Abdumannopov boburbekning



Yüklə 2 Mb.
səhifə3/12
tarix22.07.2023
ölçüsü2 Mb.
#137112
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Amaliyot xisobot. Boburbek

Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy aerogeodeziya korxonasi, Samarqand aerogeodeziya korxonasi, “Geoinformkadastr” davlat unitar korxonasi negizida — davlat muassasasi shaklida Respublika aerogeodeziya markazi;
(1-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son)
Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi negizida — Kadastr agentligining markaziy apparati tarkibida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Geodeziya nazorati boshqarmasi;
b) Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi huzuridagi Davlat kartografiya-geodeziya fondi Kadastr agentligi bo‘ysunuviga o‘tkazilsin;
v) “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tarkibiga, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi tarkibiga o‘tkazilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
g) Kadastr agentligi markaziy apparatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-son “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan davlat soliq xizmati organlarining qisqartirilgan shtat birliklari hisobidan qo‘shimcha 30 ta shtat birligi ajratilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qaroriga asosan “g” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 7/21/5006/0151-son)
2. Kadastr agentligi ikki oy muddatda:
mazkur qarorda nazarda tutilgan tashkilotlarni tugatish, o‘zgartirish va tashkil etish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni yakunlasin;
tugatilayotgan tashkilotlarga tegishli bo‘lgan, ular foydalanayotgan bino va inshootlar, boshqa moddiy qimmatliklar ularning huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha vorislariga o‘tkazilishini ta’minlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son)
3. Qishloq xo‘jaligi vazirligi ikki oy muddatda:
“Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasi hamda Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutining tashkiliy tuzilmasi va shtatlar jadvalini Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yuklatilayotgan qo‘shimcha vazifalardan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg‘armasi Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga aylantirilsin.
Quyidagilar Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
Kadastr agentligi organlari tomonidan ko‘rilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarga asosan undiriladigan jarimalarning 100 foizi;
fuqarolarning uy-joyga doir mulk huquqi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlarda o‘z vaqtida rasmiylashtirilmaganligi uchun undiriladigan jarimalarning 10 foizi;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun undiriladigan yig‘imning 10 foizi;
Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari tomonidan kadastr yig‘majildini tayyorlash xizmatlarini ko‘rsatishdan tushgan mablag‘larning 10 foizi;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Belgilansinki:
Kadastr agentligiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari — Kadastr agentligi direktori boshchilik qiladi;

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin