ABDULQOSIM FIRDAVSIY ILMIY MEROSI
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
Abdulqosim Firvavsiy haqida ma’lumot
Abdulqosim Firdavsiy “Shohnoma asari” asari haqida
Abdulqosim Firdavsiyning ilmiy me’rosi
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyot
Abdulqosim Firdavsiy 940-941 yilda Tabaron viloyatining Tus shahriga yaqin Boj qishlog’ida dunyogа keldi. Yoshlikdan xalq og’zaki ijodini, yozma adabiyot va tarixni, qadimgi afsona va rivoyatlarni, arab va pahlaviy (qadimgi eron) tillarini mukammal o`rgandi. 35 yoshida (975 y.) “Shohnoma” asarini yozishga kirishadi, hijriy 400 (meloddiy 1010-1011) yilda tugallaydi.
60 ming baytdan iborat bo`lgan “Shoxnoma”ni eron shohi Sulton Mahmudga taqdim etadi. Ammo asar Sulton Mahmudga ma`qul bo`lmaydi. Shundan keyin Firdavsiy Tabariston (Mazondaron)dan Iroqqa o`tib, Bag’dodda yashaydi, umrining oxirida vatani Bojga qaytib keladi, bir necha yil o`z bog;ida yashab, shu erda hijriy hisobi bilan tahminan 411-416 (meloddiy 1020-1026 yillar ) orasida vafot etadi.
“Shohnoma” mif va afsona, rivoyat va dostonlardan iborat bo`lib, unda “xalq qahramonligi, vatanparvarlik, chet el bosqinchilariga qarshi mardona kurash, markazlashgan feodal davlatni vujudga keltirish g’oyasi, adolatli shoh orzusi, yaxshilik va yomonlik kuchlari o`rtasidagt ziddiyat, samimiy sevgi va sadoqat, ma`rifatparvarlik, odob-axloqqa doir nasihatlar..”, “Firdavsiyning dunyoqarashi, istak-orzulari, xususan eposning bosh qahramoni Rustam obrazida mujassamlashgan”
Firdavsiy mehnat va mehnatsevarlik, ilm va bilim, aql va hikmat, sahovat va qimmat haqida fikr bildirib, kishilarni odil va oqil bo`lishga chorlaydi, zolimlik, qonxo`rlik, tanballik va qimmatsizlikni qoralaydi.
Firdavsiy mehnat va hayratni ulug’laydi. Uning fikricha, ishdan qochgan kishidan nom, or-nomus va jangovarlik ham yiroqlashadi. Jahonda mehnatsiz foyda yo`qdir, kimki, dangasa bo`lsa, unga boylik kelmaydi.. Yosh kishi dangasa bo`lsa, hayotning qalbi undan to`yadi (bezor bo`ladi).
Firdavsiy mehnat qilish bilan hunarni egallashni targ’ib qiladi, hunarning mohiyatini ta`riflab, odamlarga uch narsani orzu qilishni maslahat beradi.
Firdavsiy hunarni e`zozlaydi, hunar eng avvalo gavhardan yaxshi, hunar tajriba va matonat bilan qo`lga kiritilishini aytadi. Firdavsiyning ta`kidlashicha, inson qancha boylik egasi bo`lsa ham, agar u tajribasiz bo`lsa, u hunar egallay olmaydi.
Firdavsiyning uqtirishicha, aql va bilim har bir insonning fazilati va boyligidir. Firdavsiy har bir insonga pand-nasihatga va ibratli hatti-harakatlarga amal qilishni maslahat beradi. Uning ta`kidlashicha, har bir kishi eshitgan foydali so`zlarini unutmasligi kerak.
Umuman, Abdulqosim Firdavsiyning falsafiy, ijtimoiy, ahloqiy-ta`limiy qarashlari o`z davri va undan keyingi davr uchun ham muhim ahamiyatga ega bo`ldi, uning pand-nasihatlari hozir ham katta ahamiyatga egadir.
Buyuk shoir Abulqosim Firdavsiy Xuroson viloyatining Tus shahrida kambag‘al oilada dunyoga keldi .
