Abduramanov xamid xudaybergenovich arabov nurali uralovich xolmuxamedov muhsinjon murodullaevich


Jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti olish huquqi



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/170
tarix07.04.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#94657
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   170
95f9b29f5a7c79e370fb41c90494c518 AHOLI DAROMADLARI VA TURMUSH SIFATI

Jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti olish huquqi – O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarolari, shuningdek, respublika hududida doimiy yashovchi chet el 
fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jamg‘arib boriladigan pensiya 
ta’minoti olish huquqiga ega. 
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etish – ish 
beruvchilarning, shuningdek, mehnat faoliyatini mehnat shartnomasi asosida 
amalga oshiruvchi fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ishtirok 
etishi majburiydir. Yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan 
holdagi dehqon xo‘jaliklarining a’zolari, shuningdek, boshqa fuqarolar jamg‘arib 
boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriylik asosida ishtirok etadilar. 
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larini shakllantirish – 
jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘lari Xalq bankida shaxsiy jamg‘arib 
boriladigan pensiya hisob varaqalarida mablag‘larni jamlash yo‘li bilan 
shakllantiriladi. Shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya pensiya hisob varaqalarida 
mablag‘larni shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat: jamg‘arib boriladigan 


258 
majburiy pensiya badallari; jamg‘arib boriladigan ixtiyoriy pensiya badallari; 
shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob varaqalari mablag‘lariga hisoblab 
chiqarilgan foizlar.
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘laridan foydalanish – 
jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘laridan jamg‘arib boriladigan pensiya 
to‘lovlarini to‘lash uchun foydalaniladi. Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi 
mablag‘laridan jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi bilan bog‘liq bo‘lmagan 
majburiyatlarini bajarish uchun foydalanish mumkin emas. Jamg‘arib boriladigan 
pensiya tizimi mablag‘laridan investitsiya va kredit resurslari sifatida foydalanish 
Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Xalq banki tomonidan amalga oshiriladi. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin