Abduramanov xamid xudaybergenovich mehnat resurslarini boshqarish



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/186
tarix25.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#194971
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   186
mehnat resurslarini boshqarish

Mehnat jamoasi 
– korxona faoliyatida mehnat shartnomasi asosida ishtirok 
etayotgan xodimlar. 
Mehnat jarayonida kadrlarga oid yangiliklar 
– bu yangi texnika va mehnat 
turlarini o‗zlashtirish, kadrlar bilan ishlashning yangi usullari, xodimlarni yangi 


284 
vazifalarga ko‗tarish hamda ularning o‗rnini o‗zlashtirish usullari, yangi lavozim 
tavsifnomalari va yo‗riqnomalarni ishlab chiqish va shu kabilarni nazarda tutishdir. 
Mehnat intizomi 
– mehnat jarayonida barcha amal qilishi lozim bo‗lgan 
me‘yoriy hujjatlar bilan belgilab qo‗yilgan umumiy tartib. 
Mehnat nizolari 
– ish beruvchi hamda xodim yoki xodimlar jamoalari 
o‗rtasida qonunlar, me‘yoriy hujjatlar, jamoa kelishuvlari, mehnat shartnomasi 
bilan belgilab qo‗yilgan mehnat shartlari qo‗llanishi yuzasidan kelib chiqqan 
kelishmovchiliklar. 
Mehnat staji 
– xodimning belgilab qo‗yilgan tartibda hisoblanadigan mehnat 
faoliyati davri. 
Mehnat shartnomasi 
– xodim bilan ish beruvchi o‗rtasida muayyan 
mutaxassislik, malaka, lavozim bo‗yicha, haq evaziga muayyan ishlarni bajarish 
haqidagi o‗zaro kelishuv. 
Mehnat – 
bu insonning biron-bir maqsadga muvofiq ijtimoiy foydali 
faoliyati. 
Mehnat taqsimoti –
bu har xil mehnat turlarining bir-biridan ajratilishini, 
pirovardida ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi turli guruh kishilarning xilma-xil 
mehnat faoliyatlari bilan band bo‗lishidir. 
Mehnat kooperatsiyasi –
bu mehnat faoliyati jarayonidagi alohida 
ixtisoslashtirilgan ijrochilar o‗rtasidagi aloqalarning o‗rnatilishi va 
 
mehnat 
faoliyatining tashkil etilishidagi eng muhim elementlardan biridir. 
Mehnat bozori
insonning mehnat layoqatini sotish, sotib olish va undan 
foydalanish bilan bog‗liq ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar majmuasidir.

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin