95f9b29f5a7c79e370fb41c90494c518 AHOLI DAROMADLARI VA TURMUSH SIFATI
4.4. Aholi umumiy daromadlarini hisoblash uchun axborot bazasi Aholi umumiy daromadlarini hisoblash respublika va hududlar darajasida yil
va choraklar uchun yig’ilib boruvchi (hisobot yili boshidan o’sib boruvchi) usulda
amalga oshiriladi.
Umumiy daromadlar bo’yicha ko’rsatkichlarning keng qamrovini ta’minlab
beruvchi yillik hisoblashlar choraklik baholashlar uchun asos bo’ladi. Choraklik
baholashlar ko’rsatkichlarning joriy o’sish sur’atlarini tavsiflash uchun amalga
oshiriladi va yillik hisoblash jarayonida aniqlashtiriladi.
Yollanma
ishchilarning
daromadlari
hajmini
hisoblash
tadbirkorlik
sub’ektlari va notijorat tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan mehnat bo’yicha
va jismoniy shaxslarga to’lovlar haqidagi davlat statistika hisobotlari, shuningdek,
“konvertda” to’langan to’lovlar hisobi uy xo’jaliklari kuzatuvining haqiqiy ish haqi
bo’yicha maxsus moduli ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.
Mustaqil ravishda band bo’lgan shaxslarning daromadlari hajmini
hisoblashda tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar
(jismoniy
shaxslar)ning iqtisodiy faoliyati bo’yicha choraklik asosda
o’tkaziladigan tanlama kuzatuv natijalaridan foydalaniladi, bunda quyidagilar
kuzatiladi:
sanoat va savdo bo’yicha: - barcha buyum va ixtisoslashtirilgan bozorlarda, mahalla-guzarlarda va
boshqa aholi ko’p to’planadigan joylarda savdo faoliyatini (ruxsat bilan va
ruxsatsiz) amalga oshiruvchi barcha shaxslarning 30 foizdan kam bo’lmagan
qismi;
- o’zi ishlab chiqargan sanoat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi shaxslarning
50 foizdan kam bo’lmagan qismi;
xizmatlar bo’yicha: - pullik xizmat ko’rsatish bo’yicha ob’ektlarning, shu jumladan, barcha
bozorlarda,
mahallalarda
va
mahalla-guzarlarda
va boshqa aholi ko’p
84
to’planadigan joylarda joylashgan va jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan maishiy
xizmat ko’satish ob’ektlarining 30 foizdan kam bo’lmagan qismi;