Firdavsiy keng qamrovli va chuqur ilm egasi bo‘lib yetishdi. Shu bois uni «hakim», «donishmand» deb ulug‘laganlar. Shoir ijodining ayni gullagan davrida G’azna shahrida (hozirgi Afg‘oniston hududi) — turk sultoni Mahmud G’aznaviy saroyida yashab, ijod qildi.
Firdavsiy Mahmud G’aznaviyga bag‘ishlab mashhur «Shohnoma» asarini yozdi. Lekin bu asar Mahmud G’aznaviy tomonidan yetarli qadrlanmadi.
Rivoyat qilishlaricha, sulton G’aznaviy Firdavsiyning yozilajak «Shohnoma» asarining har bir bayti uchun bittadan oltin tanga berishni va’da qiladi. 60.000 baytdan iborat asar tayyor bo‘lgandan keyin esa G’aznaviy va’dasidan qaytadi. Firdavsiyga G’aznaviy karvon orqali berib yuborgan tangalarning hammasi kumush bo‘lib chiqadi. Bundan qattiq ranjigan shoir tangalarning bir qismini karvondagilarga, boshqa qismini hammollarga ulashadi. Tangalarning qolgan hammasiga esa yaxna ichimliklar sotib oladi. Uning bu harakatlari hukmdorga qarshi norozilikning yaqqol ifodasi edi. Sulton G’aznaviy shoirni filning oyoqlari ostiga tashlab, jazolash haqida farmon beradi. Firdavsiy tug‘ilgan yerini tashlab, musofirlikda hayot kechirishga majbur bo‘ladi.
Abulqosim Firdavsiy ona - Vatan uchun fidoyi yuzlab bahodirlar obrazini yaratgan fors-tojik adabiyotining ulkan shoiridir. U 941 yilda Eronning Tus shahri yaqinidagi Boj qishlog‘ida o‘rtahol dehqon oilasida tug‘ilgan. Bo‘lajak shoirning otasi Tus hokiminint «Firdavs», ya’ni «Jannat» nomli bog‘da bog‘bon bo‘lgan. Firdavsiy dastlab qishlog‘idagi diniy maktabda, so‘ng Tus shahri madrasalarida tahsil oladi. Otasi vafotidan so‘ng bog‘bonlik qiladi. Sharq xalqlari tarixini zo‘r zavq bilan o‘rganadi, ko‘hna rivoyatlarni yozib oladi. Aytishlaricha, Xuroson hukmdori Mahmud G’aznaviy shoirga «Shohnoma» (Shohlar haqidagi kitob) yozishni topshiradi va asardagi har bir misra uchun bir dinor oltin tanga berishni va’da qiladi. Hukmdor va’dasidan tonib, shoirga 120 dona kumush tanga beradi. Firdavsiy bundan g‘azablanib, bu tangalarniga bir bo‘lagini hammom xodimiga, bir qismini sharbat sotuvchiga va yana bir bo‘lagini pulni olib kelgan mulozimlarga taqsimlab beradi, Mahmud G’aznaviyni xasislik va pastkashlikda ayblovchi hajviya yozadi. Shoir quvg‘inda yuradi.
Iroqqa ko‘chib borib, Bag‘dodda «Yusuf va Zulayho» dostonini yozadi. U 1025 yilda o‘z ona qishlog‘ida vafot etadi. Ruhoniylar uning jasadini musulmonlar mozoriga qo‘ydirmaganlaridan so‘ng, uni o‘zining bog‘iga dafn etadilar. Iroqqa ko‘chib borib, Bag‘dodda «Yusuf va Zulayho» dostonini yozadi. U 1025 yilda o‘z ona qishlog‘ida vafot etadi. Ruhoniylar uning jasadini musulmonlar mozoriga qo‘ydirmaganlaridan so‘ng, uni o‘zining bog‘iga dafn etadilar.
«Shohnoma» dan zolim va qonxo‘r Zahhok («ilonshoh», yelkasidan ilon o‘sib chiqqan) haqida, «Rustam va Suxrob» haqida va shu kabi ko‘pgina dostonlar o‘rin olgan. Asar qahramoni Rustam Shag‘odning makr-hiylasidan o‘ladi. Asardagi Zoli Zar, Rudoba, Suhrob, Gudarz, Gev, Tus, Hojir, Gurdofarid, Humoy, Manija singari qahramonlar ham yer yuzida adolat tantanasi uchun kurashadilar. «Zol va Rudoba» hamda «Bijon va Manija» dostonlarida chinakam baynalmilallik g‘oyalari ilgari suriladi.
Firdavsiy «Isfandiyr», «O’n shasi muhoraba» dostonlarida, ayniqsa, mamlakatning butunligiga tahdid soluvchi, o‘zaro urush chiqarish uchun bahona izlovchi shohlar, shahzoda va lashkarboshilarni qattiq qoralaydi. Sharq adabiyotida birinchi bo‘lib, Iskandar mavzusini ham Firdavsiy qalamiga ol1an.
Shohnoma» da peshdodiylar, kayoniylar, ashkoniylar va somoniylar kabi sulolalar tarixi haqida so‘z yuritilgan. Undagi pahlavonlar, shohlar, amaldorlar, lashkarboshilar, olimlar, san’atkorlar, hunarmandlar, dehqonlardan iborat bir necha yuz personajlarni quyidagicha tasniflash mumkin:
a) mifologik obrazlar: Qayumars, Hushang Tahmuras, Jamshid va boshq.
b) afsonaviy qahramonlar: Som, Narimon, Zol, Rustam, Gev, Bijon va boshq.
v) tarixiy personajlar: Iskandar, Bahrom Go‘r, Mazdak, Anushirvon, Xusrav Parviz va boshqalar.
Firdavsiyning «Shohnoma» dostonlari syujeti asosida «Zahhoki moron» (G’ozi Yunus), «Siyovush» singari sahna asarlari yaratildi. Shoirning bu asari ilk bor 1682 yilda Mulla Xomush oxun - Xomushiy tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Oradan bir qancha vaqt o‘ggach, Mulla Nodir Muhammad Buxoriy «Shohnoma» ning o‘zbekcha nasriy variantini yaratgan. XX asrning 70-yillarida III. Shomuhamedov, J. Jabborov, Nazarmat kabi o‘zbek shoirlari tomonidan she’riy yo‘l bilan tarjima qilingan.
Firdavsiy Xurosoning Tus shahri yaqinidagi Bans degan qishloqda boy zodagon
oilasida tug’lgan. Uning tug’lgan yili aniq ma’lum emas. Ayrim manbalarga
qaraganda, Firdavsiy 934 – 941 yillarda o’rtasida tug’lgan.
Abdulqosim Firdavsiy fors tilidan tashqari arab tilini ham juda yaxshi
bilgan. U 35 yoshida Buxoroga kelgan va Abumansurning “SHohnomasiga”siga yangi ma’lumotlar to’plagan va o’zining “SHohnoma” asarini she’riy uslubda bayon qilishga kirishgan. Abdulqosim Firdavsiy bu asarni yozishda sug’diylar orasida keng tarqalgan paxlavon Rustam, xoraxmiylarning Siyovush va baqtriyaliklarning Isfandiyor to’g’risidagi afsonalaridan foydalangan. Asarning asosida yaxshilik bilan yomonlik to’g’risidagi kurash g’oyasi yotadi. Pahlavon Rustam obrazi orqali Firdavsiy mahalliy aholini bosqinchilarga qarshi qahramonona kurashini tasvirlaydi. Asarda makedoniyalik Iskandar yurishidan to sosoniylar saltanatining arab bosqinchilari tomonidan qulatilishigacha bo’lgan katta tarixiy davr yoritilgan.
XII asrlarga kelib, arab va fors tillaridagi badiiy asrlar bilan birga turkiy
tilda ham yirik risolalar, dostonlar, she’rlar yaratildi. Bunda mashhur tilshunos
olim Maxmud Koshg’ariyning 1069 yilda yozgan «Devonu lug’otit turk»
(«Turkiy so’zlar lug’ati») hamda bolosog’unlik YUsuf Xos Hojibning 1070
yilda yaratgan «Kutadg’u bilig» («Saodatga boshlovchi bilim») va nihoyat XI
asr oxirlarida adib Ahmad YUgnakiy qalamiga mansub «Hibatul-haqoyiq»
(«Haqiqatlar sovg’asi») asarlari tahsinga sazovordir. Mahmud Qoshg’ariy asari
bizga qadim zamonlardagi turkiy xalqlarning tili, tarixi, turmush tarzi va badiiy
ijodi to’g’risida keng ma’lumotlar beradi.
Yusuf Xos Hojib asarining qimmati shundaki, u eski turkiy tilda bitilgan
shox asardir. Unda muallif axloqiy tarbiyaviy fikrlarni jozibali, badiiy shaklda
ifoda etadi, ezgulik, adolatparvarlik va xalqparvarlikdan ta’lim beradi.
Arab tarixchisi Al-Boboniyning «Xadiyat ul — orifin» asarida keltirishicha, Mir Alisher 844 h.y. 18 ramazon / 1441-yil 9-fevral kuni Amir Temurning o’g’li Shoxrux Mirzo shoxligi davrida Hirotda tavallud togan. U yoshligidan ilmga chanqoq, iste’dodli bo’lib voyaga yetdi. Arab, fors va turk tillarida ijod qilgan buyuk mutafakkir, adib va davlat arbobi sifatida tarix zarvarqlaridan joy oldi. Zamondoshlari u kishi haqida ko’pincha «Nizomuddin Mir Alisher» deb yozadilar. Din diyonat nizomi degan ma’noni anglatadigan «Nizomuddin» so’zi donishmand mansab egalariga beriladigan sifat «mir» esa amir demakdir. Uning otasi Amir G’iyosuddin Muhammmad (uni G’iyosuddin Kichkina» ham der edilar) temuriylar saroyining amaldorlaridan, xonadonning ishonchli kishilaridan edi. Yana bir manbada qayd etilishicha, Alisherning onasi amirzoda Shayx Abu Said Changni qizi bo’lib bobosi Amir Temurning o’gli Umarshayx bilan emikdosh aka-uka bo’lgan ekan. Navoiy o’z asarlarida oilasining Umarshayx xonadoniga yaqinligidan faxrlanishini bayon qiladi.
bo’lgan komil insonni shakllantirishga xizmat qiluvchi qirq hadisning mazmunini nazmiy satrlarda ifoda etgan.
anbalarda keltirilishicha Alisher Navoiyni ushbu asarni yozishga undagan asosiy sabab payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning quyidagi so’zlari bo’lgan «Kimki mening hadislarimdan qirqtasini ummatlarimga yetkizish uchun yod olsa, qiyomat kuni men u kishini shafoatimga olaman.» Xazrat Navoiy bunga amaliy javob tariqasida qirq hadisni nazmiy bayon etgan. Quyida «Arba’in»dagi ba’zi hadislarni va ularning hazrat Navoiy ta’lifidagi nazmiy ifodasini keltiramiz.
1) «Sizlardan hech biringiz o’ziga ravo ko’rgan narsani o’ziga birodariga ham ravo ko’rmaguncha mo’mini komil bo’la olmaydi» Mo’min ermasdur, ulki imondin Ro’zg’orida yuz safo ko’rgay Toki qardoshig’a ravo ko’rmas Har nakim o’ziga ravo ko’rgay.
2) «Qo’lidan va tilidan o’zga musilmonlarga zarar yetmaydigan kishigina haqiqiy musilmondir» Kim musulmonlig’ aylasa da’vo Chin ermas gar fido qilur jonlar Ul musulmon dururki, solimdur Tili-yu iligidin musilmonlar.
3) «Odamlarga rahmli bo’lmagan kishiga Allohning ham rahmi kelmaydi» Tengridin rahm agar tama’ qilsang Avval o’lmoq keraksen elga rahim Har kishikim ulusqa rahm etmas Anga rahm aylamas rahimu karim
4) «Odamlarga foydasi ko’proq tegadigan kishi odamlarning eng yaxshirog’idur» Xalq aro yaxshiroq, deding kimdur? Eshitib, ayla shubha raf’ andin Yaxhiroq bil oni ulus arokim Etsa ko’proq ulusqa naf’ andin
5) «Ilimga baxillik qilinmaydi» Ey xirodmand olimeki, sanga Ilimdin ro’ziy ayladi sone’ Kishi o’rgansa qilmag’il maxrum Yoki naf olsa bo’lmag’il mone’ Xazrat Alisher Navoiy merosida ayniqsa uning «Arba’in» asarida komil insonga hos bo’lgan mehr-muhabbat, har-sahovat, himmat, muruvvat, sadoqat, vafodorlik, kamtarlik, odamiylik, oliyjanoblik, insonparvarlik, ilmga tashnalik, mo’min-musulmonlik kabi fazilatlar yorqin bayon qilingan.
Abulqosim Firdavsiy ona - Vatan uchun fidoyi yuzlab bahodirlar obrazini yaratgan fors-tojik adabiyotining ulkan shoiridir. U 941 yilda Eronning Tus shahri yaqinidagi Boj qishlog‘ida o‘rtahol dehqon oilasida tug‘ilgan. Bo‘lajak shoirning otasi Tus hokiminint «Firdavs», ya’ni «Jannat» nomli bog‘da bog‘bon bo‘lgan. Firdavsiy dastlab qishlog‘idagi diniy maktabda, so‘ng Tus shahri madrasalarida tahsil oladi. Otasi vafotidan so‘ng bog‘bonlik qiladi. Sharq xalqlari tarixini zo‘r zavq bilan o‘rganadi, ko‘hna rivoyatlarni yozib oladi. Aytishlaricha, Xuroson hukmdori Mahmud G’aznaviy shoirga «Shohnoma» (Shohlar haqidagi kitob) yozishni topshiradi va asardagi har bir misra uchun bir dinor oltin tanga berishni va’da qiladi. Hukmdor va’dasidan tonib, shoirga 120 dona kumush tanga beradi. Firdavsiy bundan g‘azablanib, bu tangalarniga bir bo‘lagini hammom xodimiga, bir qismini sharbat sotuvchiga va yana bir bo‘lagini pulni olib kelgan mulozimlarga taqsimlab beradi, Mahmud G’aznaviyni xasislik va pastkashlikda ayblovchi hajviya yozadi. Bu qilmishi uchun shoir quvg‘inda yuradi. Iroqqa ko‘chib borib, Bag‘dodda «Yusuf va Zulayho» dostonini yozadi. U 1025 yilda o‘z ona qishlog‘ida vafot etadi. Ruhoniylar uning jasadini musulmonlar mozoriga qo‘ydirmaganlaridan so‘ng, uni o‘zining bog‘iga dafn etadilar. «Shohnoma» asari haqida.- Bu asar 30-35 yil mehnat samarasi bo‘lib, 60 ming baytdan iborat. Asar dastlab Abu Mansur Daqiqiy tomonidan «Xudoynoma» («Gushtasb») degan nom bilan yozila boshlagan. Biroq u asarning ming baytchasini yozgan paytda quli tomonidan o‘ldiriladi. Bu ishni Firdavsiy davom ettiradi. Asarda qariyb 4000 yil ichida Eron zaminida hukmronlik qilgan 4 ta sulolaga mansub 50 podshoh hayotiga tegishli voqea-hodisalar o‘z aksini topgan. «Shohnoma» dan zolim va qonxo‘r Zahhok («ilonshoh», yelkasidan ilon o‘sib chiqqan) haqida, «Rustam va Suxrob» haqida va shu kabi ko‘pgina dostonlar o‘rin olgan. Asar qahramoni Rustam Shag‘odning makr-hiylasidan o‘ladi. Asardagi Zoli Zar, Rudoba, Suhrob, Gudarz, Gev, Tus, Hojir, Gurdofarid, Humoy, Manija singari qahramonlar