O'zlashtirilgan va o'zlashtirilmagan yerlardagi bakteriyalar soni (1 g tuproqda million dona hisobida)
Tuproq luri
Gorizont-lar
Kokklar
Tayoqcha-simonlar
Yirik kokklar (azoto-baktcr)
Jami bakteriyalar soni
O'zlashtirilmagan qora tuproq
A, B, B2
2050 730 790
410 50 20
260 960 1760
2709 1740 2570
O'zlashtirilgan qora tuproq
A,
в, B2
5540 390 550
240 60
0
590 2340 1130
6470 2890 1750
O'zlashtirilmagan sho'r tuproq
A, A2 B2
2620 640 580
• 280 700
40
290 966 480
3230 1670 1000
O'zlashtirilgan sho'r tuproq
A, A2 B2
4300 1800 600
400 160 12
600 1400
3200
5820 3400 3872
Havo mikroflorasi. Havo mikroflorasi tuproq va suv mikroflorasi bilan bog'liq, chunki havo ular ustida joylashgan bo'ladi. Agar tuproqda va suvda mikroorganizmlarning ko'payishi uchun sharoit bo'lsa, havoda mikroorganizmlar ko'paya olmaydi. Havoga mikroorganizmlar chang bilan birga ko'tariladi, keyin yana tuproqqa o'tadi. Havoda oziqa moddalar yetishmaganda yoki ultrabinafsha nurlar ta'siridan bakteriyalarning bir qismi nobud bo'ladi. Shuning uchun havoda mikroblar soni tuproq va suvdagiga nisabatan kam bo'ladi.
Havo mikroflorasida kokklar, sarsinalar, tayoqchasimonlar, mog'or zamburug'larining sporalari, achitqi zamburug'lari va boshqa mikroorganizmlar uchraydi. Shahar havosida mikroorganizmlar ko'p bo'ladi, qishloq havosida kamroq bo'ladi. Ayniqsa, o'rmonlar, tog'lar havosi toza bo'ladi. Yer yuziga yaqin havo tarkibida mikroblar soni ko'p bo'lib, yuqoriga ko'tarilgan savin kamayib borishini Y.N.Mishustin kuzatgan. 1 m3 havoda 5000— 300000 ga yaqin bakieriya bo'lishi aniqlangan.
Bakteriyalar orasida kasallik tug'diruvchi vakillari ham ko'p uchraydi: sil tayoqchalari, streptokokklar, stafilokokklar, gripp viruslari, ko'kyo'tal tayoqchasi va boshqalar ana shular jumlasi-dandir. Gripp, qizamiq, ko'kyo'tal faqat havo tomchilari orqali yuqadi, ya'ni aksirganda chiqadigan mayda aerozol tomchilar o'zida bakteriyalar tutgan bo'lib, havoga tarqaladi, atrofdagi odamlar ularni nafas yo'li orqah yutishlari natijasida kasallanadilar. Buning oldini olish maqsadida xonalar havosini doimo tozalab turish zarur. Yozda ko'chalarga suv sepib, chang ko'tarilmasligiga, ko'kalamzorlash-tirish islilariga ahamiyat berish kerak. Ignabargli o'rmonlarga sayohat qilish odamning salomatligi uchun muhim ahamiyatga ega.