Abdumannopov boburbekning



Yüklə 2 Mb.
səhifə4/12
tarix22.07.2023
ölçüsü2 Mb.
#137112
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Amaliyot xisobot. Boburbek

Oldingi tahrirga qarang.
Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosarlari Davlat soliq qo‘mitasi raisi tavsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Kadastr agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari, Davlat kadastrlari palatasi raisi va uning o‘rinbosarlari Kadastr agentligi direktori tavsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘linmalari boshliqlari, Kadastr agentligi tizimidagi boshqa tashkilotlar rahbarlari (“Respublika aerogeodeziya markazi” DK, “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK, Davlat kartografiya-geodeziya fondi, “Kartografiya” davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi, Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji), shuningdek, ularning komplaens nazorat xizmati xodimlari Kadastr agentligi direktori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son)
Davlat kadastrlari palatasi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestrini, davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini hamda Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritadi;
Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi, hududlar davlat kadastrining yuritilishini tashkil etadi;
Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari ko‘chmas mulk obyektlarining joylashgan joyidan qat’i nazar davlat organlari va tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmalariga asosan kadastr yig‘majildini tayyorlash xizmatlarini ko‘rsatadi;
kadastr muhandislari va Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallariga kadastr yig‘majildini tayyorlash xizmatlarini ko‘rsatishda teng sharoitlar yaratiladi;
Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari Kadastr agentligi direktorining buyrug‘iga asosan bosqichma-bosqich tugatib boriladi va zaruratga ko‘ra faqat olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda saqlab qolinadi;
Davlat kadastrlari palatasi, uning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) filiallari faoliyati ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kadastr yig‘majildini tayyorlash va Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga asosan pulli xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Kadastr agentligi markaziy apparati, uning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlari xodimlari maqomi va mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlariga ko‘ra tegishlicha Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari xodimlariga tenglashtiriladi;
ushbu bandning o‘n ikkinchi xatboshisini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hamda Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisobidan qoplanadi;
Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari Davlat kadastrlari palatasi raisiga palataning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish bo‘yicha tavsiya kiritishi mumkin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qaroriga asosan o‘n ikkinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 7/21/5006/0151-son)
6. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi markaziy apparatining boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 111 nafardan iborat tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tuman (shahar) bo‘limlarining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi hududiy organlari xodimlarining cheklangan umumiy soni 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(6-bandning olttinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning yettinchi-sakkizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-son qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisiga:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)
zarur hollarda, Kadastr agentligining markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlari, Davlat kadastrlari palatasining markaziy apparati va hududiy boshqarmalari, shuningdek, Kadastr agentligi tizimidagi boshqa tashkilotlarning tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati tuzilmasi, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallarining namunaviy tuzilmasi hamda xodimlarining cheklangan sonini ish hajmidan kelib chiqqan holda belgilash va o‘zgartirish;
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son)
zarur hollarda, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Kadastr agentligining markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlari, Davlat kadastrlari palatasining markaziy apparati va hududiy boshqarmalariga Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish;mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda, tor doiradagi mutaxassislarni shartnoma asosida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasiga ishga jalb etish huquqi berilsin.


Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin