Abduramanov xamid xudaybergenovich mehnat resurslarini boshqarish



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/186
tarix25.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#194971
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   186
mehnat resurslarini boshqarish

8.5-rasm

Ta‘lim muassasasi va korxona maqsadlari
mosligi.
 
Malakali va raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashda, ilmiy va amaliy 
muammolarni hal qilishda ayrim ziddiyatlar mavjud bo‘lib, ular eng evvalo, 
mutaxassislar uchun rejalashtirilgan bilimlar majmuasi va o‘quvchining shaxsiy 
o‘sishi o‘rtasidagi farqda; mutaxassislar tayyorlashdagi an‘anaviy sifat baholash va 
ta‘lim xizmatlari bozori o‘rtasidagi tafovutda; mutaxassislar tayyorlashning sifatini 
baholashning samarali diagnostik usullariga ehtiyojning vujudga kelganligidan
ammo o‘quvchilar bilimini joriy va yakuniy baholashdagi ilmiy-uslubiy 
ta‘minotning etishmasligida; mutaxassislarga mehnat bozoridan kelib chiqib 
qo‘yiladigan talablar, professor-o‘qituvchilarning tayyorgarlik darajasi va 
boshqalarda namoyon bo‘ladi. 
Har bir sohada yosh mutaxassislar tayyorgarligining sifat ko‘rsatkichi uch 
asosiy bo‘g‘inning mavjudligiga bevosita bog‘liqdir:
1.
Ta‘limning maqsadi (nima uchun). 
2.
Ta‘limning tarkibi (nimani o‘rgatish). 
kasbga yo‘naltirish 
ta'lim dasturlarini yaratish 
o‘quv tanishish, ishlab chiqarish va 
malakaviy amaliyotlar 
malakaviy bitiruv ishlari va magistrlik 
dissеrtatsiyalariga rahbarlik 
ishga joylashish (stajirovka) 
ish o‘rinlariga moslashuv 
qayta tayyorlash va malaka oshirish 
Ta'lim muassasasi 
 
KORXONA 
 


155 
3.
Ta‘lim jarayonini tashkil etishning tartibi (qay tartibda ta‘lim berish)
20
.
O‘z o‘rnida ta‘kidlab o‘tilgan har bir bo‘g‘in jamiyat rivojining har bir 
bosqichida o‘zgacha namoyon bo‘ladi. 
Mutaxassislarni sifatli tayyorlashning quyidagi ikkita ko‘rsatkichi mavjud

1) bitiruvchilarning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha egallagan ish o‘rinlaridagi 
moslashish davriga sarflanadigan vaqti; 
2) kam kuch sarflab, o‘z mutaxassisligiga turdosh, o‘rganib olishi mumkin 
bo‘lgan mutaxassisliklar soni. 
Ta‘lim sifati nuqtai nazaridan qaraganda sifat ko‘rsatkichlarining quyidagi 
turlari mavjud: 

ta‘lim dargohining moddiy-texnik ta‘minoti; 

bitiruvchilarning egallagan bilimlar sifati; 

bitiruvchilarga talab mavjudligi; 

mehnat bozorida bitiruvchilarning raqobatbardoshligi; 

bitiruvchilarning talabalik yillaridagi yutuqlari. 
Ta‘lim muassasasining moddiy-texnik bazasi ta‘lim jarayoni va ilmiy 
tadqiqotlarga xizmat qiluvchi mavjud bazaning hajmi va qiymatida aks etadi 
(binolar, mashinalar, laboratoriyalar, kompyuter sinflari, texnika, kutubxona va 
boshqalar). 
Ta‘lim jarayonining asosiy yo‘naltiruvchisi albatta iste‘molchilar – 
o‘quchilar (talabalar) hisoblanadi. O‘quvchi (talaba) uchun barcha turdagi 
adabiyotlar, o‘quv-uslubiy majmualar va o‘qitishning yangi ta‘lim texnologiyalari 
yaratiladi, ma‘ruzalar tayyorlanadi. Shu sababli ta‘limning samarali faoliyatining 
asosiy natijasi bitiruvchining sifat darajasi hisoblanadi. 
O‘quvchi (talaba) ning tayyorgarlik sifati quyidagi ko‘rsatkichlarda aks 
etadi:

ixtisoslik fanlaridan egallagan bilimi; 
20
Селезнева Н.А. Качество высшего образования как объект системного исследования. Лекция-доклад. – М.: 
ИЦ ПКПС, 2001.– 79 с.


156 

kompyuterdan foydalanish mahorati; 

xorijiy tillarni bilishlari; 

bilim olish xohishi; 

intellekti; 

ma‘naviy bilimlari; 

qobiliyati, xotirasi, intizomliligi, tirishqoqligi, ishbilarmonligi va ziyrakligi

xizmat martabalarini rejalashtirishi. 
Yosh mutaxassislarning tayyorgarlik sifatini baholash usullari (esse, erkin 
muloqot, prezentastiyalar va boshqalar) rivojlangan mamlakatlarda o‘z samarasini 
bergan va qator yillar davomida sinalib amaliyotda ishlatilib kelinadi. Masalan, 
AQSh ta‘lim muassasalari bitiruvchilarining barchalariga kasb-malakaviy yutuqlari 
portfolio/pasportlarini taqdim etish keng qo‘llaniladi, ushbu usul umumta‘lim 
muassasalarida ham qo‘llanilib keladi. Ushbu portfolio bitiruvchining bilimi, 
qobiliyati va mahoratini o‘zida aks ettiradi. Portfolioning asosiy maqsadi bo‘lib 
bitiruvchilarga ta‘limdan mehnat faoliyatiga o‘tishni yoki ta‘limni keyingi 
bosqichlarida davom ettirishni engillashtirishga va ish beruvchilarga nomzod 
to‘g‘risida to‘liq ma‘lumot berishni nazarda tutadi. Karera pasporti bitiruvchilarni 
o‘qish mobaynida, amaliyotlar vaqtida qanday bilim va ko‘nikmalarga ega 
bo‘lganligidan xabardor etadi. Shu o‘rinda asosiy e‘tibor ish bilan band bo‘lish 
ko‘nikmalari, barcha soha egalari uchun bir xil bo‘lgan, mehnat bozorida 
muvaffaqiyat qozonishga hizmat qiluvchi umummehnat va ijtimoiy-psixologik 
bilim va ko‘nikmalarga egaligiga qaratiladi.
Demak, rivojlangan mamlakatlarda kasbiy pasport mehnat bozorida barcha 
uchun qulay va zaruriy vosita hisoblanadi. Oliy ta‘lim tizimi bitiruvchisi uchun 
pasport unga psixologik ta‘sir etuvchi vosita sifatida namoyon bo‘ladi, o‘ziga 
ishonchi mustahkamlanadi va ish o‘rniga ega bo‘lishga imkoniyati oshadi. 
Pasportga talaba haqida salbiy ma‘lumot kiritilmaydi. Bitiruvchiga o‘z pasportiga 


157 
e‘tiborli bo‘lish, ish beruvchiga o‘zining yaxshi sifatlarini namoyon qilishga 
xizmat qiladi. 
Ish beruvchilar uchun bu pasport talabaning qanday yutuqlarga erishganligi, 
qanday qobiliyatlarga egaligi, o‘qigan fanlari va bitiruvchi haqida to‘liq ma‘lumot 
beradi. 
Bitiruvchi mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishi uchun o‘qish davridagi sifat 
ko‘rsatkichlari doimiy nazoratda bo‘lishi lozim. Monitoring bo‘limlarining ham 
talabalar sifat ko‘rsatkichlarini nazorat qilishda, raqobatbardosh mutaxassislarni 
tarbiyalashdagi javobgarligi asosiy o‘ringa chiqadi. Demak, raqobatbardosh 
mutaxassis deb o‘zgaruvchan sharoitlarda qo‘yilgan maqsadlarga erisha oladigan, 
bir vaqtning o‘zida bir necha masalalarni hal eta oladigan mutaxassisga aytiladi. 
Raqobatbardosh mutaxassis tayyorgarligi sifatini baholashga – mutaxassis 
holatini, qobiliyatini baholovchi tadbirlar kiradi. Ushbu tushuncha, raqobatbardosh 
mutaxassisni tayyorgarlik sifatini asosiy to‘rt mezonini aniqlashga imkon beradi. 
Bular: kasbiy bilimlar, muomala madaniyati, kasbiy martabalarda o‘sishga intilish, 
tahlil qilish qobiliyati.
 
Oliy ta‘limda tasdiqlangan mutaxassisliklar nomenklaturasi va ―mutaxassis 
modeli‖, ya‘ni o‘qitiladigan fanlar birgalikda uyg‘unlashtirilib olib boriladi. 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin