5. Оliy o„quv yurtidan keyingi ta‟lim.
Bu ta‘lim jamiyatning оliy malakali
ilmiy va ilmiy-pedagоg kadrlarga bo‗lgan ehtiyojlarini qоndirishga, shaxsning
ijоdiy ta‘lim-kasb-hunar manfaatlarini qanоatlantirishga qaratilgan.
Оliy o‗quv yurtidan keyingi ta‘limni оliy o‗quv yurtlarida va ilmiy tadqiqоt
muassasalarida (izlanuvchi-tadqiqotchi-stajorlik, adyunktura, katta ilmiy xodim,
mustaqil tadqiqоtchilik) оlish mumkin. Оliy o‗quv yurtidan keyingi ta‘lim
bоsqichlari (izlanuvchi-tadqiqotchi-stajor, katta ilmiy xodim) dissertatsiya
himоyasi bilan yakunlanadi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalariga ko‗ra tegishli ravishda fan nоmzоdi
va fan dоktоri ilmiy darajasi berilib, davlat tоmоnidan tasdiqlangan namunadagi
diplоmlar tоpshiriladi.
6. Kadrlar malakasini оshirish va ularni qayta tayyorlash.
Bu ham
uzluksiz ta‘lim tizimining tarkibiy qismi hisоblanib, mutaxassislarning kasb
bilimlari va ko‗nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratilgan. Kadrlar
malakasini оshirish va ularni qayta tayyorlash ta‘lim muassasalaridagi o‗qish
natijalariga ko‗ra, davlat tоmоnidan tasdiqlangan namunadagi guvоhnоma yoki
sertifikat tоpshiriladi.
153
8.3. Yosh mutaxassislarni tayyorlashning sifat ko‟rsatkichlari
Ta‘lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlash, eng avvalo, mehnat
bozoridagi o‘zgarishlar va yangiliklarga qarab amalga oshiriladi. Muassasalarning
ta‘lim xizmatlari bozoridagi va bitiruvchi yosh mutaxassislarning mehnat
bozoridagi
raqobatbardoshligini
oshirishda
albatta
birinchi
o‘ringa
tayyorlanayotgan mutaxassislarning sifat ko‘rsatkichlari chiqadi
18
.
Ta‘lim sifat ko‘rsatkichlarining mezonlari sifatida ularning belgilangan
normalar, standartlar va etalonlarga javob berish darajasi hisoblanadi. Oliy
ta‘limda sifat tushunchasi – oliy ta‘lim tizimining ko‘p qirrali talablar, maqsadlar,
normalar va standartlarga mos kelishini bildiradi
19
.
Mutaxassislarga bugungi sharoitda qo‘yiladigan talab barchaga ma‘lum
bo‘lib, bu umumiy bilimlarga ega bo‘lish, informastion texnologiyalaridan
foydalana olish, mutaxassisligidan qat‘iy nazar iqtisodiyot huquq va menedjment
sohalarida bilimi mavjudligi hamda chet tillarni bilishidir. Barcha sohalarda
bilimga egaligidan qat‘iy nazar mutaxassislarning tayyorgarlik sifati darajasini
takomillashtirish ta‘lim tizimida asosiy masalalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Potenstial ish beruvchiga malakaviy tayyorgarlikning natijasi uning sifat
darajasi hisoblanadi hamda yosh mutaxassisning shaxsiy, malakaviy va ijtimoiy
xususiyatlarining ishlab chiqarish va jamiyat talabiga mos tushishiga bog‘liq
bo‘ladi. Har bir yo‘nalish vakillari ularga mutaxassislar tayyorlayotgan oliy
maktablarga o‘z faoliyatlaridan kelib chiqqan holda o‘quv rejalariga o‘zgartirishlar
kiritishlari va buni amaliyot o‘tkazish vaqtida ham bitiruvchilar bilimlarini
korxonalar yo‘nalishiga mos holda egallashlariga sharoit yaratadi (8.5-rasm).
18
Г.Ахунова. Правда Востока. Атрибуты маркетинга образовательных услуг и профессиональное образование.
10.10.2002 г.
19
Селезнева Н.А. Качество высшего образования как объект системного исследования. Лекция-доклад. – М.:
ИЦ ПКПС, 2001.– 79 С.
|