(“Kamalak”)
Bolalar olamida mayda va ahamiyatsiz narsalar uchramaydi, yaʼni kattalar mutlaqo nazarga ilmaydigan, eʼtibor bermaydigan, ular uchun ahamiyatsiz koʻringan narsalar bola nazarida oʻzgacha, ajib bir qiyofada jonlanadi. Masalan, jajji Zeboxon birinchi marta qoʻshaloq giloslarni koʻrib, ularning oʻrtoq boʻlib olishganidan (“Oʻrtoqlar”) quvonadi. Yoki Sevinchoy issiq choydan koʻtarilayotgan bugʻni koʻrib “choyim uchib ketayapti” deb (“Sevinchoy haqida sheʼr”) hayratlanadi. Yulduzoy esa oʻziga yoqqan fasl haqida samimiyat bilan “Yozda yoz fasli, kuzda boʻlsa kuz” (“Eng toʻgʻri javob”) deb koʻnglidagini aytadi.
Darhaqiqat, ularning dunyosida yolgʻon yoʻq. Shoir bolalikning musaffo olami har kuni quvonchlarga, kashfiyotlarga toʻliq ekanligini nozik did bilan kuzatadi va mahorat bilan badiiy qiyofalarda gavdalantiradi: Gilos qoqib bergandim Zeboxonga erinmay.
Oldiga qoʻshalogʻi
Qarang, tushib qolibdi.
Qiqirlar Zebogina
Ularni qoʻldan qoʻymay:
– Dada, giloslarimiz
Oʻrtoq boʻlib olibdi!
Dostları ilə paylaş: |