Mavzu: Tomlar. Tom yopmalari. Ularga qo‘yiladigan talablar
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI “BINO VA INSHOOTLAR” KAFEDRASI
“SANOAT VA FUQARO BINOLARI ARXITEKTURA”SI FANIDAN
TAQDIMOT
XAKIMOV G.A.
Mavzu: Tom yopmalari. Ularga qo‘yiladigan talablar.
Reja:
1) Tomlarning turlari.
2) Chordoqli tomlarning yuk ko‘taruvchi yog‘och stropil konstruksiya-
lari.
3) Tomning suv o‘tkazmaydigan qatlamlari.
Tayanch iboralar:
Tom, chordoq, “birlashtirilgan tom”, nishablik, qiyalik, stropila sistemasi, tayangan stropila, osma stropila, kombinatsiyalangan stropila, mauerlat.
Tom- binoning ustki yakunlovchi, uni qor, yomg‘ir va boshqa nobop ta’sirlardan himoya qiluvchi qismidir. Tomlar kuch va kuch bo‘lmagan tashqi ta’sirlarningmurakkab kompleksi: doimiy va vaqtinchalik yuklar, shamol, qor bosimi, temperatura, quyosh radiatsiyasi, yog‘in-sochin, agressiv kimyoviy moddalar ta’siri ostida ishlaydilar. Tom konstruksiyasi kuch ta’sirlarga nisbatan mustahkam, ustivor bo‘lishi, ayniqsa suv o‘tkazmaydigan qatlami nam o‘tkazmaydigan, namga, korroziyaga chidamli, quyosh radiatsiyasining ta’siriga qarshilik ko‘rsata oladigan bo‘lishi kerak. Tomning ustki sirtini nishablik deb ataladi. Nishabliklarning soniga qarab tomlar bir nishabli, ikki nishabli, to‘rt nishabli va ko‘p nishabli bo‘lishi mumkin (1-rasm). Nishablikning qiyaligi 2 % dan kam bo‘lgan hollarda tomni yassi tom deyish mumkin. Tomning qiyaligi ustki suv o‘tkazmaydigan qatlamning materialiga bog‘liq holda qabul qilinadi. Unga bino quriladigan xududning iqlim sharoiti ham ta’sir ko‘rsatadi. Tomning qiyaligi qancha kam bo‘lsa. u shuncha iqtisodiy jixatdan afzal hisoblanadi. Lekin yog‘in-sochin ko‘p bo‘ladigan xududlarda tomning qiyaligi ko‘proq bo‘lgani ma’qul. Tomning katta qiyaligi hisobiga chordoqning ichida katta bo‘sh hajm hosil bo‘ladi. Uning bir qismidan yashash xonalari va yordamchi xonalar uchun foydalanishmumkin. Bunday xonalarni mansarda (boloxona) deb ataladi (1-rasm, d).
Dostları ilə paylaş: |