ham yer yuzida adolat tantanasi uchun kurashadilar. «Zol va Rudoba» hamda «Bijon va Manija» dostonlarida chinakam baynalmilallik g‘oyalari ilgari suriladi. Firdavsiy «Isfandiyr», «O’n shasi muhoraba» dostonlarida, ayniqsa, mamlakatning butunligiga tahdid soluvchi, o‘zaro urush chiqarish uchun bahona izlovchi shohlar, shahzoda va lashkarboshilarni qattiq qoralaydi. Sharq adabiyotida birinchi bo‘lib, Iskandar mavzusini ham Firdavsiy qalamiga olgandir. «Shohnoma» da peshdodiylar, kayoniylar, ashkoniylar va somoniylar kabi sulolalar tarixi haqida so‘z yuritilgan. Undagi pahlavonlar, shohlar, amaldorlar, lashkarboshilar, olimlar, san’atkorlar, hunarmandlar, dehqonlardan iborat bir necha yuz personajlarni quyidagicha tasniflash mumkin: a) mifologik obrazlar: Qayumars, Hushang Tahmuras, Jamshid va boshq. b) afsonaviy qahramonlar: Som, Narimon, Zol, Rustam, Gev, Bijon va boshq. v) tarixiy personajlar: Iskandar, Bahrom Go‘r, Mazdak, Anushirvon, Xusrav Parviz va boshq. Firdavsiyning «Shohnoma» dostonlari syujeti asosida «Zahhoki moron» (G’ozi Yunus), «Siyovush» singari sahna asarlari yaratildi. Shoirning bu asari ilk bor 1682 yilda Mulla Xomush oxun - Xomushiy tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Oradan bir qancha vaqt o‘ggach, Mulla Nodir Muhammad Buxoriy «Shohnoma» ning o‘zbekcha nasriy variantini yaratgan. XX asrning 70-yillarida III. Shomuhamedov, J. Jabborov, Nazarmat kabi o‘zbek shoirlari tomonidan she’riy yo‘l bilan tarjima qilingan. «Rustam va Suxrob» dostoni haqida - Bu asar «Shohnoma» dagi eng qayg‘uli dostonlardan biridir. Unda Rustam o‘zining mashhur oti Raxsh bilan ovga chiqib Turon o‘lkasiga borib qoladi. U charchab dam oladi, ovlangan qulonni pishirib yeydi, so‘ng uxlab qoladi. U yerdan o‘tayotgan turonlik sipohiylar Raxshni o‘g‘irlab ketishadi. Ko‘zini ochgan Rustam otini topolmay piyoda yo‘lga tushadi va Samangan shahriga borib qoladi. Samangan shohi uni izzat-ikrom bilan kutib oladi va ziyofat boshlaydi. Bu orada shohning qizi Taxmina Rustamni yaxshi ko‘rib qoladi. Rustam ham unga ko‘ngil qo‘yadi va uylanadi. Oradan bir oz o‘tib Rustam o‘z yurti - Seyistonga otlanadi. Bu paytda uning oti Raxsh qaytarib berilgan edi. Ketar chog‘ida u Taxminaga bir gavhar berib, uni tug‘ilajak farzandiga, agar qiz bo‘lsa sochiga, o‘g‘il bo‘lsa qo‘liga taqib qo‘yishni aytadi. Rustam yurtiga qaytadi. To‘qqiz oydan so‘ng Taxminaning ko‘zi yorib, o‘g‘il tug‘iladi. Abulqosim Firdavsiyning hayoti va ijodi haqida o’qib guvohi bo’lganimizdek shoirning hayoti og’ir bo’lganiga qaramasdan o’qib o’rganish va izlanishdan charchamay tinimsiz bilim olgandir. Abdulqosi Firdavsiy kabi shoirlar o’zining kuchli irodasi va o’tkir zehni bilan tarihda o’chmas izini qoldirgandir. Bu shoirni qanchalar kuchli bilim egasi ekanini birgina “Shohnoma” asarini o’qish orqali ham bilish mumkin, ammo bu inson haqida qancha bilgan sayin bu insonga bo’lgan qiziqish shuncha ortib boraveradi.
Eron va Turon xalqlarining qariyb 4 ming yillik tarixi yuksak mahorat bilan qalamga olingan "Shohnoma" ustida Firdavsiy 30 yildan ortiq mehnat qilgan. Tadqiqotchilar asarni 3 qismga bo’ladilar: 1-bo’limda "eng qadimiy afsonalar qayta ishlanib, nazm ipiga terilgan bo’lsa, 2- bo’limda xalq qahramonlari haqidagi rivoyatu qissalar badiiy talqin qilinadi, 3-bo’limda tarixiy shohlar hayoti tasvirlangan. «Shohnoma»da tasvir etilgan voqealar eramizgacha bo’lgan 3223-yildan boshlanadi va 4 sulola tarixini o’z ichiga oladi. Asar ana shu to’rt sulolaga mansub bahodirlar va podshohlar haqidagi qahramonlik va ishqiy-romantik dostonlar silsilasidan iborat bo’lib, hajmi, mavzusi, obrazlari, g'oyaviy yo'nalishi va badiiy qimmati jihatidan dunyodagi eng katta epik asardir. U 100 dan ortiq dostonlardan tashkil topgan. Ularda mingdan ziyod obraz va personajlar tasvirlangan. Bu asar mavzu va g'oyaviy jihatdan ham salmoqlidir.
Beshyog‘ochning oldingi darvozalaridan uzoq bo‘lmagan, Eski Toshkentning g‘arbiy qismida joylashgan Abdulqosim madrasasi Toshkentning qadimiy me’morchiligi juda ko‘rkam bshlganligini eslatib turadi. Arxeologik tadqiqotlar, tarixiy hujjatlar va xalq afsonalari bizga Abdulqosim madrasasining “birinchi tosh”i XIX boshlarida qo‘yilganligi haqida so‘zlaydi.
Abdulqosim madrasasi — o‘z davrining buyuk faylasufi bo‘lmish Abdulqosim xonga qo‘yilgan yodgorlikdir. 1908 yil etnografik ma’lumotlarda N. Ostroumov ushbu yodgorlikka “Nafaqat Toshkentda, balki shahar atrofidagi mashhur eng boobro‘ qarorgohlardan”, deya ta’rif bergan. Mazkur madrasa qurilishi uchun Abdulqosim xon 30 ming rublga yaqin pul sarflagan va har yili 150 nafar o‘quvchi uchun o‘z hisobidan o‘quv pulini to‘lagan. Ba’zi manbaalarga ko‘ra u Qur’on kitobini yod olgan ekan. Abdulqosim madrasasida o‘z vaqtining eng atoqli insonlari o‘qigan, xususan, o‘zbek romanchilik maktabi asoschisi Abdulla Qodiriy, birinchi universitet asoschisi Munavvar-qori Abdurashidov, dramaturg G‘ulom Zafariy hamda professor Abdurauf Fitrat kabilar.
Bugun Abdulqosim madrasasi o‘rnida milliy hunarmandchilik maktabi, ya’ni “Hunarmand” hunarmandlik uyushmasi joylashgan bo‘lib, u yerda haqiqiy rossom, zargar, naqqosh hamda miniatyura san’ati ustalari ishlaridan namunalarni va o‘quv jarayonini yaqqol ko‘rish mumkin. Bu yerda, shuningdek, esdalik uchun antiqa buyumlarni xarid qilishingiz ham mumkin, zero, mehmondo‘st mamlakatga qilgan sayohatingizni eslatib tursin.
Foydalanilgan adabiyot:
I.Karimov Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat», 2008.
Mangulikka muxirlangan mutafakkir. –T.: A.Navoiy nomli HMK
Islom ensiklopediyasi. –T.: O’zME Alisher Navoiy. Arba’in. –T.: «Mehnat»
Dostları ilə paylaş: |