Abdulla sher axloqshunoslik


LA. Karimov. 0 ‘zbekiston: M illiy istiqlol, iqtisodiyot, siyosat, mafkura. Т



Yüklə 140,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/209
tarix07.01.2024
ölçüsü140,19 Kb.
#210789
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   209
1 LA. Karimov. 0 ‘zbekiston: M illiy istiqlol, iqtisodiyot, siyosat, mafkura. Т .,
« 0 ‘zbekiston», 1996, 81-b.
www.ziyouz.com kutubxonasi


tushunchasidir. Demak, go‘zallikka muhabbat ham m a’naviyatning
asosiy ustunlaridandir. 
.
E ’tiqodni esa ezgulikka va go‘zallikka muhabbatning, ularga lqtido 
qilishning oliy darajasi deyish mumkin. Uning eng mukammal ko‘rinishi 
o ‘zini din shaklida namoyon etadi. Dinlar har xil bo lishiga qaramay, 
muqaddas kitoblaming mohiyati bir: inson Mutlaq Ezgulik va Mutlaq 
G o ‘zallik sohibiga e ’tiqod orqali komillikka erishadi. Zero, barcha 
dinlaming maqsadi komil insonni tarbiyalash. Shu bois ham Qur oni 
k a rim d a h a q iq iy m o ‘m in b a rc h a n o zil q ilin g a n k ito b la rn in g
muqaddasligini tan olishi shart, deya qayta-qayta ta ’kidlanadi.
Demak, har bir inson o ‘z hayotini ana shu uch asosga qursagina, 
m a’naviyatli hisoblanadi. Zero, «ma’naviyat — insonni ruhan poklanishi, 
qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini 
baq uw at, iym on-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonni uyg otadigan 
beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining m ezonidir»1. Axloq -
m a’naviyat tizimida eng salmoqli o ‘rinni egallaydi va undagi boshqa 
sohalar bilan mustahkam aloqada ish ko‘radi. Endi ana shu aloqalaming 
eng muhimlariga qisqacha to'xtalib o ‘tamiz.
2. Axloqning boshqa ijtimoiy-ma’naviy hodisalar bilan
o‘zaro aloqalari
Axloq va din. Awalo, axloq bilan din masalasini olib qaraylik. Bu 
borada yana, yuqoridagi fikrlarga qo'shim cha qilib, shuni aytish 
mumkinki, mohiyatan din inson hayotining axloqiyligini taqozo qiladi. 
Shu bois diniy-shar’iy tamoyillar va m e’yorlar, Hadisi sharifdagi o‘gitlar 
axloq-odob qoidalari bilan chambarchas bog‘liq. C hunonchi, inson 
eng oliy qadriyat sifatida qat’iy muhofaza etiladi. Odam o‘ldirish mumkin 
em as, odam o ‘ldirish eng ulkan axloqsizlik hisoblanadi. О g rilik, 
birovning haqini yeyish, munofiqlik, aldash, yolg'on gapirish va shu 
kabi boshqa turli illatlar ham diniy-shar’iy, ham axloqiy nuqtayi nazardan 
m an etiladi. Aksincha, insonni e ’zozlash, odam larning bir-biriga 
ko'm akdosh b o ‘lishi, to ‘g‘rilik, rostgo‘ylik, halollik, rahmdillik, qavm- 
doshi qanday yuksak darajada b o ‘lmasin, unga xushomad qilishdan 
tiyinish, faqat Yaratgangagina sig‘inish singari fazilatlar ayni paytda
www.ziyouz.com kutubxonasi


