Kimyoviy omillar. Ba'zi kimyoviy moddalar bakteriyalarga kuchli ta'sir etadi. Masalan, ularga kuchli kislotalar, ishqorlar, og'ir metallarning tuzlari bilan ta'sir etiisa, ularda manfiy xemotaksis namoyon bo'ladi.
Ba'zi moddalarning oz miqdori ijobiy ta'sir etsa, ko'p miqdori salbiy ta'sir etadi. Masalan, 40% li formaldegid (formalin) vegetativ hujayralami va sporalarni nobud qiladi, fenol yoki karbol kislotaning 3-5% И eritmasi, xlorli ohakning 10-20% li eritmasi yoki spirtning 75% li eritmasi dezinfeksiyalashda ko'p ishlatiladi.
Mikroorganizmlar o'sliriladigan oziqa muhitini albatta sterillash zarar. Ular avtoklavda 1-2 atm bosimda 105-120°C da 15-30 minut davomida sterillanadi.
Kox qaynatgichida ham bo'lib-bo'lib sterillash mumkin. Buning uchun 100°C da 30 minut sterillanadi, keyin termostatda bir sutka saqlanadi. Ikkinchi kun yana 100°C da 30 minut sterillanadi va termostatda saqlanadi, uchinchi kuni ham xuddi shunday sterillanadi.
Mikrobiologiyada ishlatiladigan asboblar esa issiq havo yor-damida quritkich shkaflarda 150—160°C temperaturada 1,5—2,0 soat davomida sterillanadi.
Oziq-ovqat sanoatida pasterlash usulidan keng foydalaniladi. Bunda sut mahsulotlari 60°C temperaturada 30 minut saqlanadi, bunday ishlov berilganda bakteriyalarning vegetativ hujayralari nobud bo'Iadi.
Biologik omillar. Tabiiy sharoitda mikroorganizmlar murakkab biosenozlarni tashkil etadi, ya'ni bir yerning o'zida turli bakteriyalarni uchratish mumkin. Bakteriyalar orasida simbioz, metabioz, antagonizm uchrashi mumkin.
Simbioz holda hayot kechirganda bir tur kkkinchi tur bilan birgalikda yashaydi. Masalan, kefir donachalari tarkibida sut kislota hosil kiluvchi bakteriyalar va achitqi zamburug'lari birgalikda yoki tugunak bakteriyalar dukkakdosh o'simliklar bilan birgalikda yashaydilar.
Metabiozda bir bakteriya ikkinchi baktcriya uchun qulay sharoil yaratib beradi. Masalan, ammonifikatorlar nitrifikatorlar uchun
NH3 hosil qiladi. Nitrozomonas NH3 ni o'zlashtirib, nitrobakter uchun HN02 hosil qiladi:
2NH3 + 302Nilroso> 2HNO, + 2H20 + 658 kJ nonas
HN02 ni nitrobakter oksidlaydi:
2HN02 + q2Nitrobactcr )2HNQ; + 180 kJ nonas
Anagonizmda bir tur ikkinchi turning rivojlanishini cheklab qo'yadi. Masalan, sodda hayvonlar bakteriyalarni yeb qo'yadi, bakteriofaglar bakteriyalarni eritib yuboradi, bijg'ituvchilar chiri-tuvchilarning ko'payishini cheklab qo'yadi yoki turli-tuman anti-biotiklarbakteriyalargasalbiy ta'sir etadi. Mikroorganizmlarga tash-qi muhit omillarining ta'sirini bilgan holda, ularga qarshi kurash choralarini qo'llash mumkin bo'ladi.