82
4.3. Transfertlarni hisoblash tartibi
Transfertlar, odatda, uncha katta bo’lmagan
hajmda va muntazam ravishda
to’lab boriladigan joriy transfertlarga hamda bir marta (yoki muntazam
bo’lmagan), odatda yaxlit yirik summada to’lanadigan
kapital transfertlarga
ajratiladi.
Halqaro standartlarga muvofiq ravishda,
ushbu metodikada aholining
umumiy daromadlari tarkibiga faqat joriy transfertlar kiritiladi va ularni joriy hisob
davrida xarajat qilish imkoniyati mavjud bo’ladi.
Joriy transfertlar ijtimoiy ajratmalarga (ijtimoiy sug’urta to’lovlari va
ijtimoiy yordam choralariga) va boshqalarga (tashkilotlardan
va boshqa uy
xo’jaliklaridan to’lanadigan to’lovlarga) bo’linadi.
Transfertlardan olingan daromadlarni hisoblashda quyidagi ma’lumotlardan
foydalaniladi:
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari
pensiya jamg’armasining pensionerlar soni va ularga
tayinlangan pensiyalar
to’g’risidagi ma’lumotlari;
O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
vazirligining aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash (kam ta’minlangan
oilalar uchun,
18 yoshgacha bolalari bo’lgan oilalar uchun, 2 yoshgacha bolalari bo’lgan
ishlamaydigan onalar uchun nafaqalar) to’g’risidagi ma’lumotlari;
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
aholidan pul tushumlari va
aholiga pul mablag’lari to’lovlari, shuningdek, chet
elga va chet eldan amalga
oshirilgan pul o’tkazmalari to’g’risidagi ma’lumotlari;
uy xo’jaligiga boshqa uy xo’jaliklaridan amalga oshirilgan to’lovlar
to’g’risidagi ma’lumotlar qismi bo’yicha uy xo’jaliklari kuzatuvi natijalari.