ham diniy taqvo, ham axloqiy talab tom onidan m a’qullangan xatti- 
harakatlardir. Shu bois axloqni dindan butunlay m ustaqil, m uxtor 
m a’naviy hodisa sifatida talqin etuvchi m arkscha-lenincha qarashlar 
m antiqiy va ilmiy asosga ega emas. Din, ta ’kidlaganimizdek, insonni 
axloqiylashtirishning vositasi tarzida ish ko‘radi. D em ak, diniy taqvo 
bilan axloqiy talabning ildizi bir. H ar ikki holatda ham vijdon ko‘zga 
ko‘rinmaydigan boshqaruvchi murvat sifatida nam oyon b o ‘ladi. Bu — 
botiniy ko‘rinish; zohiriy ko‘rinish esa shar’iy hukm lar va huquqiy 
qonunlarda o ‘z aksini topadi.
Axloq va huquq. Axloqiy talab huquqiy qonun-qoidalarda o ‘z aksini 
topadi, deyish bilan biz axloq va huquqning m ustahkam aloqaga ega 
ekanini tasdiqlab turibm iz. Z ero , aslida ham shunday. M uayyan 
jamiyatdagi huquqiy qonun-qoidalar o ‘sha m intaqa xalqlari tom onidan 
asrlar mobaynida ishlab chiqilgan axloqiy aqidalar, tamoyillar, m e’yorlar, 
shuningdek, nisbatan umumiylik xususiyatiga ega b o ‘lgan urf-odatlar 
zam irida vujudga keladi. Lekin b a’zi bir urf-odatlar, a n ’analar huquqiy 
m e’yorlar darajasiga ko‘tarila olmasligi ham mum kin. Buning sababi, 
ularning, aw alo, nisbatan xususiy tabiatga ega b o ‘lganida, qolaversa, 
axloqiy va huquqiy taraqqiyot talablariga javob bera olm asligida. 
M asalan, johiliyat davrida arablarda qiz tug‘ilsa, uni tiriklay ko‘mib 
tashlash odati bo‘lgan. Keyinchalik, musulmonlik yoyilganda, bu odat 
g ‘ayrimuslimlik odati sifatida rad etildi. Hozirga kelib, unday hodisa 
huquqiy qonunlar asosida jinoyat deb qaraladi. Yoki bizning m intaqada 
qadim da mavjud bo'lgan xun olish odati ham hozirda jinoyat sifatida 
jazoga loyiq hisoblanadi. Bunday misollarni ko'plab keltirish mumkin.
K o‘rinib turibdiki, axloq bilan huquq, garchand, bir ildizga ega bo‘lsa- 
da, ularning jamiyat axloqiy hayotini boshqaruv usuli h ar xil: axloq 
asosan tushuntirish, pand-o‘gitlar vositasida ish ko‘rsa, huquq majburiy 
usul, jazo choralari orqali ish olib boradi.
N afaqat bugungi kunda, hatto qadim -qadim da ham axloq bilan 
huquqning farqiga borilgan. Buni miloddan awalgi 1800-yilda Somirdagi 
N ippur shahrida bo‘lib o ‘tgan sud jarayoni yozib qoldirilgan giltaxtada 
ko‘rish mumkin: uch kishi — sartarosh, bog‘bon va yana bir (hujjatda 
kasbi qayd etilmagan) kimsa Lu Inanna degan ibodatxona xizmatchisini 
o ‘ldiradilar ham da bundan uning xotinini xabardor qiladilar. Lekin 
m arhum ning xotini jinoyat to ‘g ‘risida mahalliy hokim iyatga hech narsa 
demaydi. Biroz vaqt o ‘tgach, huquq-tartibot m utasaddilari m azkur 
jinoyatdan xabar topadilar va U r-N ip p ur podshosi bu masalani hal
www.ziyouz.com kutubxonasi


etishni bizning tushunchamizdagi oliy sud vazifasini bajaruvchi Nippur 
fuqarolari yig‘iniga topshiradi. Sud-yig‘inda so‘zga chiqqan to ‘qqiz kishi 
uch qotil va ular bilan birga marhumning xotiniga ham o ‘lim jazosi 
berilishini so'raydi. Biroq ikki kishi so‘zga chiqib, xotinning qotil 
emasligini aytadilar. Yig‘in qatnashchilari keltirilgan isbot-dalillarni 
e ’tiborga olib, marhumning xotini qotillikda bevosita ishtirok etmagani 
uchun uni jazodan ozod qiladilar. Giltaxtada: «Kimlar haqiqatdan 
o ‘ldirgan boMsalar, o ‘shalarning jazolanishi kifoya», degan xulosa yozib 
qoldirilgan1. Bundan shunday fikrga kelish mumkin: erini oMdirganlarini 
bilib, hokimiyatga xabar bermagani xotinning vijdoniga havola, zero, 
bu - uning huquqi; u axloqiy qonun-qoidalarni buzdi, lekin huquqni 
buzadigan xatti-harakatlarni sodir etgani yo‘q.
Ayni paytda, shuni ham aytish kerakki, huquq axloqqa nisbatan 
ancha aniq va ancha muayyan ichki bo‘linishlarga ega. Chunonchi, 
xalqaro huquq, fuqaro huquqi, jinoiy huquq, m ehnat huquqi va h.k. 
singari nisbatan qat’iy chegaralangan huquqiy m e’yorlar mavjud. Axloq 
esa huquqqa nisbatan ancha keng qamrovli. C hunonchi, huquqiy 
qonunlar mavjud tuzumga, muayyan shaxs va yosh doirasidagi kishilarga 
tatbiq etilsa, axloqiy qoidalar, hikm atlar, pand-o‘gitlar barcha tuzumlar 
ham da turli yoshdagi kishilarga birdek taalluqli bo'ladi. Shuningdek, 
huquqiy m e’yorlar aniq adresni taqozo qiladi, axloqiy qoidalar esa 
mavhumligi va umumiyligi bilan ajralib turadi.

Yüklə 140,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin