga o ‘xshatadi. Zero, uning nazdidagi ezgulik
— tirik jonni saqlab qolish, hayotga ko‘maklashish, yovuzlik esa —
jonlini jon siz qilish, hayotga zarar yetkazish. «H ayotga ehtirom
axloqshunosligi, — deb yozadi A.Shvayser, — nisbiy axloqshunoslikni
tan olmaydi. U nimaiki hayotni asrab qolishga va taraqqiy toptirishga
qaratilgan b o ‘lsa, faqat o ‘shani — ezgu deb qabul qiladi. Har qanday
hayotni halok etish yoki unga zarar keltirish, qanday sharoitda ro‘y
bermasin, u yovuzlik sifatida ta ’riflanadi. Hayotga ehtirom axloqi axloq
va zaruriyatning biror-bir amaliy o ‘zaro tovon to ‘lashini tan olmaydi»1.
Dostları ilə paylaş: