Abdurahmon jomiyni “bahoriston’’ asari



Yüklə 85,44 Kb.
tarix05.12.2023
ölçüsü85,44 Kb.
#172571
Abdurahmon jomiy

ABDURAHMON JOMIYNI

“BAHORISTON’’ asari

Reja:

Abdurahmon Jomiyni hayoti va ijodi

  • Mavlono Nuriddin Ayudurahmon ibn Jomiyning hayoti, deyarli butun XV asrni o’z ichiga o’olgan. Buyuk tojik-fors shoirining ijodi u yashab o’tgan davr hayoti, adabiyoti, falsafasi hamda madaniyatining eng zid o’oqimlarini qamrab o’olgan eng yorqin ifodasi hisoblanadi.
  • 1469 yil Movaraunnaxr Abusaidning farzandlariga, Xuroson esa Umarshayxning avlodiga o’tishi arafasida Temuriylar imperiyasi batamom parchalanib ketdi. Bu davr mobaynida Xurosonning eng katta hukmdori Hirotda qariyb qirq yil hukmronlik qilgan va nisbatan mustahkam hokimiyatni o’rnatgan Sulton-Husayn (1469-1506) edi. Umuman olganda, Sulton Husayn hamda Sulton Ahmadlarning (1469-1494 y.y. markaz bilan Samarqanddan boshqargan) temuriylar davlati siyosiy tuzum nuqtai nazardan, temuriylar oila azolariga tegishli alohida hokimiyatlarga ega feodal monarxiya hukmronligidagi birlashuv deb qaralgan.
  • V.V.Bartoldning yozishicha, “Temur va temuriylar davri O’rta osiyo uchun eng buyuk tashqi yog’du davri bo’lgan”. Amir Temurning yorqin poytaxti — ajoyib me’moriy binolar qad rostlagan, dunyoning eng yirik va eng boy shaharlaridan biri bo’lgan Samarqandni yodga solishning o’zi kifoya. Shahar Temurning nabirasi Ulug’bek davrida chinakam ilm markaziga aylangan. Ulug’bekning xiyonotkorona o’limi Samarqandning ilmiy faoliyati zaifligiga olib keldi.
  • Ulug’bekning o’limidan so’ng madaniy jihatdan Hirotning ahamiyati orta boshladi. Shaharning martabasi, ayniqsa, Sulton Husayn hukmronligi davrida yuksak bo’lgan. Unga, shuningdek, Kaspiy orti viloyati va Xorazm qarashli bo’lgan. Hirot ikki yirik savdo nuqtalarida joylashgan bo’lib, u yerga mahalliy ishlab chiqarish mollari bilan bir qatorda, Xitoy, Hindiston, Movaraunnaxr, Eron, G’arbiy Ovrupa hamda Rossiyadan keltirilgan mahsulotlar yetkazilgan.
  • 1474 yildan uning adabiyotshunos sifatida ijodining eng gullagan pallasi boshlanadi. Bunga 1475 yil yozilgan “Sirlar dengizi” va “Ruh yog’dusi” diniy-falsafiy qasidalari ibtido bo’lib, ularda ijodkor Ibn Sinoning aql-idrokka asoslangan nuqtai-nazariga qarama-qarshilikni qizil chizgilarda ifodalagan. 1476-1478 yillar oralig’ida u “Muqaddas dargohdan do’stlik shamoli” nomli to’plamini tuzgan bo’lib, undan so’fiylik avliyolarning tarjimai holi o’rin o’olgan.
  • 1480-1487 yillar Jomiyning qalamiga mansub “Yetti toj” deb nomlangan dostonlar majmui birin-ketin yoziladi. U o’z ichiga boshqa dostonlar qatorida “Salomon va Absol”, “Yusuf va Zulayho” hamda “Layli va Majnun”ni ham olgan — ularning sevgi negiziga shoir so’fiylar ta’limotini poydevor qilgan, ze’ro, unga ko’ra, chinakam, ilohiy sevgiga erishish uchun shahvoniy maylni yengib o’tish zarur. 1481-1482 yillar yozilgan “Olijanoblarga tortiq” dostoni pand-nasihat, oshkoralik xarakteridagi 20 ta masaldan iborat. Ushbu majmuadan, shuningdek, “Taqvodorlar tasbehi” (1482-1483) dostoni, “Oltin zanjir” dostonining 2 hamda 3-qismlari, “Iskandarning donolik kitobi” (1486-1487) ham o’rin o’olgan.
  • XV asrning ikkinchi yarmida adabiyot rivojlanishi natijasida bir qator tarixga oid asarlar (tazkir) va o’zbek hamda tojik adabiyoti nazariyalari yuzaga kelgan. Jomiy bir qator adabiyotga oid risolalar yozgan, jumladan, “Qofiya risolasi”, Qamaliddin Husayniy – “Jumboq risolasi”, Sayfi Buxoriy – “Vazn” (“Amruz”) va boshqalar. She’riy saylanmalaridan Jomiyning “Bahoriston” (“Bahor bog’i”), va Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkirat-ush-shuaro” (“Shoirlar saylanmasi”) asarlari. Alisher Naoviyning ushbu yo’nalishdagi shaxsiy mehnati samarasi natijasi o’rnida o’zbek tilida yozilgan tazkirasi bo’lmish “Majolis un-nafois” (Asarlar to’plami) va muhim nazariy-tarixiy masalalar yoritilgan boshqa asarlarni aytish mumkin.
  • Hirot madaniyati markazi arboblari, shuningdek, yirik ijrochi-ustalar ham bo’lishgan. Chunonchi, musiqachi Xoja Abdulla Marvarid, Qulmuhammad Udiy, Shayh Naiy, Husayn Udiylar shular jumlasidan bo’lib, Boburning fikriga ko’ra, raqqos Saad Badr, bastakor G’ulom Shodiy, Mirg’ozi va boshqalar “bekning (Navoiy) yordami va madadi bilan mashhur shon-shuhrat va muvaffaqiyat qozonishgan”. Sanatning ushbu sohalarining amaliy rivojlanishi musiqiy madaniyatning yutuqlarini nazariy umumlashtirilishiga olib keldi (Jomiyning “Musiqa haqida risolasi”).

Yüklə 85,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin