157
e‘tiborli bo‘lish, ish beruvchiga o‘zining yaxshi sifatlarini namoyon qilishga
xizmat qiladi.
Ish beruvchilar uchun bu pasport talabaning qanday yutuqlarga erishganligi,
qanday qobiliyatlarga egaligi, o‘qigan fanlari va bitiruvchi haqida to‘liq ma‘lumot
beradi.
Bitiruvchi mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishi uchun o‘qish davridagi sifat
ko‘rsatkichlari doimiy nazoratda bo‘lishi lozim. Monitoring bo‘limlarining ham
talabalar sifat ko‘rsatkichlarini nazorat qilishda, raqobatbardosh mutaxassislarni
tarbiyalashdagi javobgarligi asosiy o‘ringa chiqadi. Demak, raqobatbardosh
mutaxassis deb o‘zgaruvchan sharoitlarda qo‘yilgan maqsadlarga erisha oladigan,
bir vaqtning o‘zida bir necha masalalarni hal eta oladigan mutaxassisga aytiladi.
Raqobatbardosh mutaxassis tayyorgarligi sifatini baholashga – mutaxassis
holatini, qobiliyatini baholovchi tadbirlar kiradi. Ushbu tushuncha, raqobatbardosh
mutaxassisni tayyorgarlik sifatini asosiy to‘rt mezonini aniqlashga imkon beradi.
Bular: kasbiy bilimlar, muomala madaniyati, kasbiy martabalarda o‘sishga intilish,
tahlil qilish qobiliyati.
Oliy ta‘limda tasdiqlangan mutaxassisliklar nomenklaturasi va ―mutaxassis
modeli‖, ya‘ni o‘qitiladigan fanlar birgalikda uyg‘unlashtirilib olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: