Abduramanov xamid xudaybergenovich arabov nurali uralovich xolmuxamedov muhsinjon murodullaevich



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/170
tarix07.04.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#94657
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   170
95f9b29f5a7c79e370fb41c90494c518 AHOLI DAROMADLARI VA TURMUSH SIFATI

Ijtimoiy hayot sifati – ijtimoiy sohani (sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy 
ta’minot, fan, madaniyat va san’at) rivojlantirishning yuksak darajasini; 
ko‘rsatiladigan xizmatlarning ommabopligini; aholini ijtimoiy himoya qilishni, 
sog‘lomlashtirish, reabilitatsiya, sport bilan shug‘ullanish va madaniy qadriyatlarga 
qo‘shilish imkoniyatlarini anglatadi. 
Ijtimoiy parametrlar – ijtimoiy sohani, uning tarkibini, odamlar o‘rtasidagi 
munosabatlarni, ularning ehtiyojlari va manfaatlarini, ularni qondirish shakllari va 
usullarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar, aholi daromadlari, iste’moli darajasi va 
dinamikasini, ularning tabaqalanishini, ularni belgilovchi omillarini o‘lchovchi va 
baholovchi ko‘rsatkichlar. 
Ijtimoiy transfertlar – bu ekvivalent olinmasdan jamiyat
g
a amalga 
oshiriladigan pullik yoki natural (xizmatlar yoki tovarlar ko‘rinishidagi) 
to‘lovlardir. Ijtimoiy transfertlar to‘lovining maqsadi – ijtimoiy himoya va aholi 
turmush 
sifatini 
oshirish, 
shuningdek, 
mamlakatdagi 
inson 
resurslari 
imkoniyatlarini rivojlantirishdir. 
Imtiyoz – qonunda belgilangan umumiy qoidalarni bajarishdan to‘liq yoki 
qisman ozod qilish, qandaydir majburiyatlarni bajarish; biror afzalliklarni taqdim 
qilish. Imtiyozda qandaydir ijtimoiy kafolat, moddiy yordam yoki nafaqa 
berishning o‘ziga xos tartibi mavjud. 
Investitsiyalar – ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatish sohalarini 
kengaytirishga, ya’ni asosiy va aylanma kapitalga pul shaklidagi qo‘yilmalar. 


261 
Iste’mol budjeti – eng muhim moddiy boyliklar va xizmatlar hajmi va 
tarkibining qiymat ko‘rsatkichidir. Faktik va me’yoriy iste’mol budjeti farqlanadi.
Me’yoriy iste’mol budjeti davlat daromadlar siyosatining ijtimoiy me’yorlari 
bo‘lib, ijtimoiy siyosatni o‘tkazishda yo‘nalish rolini o‘ynaydi. Iste’mol budjeti 
eng kam, oqilona va elitar iste’mol budjeti kabi standartlarda bo‘lib, ehtiyojlarni 
qondirishning turli darajalarini aks ettiradi. 
Iste’mol fondi – bu insonlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini va 
umuman jamiyat ehtiyojlarini (ishlab chiqarish sohasiga, mudofaga harajatlar) 
qondirishni ta’minlovchi milliy daromadning bir qismidir. Ushbu fond miqdori 
ehtiyojlarni qondirishning imkoniyatlarini belgilaydi.

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin