Abduramanov xamid xudaybergenovich mehnat resurslarini boshqarish



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/186
tarix25.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#194971
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   186
mehnat resurslarini boshqarish

8.6-rasm

Mutaxassis modeli tuzilmasi. 
Malakali faoliyat 
profili 
Mutaxassisga qo‘yilgan 
talablar 
Tayyorgarlik profili 
1. Faoliyat sohasi; 
2. Ish o‘rinlari; 
3. Bajarilayotgan 
funktsiyalar. 
1. Malakali kvalifikatsion 
daraja: 
- bilim; 
- mahorat. 
2. Shaxsiy sifatlar: 
- intizom; 
-jamoada ishlash qobiliyati 
va boshq. 
Bilim olish va 
kеrakli sifatlarni 
rivojlantiruvchi 
fanlar va
amaliyot turlari. 
Fanlarning 
sikllari va 
talabalar bilan 
ishlar 
jamlanmasi. 


158 
Raqobatbardoshlik salohiyati o‘qish jarayonida shakllanadi va rivojlanadi. 
Raqobatbardosh xatti-xarakatlar faoliyatda boshqa nomzodlardan qolib ketmaslik 
va boshqalarga nisbatan o‘z ustunligini isbotlashda namoyon bo‘ladi. 
Raqobatbardoshlik xususiyatlari namoyon qilish ijtimoiy-iqtisodiy shart-
sharoit, mehnat bozorining va ishlab chiqarish sohasining holatiga bog‘liq. 
Bitiruvchining raqobatbardoshligi ish beruvchining qiziqishi, uning mehnatga bo‘lgan 
talabini qay darajada qondirishida namoyon bo‘ladi. Bitiruvchining potenstial ishchi 
sifatidagi raqobatbardoshligi ma‘lum asosiy guruh ish beruvchilar qiziqishlariga 
bog‘liq holda talab qilinadi. Shu sababli bitiruvchi raqobatbardoshligini turli ish 
o‘rinlarining har xil segmentlarida namoyon etishga tayyor bo‘lishi, vazifalarni hal 
qilishda turli taktika va strategiyalarni qo‘llashi, maqsadlarni mustaqil tarzda 
aniqlashi, faoliyatning yo‘nalishlari, o‘z manfaatlari va xarajatlarini ko‘zlagan 
holda mustaqil qarorlarni qabul qilishi lozim. Shu o‘rinda undan tayyorgarlik va 
muhitning turli ta‘sirlariga nisbatan tayyor turishi, mehnat bozoridagi holatni 
belgilovchi tashqi sharoitlar, ishga qabul qilish va mehnat sharoitlarini hisobga 
olishi, ish beruvchilarning imkoniyatlari va cheklovlarini e‘tiborga olishi lozim. 
Hozirgi kundagi ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlar bitiruvchilardan o‘z 
imkoniyatlarini, shaxsiy xususiyatlariga muvofiq tarzda baholashlarini talab 
qiladi, shu o‘rinda ishga joylashish jarayonida muammoli vaziyatlarni hal qilishda 
turli xil strategiya va taktikalardan samarali foydalanishlari lozim. Shu sababli 
ta‘lim muassasalariga mehnat bozorining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan 
holda, ishga joylashish masalasini mustaqil tarzda hal qila oladigan raqobatbardosh 
bitiruvchilarni tarbiyalash kabi muhim vazifa yuklatilgan. 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin